Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
Talabalar un ishlab chiqilgan moodle tizimi umuman talabga javob bermaydi.
Mani fikrimcha talabalar ning 60-70%qishloqlarda yashedi uyerda internet nimaligini bilaydiganlar qancha moodlemi boshqa 2G bn telegramga kirib yangilab boʻmediku. Avval internet sifatini hamma hududda birdek qilsin keyin dars oʻtsin. Talaba moodlega kiraman deb tomma tom internet qidiryabdi...
Акмалжон Солижонов
Биз яшайдиган жойда интернет жуда ёмон , дарс килиш у ёкда турсин хатто баьзан СМС кетмайди.
Ózbekistonda internet sifatini yaxshilash juda ham zarur va shart.
Jahon tajribasini órganishimiz kerak.
Biz onlayn dars qilishimiz mumkin lekin bunda bir qancha muammolar mavjud.Ko‘pchilikga sir emas talaba va o‘quvchilarning katta qismi qishloqlarda istiqomat qiladi. U yerda internet tezligi past ,hattoki ayrim chekkaroq hududlarda elektr ham yo‘q .Buni ustiga masofaviy ta'lim birdaniga boshlanib ketdi .Ayrimlar uni nima ekanligini ham bilmaydi .Xullas,hozir hech kim bunga tayyor emas
Har kuni òz kursdowlarimni yiģlab qònģiroq qiliwlarini kòrsam yuragim ezilib ketadi. Domlalar esa falonci faloncilar platformaga umuman kimagansiz oraliq va yakuniy baholar qòyilmaydi db ularni battar yiģlatishmoqda... U becoralar nma qilsin ayblari shaharda yawawmaganimi?
Masofaviy taʼlim boʻlsa kontrak pulini kamaytiringlar
N
Oʻqituvchilarga nima farqi bor shaharmi qishloqmi kerak boʻlsa ilojini top yoʻqsa baho yoʻq dgani shu boʻlsa kerak
Nimasini aytasiz òzlari, umuman bu platformani nazorat qladigan mutasadilarni qishloqda 2G internetda nazorat qilishga qòysa ham shundey diyiarmikin.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka oldinro tashlagan postiyizni endi o'qiyapman internet muommo bizada shuning uchun.Universitetimiz moduli haqida o'z fikrimni bildirsam.Umuman offline bilan online farqi yoq uni man sezmadim, masalan misol keltirsam universitetga borib talim olganimizda leksiya darsida domlamiz tayyor silaydni o'zgarishsiz o'qib berardila "daje kopchilik domlalar lotincha ham o'qiyolmasdi hammasimas albatta" endi online darsda o'zimiz o'qimiz o'qib olamiz. Deyarli farq yoq ular tayyor silaydlarni yoki maruzalarni tashlab qoyishadi bizar o'rganamiz.Men IT universitetlardan birida o'qiyman ta'lim sifati umuman past domlalar eski tizimda qolib ketgan o'z ustida ishlashmaydi. Men domlalardan universitetda nimani o'rgandim chiroyli konespekt qilishni universutet formasini keyishni o'rganiyapman. Universitetni domlalaridan kora Yuotubedagi kop narsa o'rganaman. Bergan pullarimizni ko'kka soviryapman ex essiz ertaro anglaganimda chet eldagi universitetga topshirardim .
Moodle to‘liq ishlab chiqilmagan va studentlar foydalanishi uchun yaroqli tizim deb o‘ylamiman. Chunki studentlaga qulaylik yaratish o‘rniga faqat muammola opkelibdi. Yaqqol Misol Moodle mobil ilovasida oddiy faylli baxolash uchun topshirishni uzi azob bo‘lib qoldi chunki bizni sharoitda boshqalani blmadimkoya 1 mb dan ortiq yuklab bumiydi, uni ustiga mobodo foydalanuvchila kopayb ketsa error beradi yoki faylni joylamdi Sinxron qlin dydi kegin o‘trovrasz Sinxron qb omadz keb qsa qladi bumasa ertagaa. Yana bir narsa masalan bzada uzlarmzdi spes fanlarmzdan utmagan narsamzni tushunushmz mumkin a lekgin ijtimoiy fanladan o‘tlmagan mavzu tashalgani yana mavzuga krsez tushuntrib berilmagani ajablanarli holat. Online dars dgani uzng topvalb o‘qi dganmasko. O‘qituvchilarmz faqat uyga vazifa joylamasdan azgincha mehnat qb vazifani osonro tushuntrish yo‘llarini o‘ylab topb studentlaga plus qilishsa bulardi. Tayyor temani mashqlarini olb bu zadania deysh oson lekin student tshunmasa qande ishledi uni. XULLAS hali Uzb da online darslani normal yo‘lga qo‘yisholmidi. 2120 yilga borganda sal pal bu holat normallashsa kere db o‘yliman. Ikkinchidan uzb dagi Internet sifati yaxshilanmasa online dars bulishini bir tiyinli foydasi yo. Studentla faqat center lada yashamidiko Telegramda tarqalgan anovi ayol kabi tomda o‘tirishadi uzzu kun. Xullas gapni indallosiniaytganda
