Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Online ta'limda ham universitetga borib o'qiganda ham bizda kamchiliklar ko'p. Ustozlar hali hamon eskicha metodlar bilan dars o'tishayapti (hammasi ham emas albatta).Talabalarning ko'pchiligi dars tayyorlamaydi.O'qishimizda birinchi navbatta davomat va forma. Talabalar yaxshi mutaxassis bolish uchun emas balki diplom uchun o'qituvchilarni ko'pchligi esa darsni bir amallab o'tkazib olsam bo'ldi degan maqsadda dars o'tishayapti.Bizning ta'lim tizimida juda ko'p qing'irliklar va korrupsiya , tanish bilishchilik holatlari kuzatiladi. Nohaqliklar ham ko'p. Online darslar bo'layotgani yaxshi boldi. Endi o'z vaqtimni o'zim qiziqqan darslarga ko'proq ajratyapman. Yo'lga ketadigan vaqtim ham tejalayapti bu juda katta plyus( odatda yo'lga 3 soat sarflardim ). Moodle tizimi yaxshi ishlamayapti shuningdek internet ham. Hali online darslar uchun yetarlicha shart sharoitlar yo'q bizda lekin ba'zi bir sohalarda masofaviy ta'limni rivojlantirilsa yaxshi bo'lardi.
Иноят
O'zi darslarni auditoriyada yaxshi o'ta olmasdi onlayn umuman rasvo qilyabdi. Masalan modulga tashap qo'ygan materiallarining tushunib bo'lmaydi uni tashap qo'ygan o'qituvchining o'ziyam nima ekanligini bilmaydi. Eng avvalo chala savod pedagoglarni ishdan olish kerak, keyin qoĝozbozlikni kamaytirish kerak. Hullasi bizda onlayn òqishga hali erta.
Королева
Биринчидан Укитувчиларни билими паст иккинчидан улар хали онлайн дарс утишга тайёр эмас учинчидан бизнинг интернет онлайн дарс утиш талабига хали жавоб беролмайди кискаси хали хаммаси когозда
Menimcha oldin õqituvchilarni onlayn dars õtish uchun maxsus tayyorlovdan õtqazish kerak.Bizda hamma fanlarni ham onlayn õrganib bõlmaydi.Ayrim mavzularni amaliyotda kõrganimizda ham unaqa yaxshi tushunmaganmiz.Endi onlayn darslarda bu mavzularni õrganishni tasavvur qilishni õzi qiyin.Masofaviy darslarga bosqichma bosqich tushuntirishlar orqali õtganimiz ma'qul deb õylayman.Bunga esa yillar sarflansa kerak.Chunki biz hali bunga tayyor emasmiz
Vaziyatdan kelib chiqqan xolda iloji boricha ilim olish uchun intilishkerak bohona qidirish emas xamma nega bunday vaziyat ligini bilib turibdi xamma o'qisa ozi uchun davlat uchun o'qimaydi
Биз мавзулар хакида кандайдир тушунчага эга булишимиз учун бизга лекция утилиши лозим. Ёки хеч булмаганда марузани видео тарзда жунатсинлар.
САЙЁРА НУМАНДЖАНОВНА
Мен АДУ сайтида платформага кириб чикмокдаман.Укитувчиларимиз дарслари мен учун етарли нимагаги фаннинг ютуклари борасида билиб бормокдаман,лекин хозирги ривожланиш даврида фан хам ривожланиш керакку,мен хам ишлаб хам таълим олиб келмокдаман.Ишимдан 25 йиллик тажрибам бор.Манашу сохани мукаммал эгаллаганман.Энди манашу йуналишим борасида фандаги билимлар менга саёз туюлябди.Барибир жахон тажрибасидаги билимлар оз.Негаки тажрибамдан келиб чикиб,фандаги назарияларга коникмайман.Домлаларимга буни лекцияларда исботлаб бердим.Хакикатдан бу сохада ривожланишлар куп деб.хакикатни тан олишган домлаларим.Лекин барибир узим изланиб жахон стандартларига мос электрон китоблардан фойдаланаман,чунки билим олувчи изланувчан булиши керак.Шу уринда билим борасида саволлар тугилиб колса зам китобларга мурожаат килябман.
