Масофавий таълим сифати бўйича талабалардан сўровнома

Ҳурматли талабалар!

Олий таълим муассасаларида олиб борилаётган масофавий таълим сифати юзасидан ўз фикрингизни билдиринг. Сизнинг фикрингиз биз учун жуда ҳам муҳим!

Сўровномада исм-шарифингиз сўралмайди. Сизнинг фикрингиз фақат умумлаштирилган ҳолда кўриб чиқилади ва барча маълумотлар сир сақланиши кафолатланади.

Сизнинг тўғри ва самимий жавобларингиз учун миннатдорчилик билдирамиз!

Сўровномага қуйидаги ҳавола орқали киришингиз мумкин:
https://bit.ly/2Z3hlhR

Таълим сифатини назорат қилиш
давлат инспекцияси


👉 @xushnudbek 👈

1365 comments

Show 100 more comments
''Kamolova Maxliyo''
talim tizimi yaxshi tawkillawtirilgan
سوراي٣ا
Internet sifati yomonligi , masofaviy ta'lim sifatiga ham yetarlicha ta'sir ko'rsatadi
Parvina.
Platformaga topshiriqlarni joylolmagan o‘quvchilar o‘qishdan chetlatiladimi? Internet yaxshi ishlamaydi bizda platformaga kirish muammo.
Manda internet sifati yaxsh lekin tizim yaxshi ishlamidi talabalar qolib ketyapti iltimos tizim yaxshi ishlasin
Abduraxmonov
Umuman talabga javib bermaydi.Faqat rasmiyatchilik uchun. Õzimiz õqib õzlashtirib bõlmayapti.Amaliy mashģulotlar tajriba ishlari maruzalar ovozli xabar kõrinishida joylashtirilsa Sõng bilmagan savollarga javob berilsa yaxshi bõlardi
Umuman talabga javob bermaydi. Tizim kop qotib qoladi. Birdaniga 50 ta talaba kirsa tìzimga umuman kirib bolmaydi kotarolmaydiminima. Wuni takomillawtirib narmanli qotmaydigan qilib taxlawsa yaxwi bolar edi.
Tizim juda xam yaxshi o'ylab chiqilgan eng maqul kelgan jihati qoshtirnoq ichidagi o'qituvchilar bilimli talabalarni o'z manfatlari yo'lida baxolay olishmaydi iqtidorli talabalarga bu juda ham maqul keldi
Dilnoza
internet tezligini oshirish, qishloq hududlarini wifi bilan ta'minlash lozim. Busiz Moodleda samara sezilmayapti. Ko'p vaqt yo'qotyapmiz. Lekin, umuman olganda yomon emas. Bo'sh turgandan ko'ra yaxshi. Masofaviy ta'limni takomillashtirish kerak. Kamchiliklar ko'p. Konspekt so'ralyapti. Bu bilan talaba ilmli bo'lib qolmaydi.
Masofaviy taʼlimning ijobiy tomonlari koʻp ekan. Masalan galstuk qani forma qani davomat degan gap yoʻq.
Bizda - Islom akademiyasida hamma video-darslar va manbalar saytga yuklandi va biz tanishib chiqishimiz kerak boʻldi. Oraliq va yakuniy savollari aynan shu manbalardan boʻldi, qisqasi rivojlantirsa boʻladi 👍👍