1. INTERNET sifatini yaxshlash kere
2. Online darslani kegin yo‘lga qo‘yish kere.
🇺🇿F_M🇺🇿
Yaxshi ketyaptikuya prosta internet yaxshimas da shuning uchun muammo boʻlyapti
Масофавий талимда биз фанларни яхшии у́злаштира олмаймиз кейин интернет сифати хам ёмон модле тизимида хам Бир канча камчиликлар бор Яна у́китувчиларни сафияси паст биз мутахасис фанларни масофавий талимда кераклича билим ололмаймиз бу еса бизга кедажакда пант беради 2 чи семестрдаги мутахасис фанларни кайтадан у́тилиши керак биз масофавий талимда керелигича билим ку́никмага ега бу́лолмаймиз бизани бу фикрларимиз инобатга олиниб у́киб чикиладими ёки шундайлигича колиб кетаверадими
Grandda oʻqiydiganlarga qiyin boʻldi onlayn talimda 3bahosi koʻpayib ketsa 6oylik stipendiya ketadi
Kontraklar esa agar kredit tizimida oʻqishsa va fanlardan yiqilib qolsa qoʻshimcha pul toʻlashlari kerak boʻladi
Shaxsan men talaba emasman. Tibbiyot hodimlariga dars beraman. Mening fikrimcha online darslar yaxshi yólga qóyilmoqda. Talabalar ham imkoniyat darajasida ishtirok etishga harakat qilishmoqda. Masofaviy ta'lim Respublikamiz hududida IT ni rivojlasnishi uchun yaxshi sharoit yaratib beradi, qachonki internet tezligi talabga javob bersa. Meni fikrimcha online ta'lim olayotganlar va dars berayotganlarning 70 % ga yaqini Wi-Fi dan (simli internet) foydalana olmaydi. Chunki haqiqatdan ham qishloqlarda yetarlicha sharoit yóq bu bilan boģliq. Aloqa operatorlari qayoqqa qarayapti. Shunday ekan Kosmik kemalar koinotni kezib yurgan bir paytda H+ ni tezligini oshirish u qadar ulkan muammo emas deb óylayman. Bizda talabalar bilimga chanqoq. Talabalarni 70 foizi bir xil muammodan shikoyat qilmoqda "Internet yaxshi emas"
Agar net tezligini yaxshilansa biz ham Xorijdagi ta'lim muassasalari kabi Zoom ilovasi yoki shunga óxshash dasturlar asosida yanada qiziq va samarali dars ótardik. Bu meni fikrim edi.
Umuman olganda manashu fikrlarning hammasi 100 %to'g'ri. Auditoriyada normalniy dars o‘tmidigon o‘qituvchilar platformaga vazifa qo‘yishni o‘rganib olib (uni ustiga har bir vazifani vaqtiyam bor)talabalarni dodini berishyapti.Shu narsalardan kimga nima foyda?Na o‘qituvchiga na o‘quvchiga foydasi bor buni.Platforma mb yechmedi deysizlar qaytanga shilvolyaptiku.bitta konspektni rasmini joylashtirish 5 mb ko‘p.Hullas karantinda tinch quyilar bizni. O‘qish yuragida bor yoki oldiga maqsad quygan student konspekt yozib ppt skachat qilmasdan ham o‘qib yotibdi.
Qilichova Gulshoda👒
Assalom aliykum.onlany darsla masofaviy talim shaxsan mani umuman asablarimmi o‘ynab ketdi.birinchidan yashash joyimda enternet umuman ishlamaydi ikkinchidan darsla xammasi ko‘r ko‘rona o‘tilopti oq‘ituvchi xam talaba xam shunchaki xa modulga kirdingmi kirding bir birini yozgan vazifani tashaydi nima emush modulda o‘qituvchi vazifalani umuman o‘qib xam ko‘rayotgani yuq bu xammasi ko‘zbo‘yamachilik.shaxsiy fikrim karantinni yumshatib oliy o‘quv yurtlarida o‘qish davom etgani yaxshi edi.to‘g‘ri bu bir tarafdan xavfli bulishi mumkin lekin ikkinchi tarafdan biz yoshlar o‘zimizni himoya qilishni favqulodda xolatlarda qanday yo‘l tutishni o‘rganarmidik.hukumat xammani sharoitini xisobga olishi kerak shaharda yashab xammasini imkonini topayotgan 2 3 ta shaharlikni ko‘rib mana masofaviy talimga o‘tsa bo‘larkan deyish noturi.man 200 %javob beraman chekka tuman qishloqda yashaydigan talabalarning ko‘pchiligi dalada.
Online ta‘lim bu juda zo‘r faqat buning ustida yaxshigina ishlab takomillashtirish lozim
Show next 100 comments