Уни Буни куйиб укишга кайтайлик бунга нима дейсизлар хурматли талабалар Укишни яхшилаб дизиныфексия Килинса хаммаси яхши болади шу сабабли укишга кайтишни йулини топилар 😊😊😊😊😁😁😁😁😁😁
O‘rtoqlar, siz aloqa operatorlarida Online dars platformasidan foydalanish bepul ekanligini hisobga olmayabsizlar. Sizni MB'laringiz boshqa narsalarni deb tugaydi. Dars qilmoqchi bo‘lsangiz, iltimos, paketlarni oraga solmang. To‘g‘ri, internet paketlar qimmat, kino ko‘rish uchun, o‘yin o‘ynash uchun va hokazo...
Unstoppable
Assalom aleykum. Qaysi universitetda qanaqaligini bilmadimu, lekin UzSWLU universitetidagi o'qituvchilarning miyasiga vazifa berish kerak degan fikr o'rnashib qolgan manmcha. Chunki, o'qtuvchilar dars o'tmasdan turib hali ppt, hali oraliq, hali insholar so'rayverib to'g'risi qo'pol qilib aytganda jonga tegdi. Yoki online o'qish degani bilim bermay talab qilish deganimikin. Kun bo'yi kompyuter va telefonga qarab dars qilishdan odam charchadi. Bir tomonda ikta kurs ishi bor ,bekorchi byurokratiyaga vaqt sarflash. Undan ko'ra haqiqiy bilimni olish , aytmoqchimanki hamma o'zining kelajagini o'ylab o'ziga kerakli bilimlarni o'zi ongli tarzda o'zlashtirsa yaxshi bo'lardi. Xo'jako'rsinga googledan "copirovat vstavit" qilib yoki "download" qilib vaqt o'tkazgandan ko'ra. Qaysidir o'qituvchilarga qattiq tegib ketgan bo'lsa UZR!!!
시린벡 SaMaDoV shirinbek
Biz bu online darslarda tayor emas óqtuvchilarimiz ham sharoyitimiz ham assosi talabalarni kóp qismi cheka viloyad va tumanlardan ularda interned ishlash darajasi judayam past óqtuvchilarga kelsag mavzuni ózini berib tayorlab tashlanglar deyabti hechqanday tushuncha yoki tushuntirish bólmayabti shunday fanlar borki óqtuvchini yordamisiz mustaqil ravista tushunib bólmaydi bunga befarqlig bn qaralmoqda MODLE dasturidan dars ótishiga shaxsan men va Fakultetimiz bunga qarshilar dars tayorlash imkonyati pas darajada undan kóra Telegramda yaxshi ham oson ham vaqtni samarali ótkazadi
Talabalar un ishlab chiqilgan moodle tizimi umuman talabga javob bermaydi.
Mani fikrimcha talabalar ning 60-70%qishloqlarda yashedi uyerda internet nimaligini bilaydiganlar qancha moodlemi boshqa 2G bn telegramga kirib yangilab boʻmediku. Avval internet sifatini hamma hududda birdek qilsin keyin dars oʻtsin. Talaba moodlega kiraman deb tomma tom internet qidiryabdi...
Акмалжон Солижонов
Биз яшайдиган жойда интернет жуда ёмон , дарс килиш у ёкда турсин хатто баьзан СМС кетмайди.
Ózbekistonda internet sifatini yaxshilash juda ham zarur va shart.
Jahon tajribasini órganishimiz kerak.
Biz onlayn dars qilishimiz mumkin lekin bunda bir qancha muammolar mavjud.Ko‘pchilikga sir emas talaba va o‘quvchilarning katta qismi qishloqlarda istiqomat qiladi. U yerda internet tezligi past ,hattoki ayrim chekkaroq hududlarda elektr ham yo‘q .Buni ustiga masofaviy ta'lim birdaniga boshlanib ketdi .Ayrimlar uni nima ekanligini ham bilmaydi .Xullas,hozir hech kim bunga tayyor emas
Har kuni òz kursdowlarimni yiģlab qònģiroq qiliwlarini kòrsam yuragim ezilib ketadi. Domlalar esa falonci faloncilar platformaga umuman kimagansiz oraliq va yakuniy baholar qòyilmaydi db ularni battar yiģlatishmoqda... U becoralar nma qilsin ayblari shaharda yawawmaganimi?
Masofaviy taʼlim boʻlsa kontrak pulini kamaytiringlar
N
Oʻqituvchilarga nima farqi bor shaharmi qishloqmi kerak boʻlsa ilojini top yoʻqsa baho yoʻq dgani shu boʻlsa kerak
Nimasini aytasiz òzlari, umuman bu platformani nazorat qladigan mutasadilarni qishloqda 2G internetda nazorat qilishga qòysa ham shundey diyiarmikin.
Show next 100 comments