Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarni 6 kishilik jamoalarga ajratib chiqish maqsadida intellektual kasting tashkil etiladi. Kastingdan asosiy maqsad aʼzolarni oʻtdi yoki oʻta olmadi, deb saralash emas, balki shunchaki ularning birlamchi bilim darajalarini aniqlab olish boʻladi. Bu kelgusida ularni turli ligalarda va turnirlarda ishtirok etishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Boshqacha aytganda kastingdan soʻng qoniqarsiz natija qayd etgani uchun hech kim klub aʼzoligidan chiqarib yuborilmaydi yoki turnirda qatnashish huquqini yoʻqotmaydi. Ammo yuqori natija qayd etganlarga kelgusi turnirlarda koʻproq imkoniyat berilishi mumkin.

Intellektual kastingda jami 40 ta savol beriladi. Ularning 30 tasi faktga asoslangan savollar boʻlsa, qolgan 10 tasi mantiqiy savollar boʻladi. Faktga asoslangan savollarni oʻylash uchun 20 soniya, mantiqiy savollarga esa 1 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir ishtirokchi oʻziga berilgan maxsus titul varagʻiga javoblarni yozishi talab etiladi.

Kasting natijalari 2 kun ichida maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar oʻz natijasini www.zakovat.tv sayti orqali aniqlab olishlari mumkin boʻladi.

Jamoalar qanday shakllantiriladi?

Kastingdan soʻng barcha ishtirokchilarning reytingi tuziladi. Ana shu reyting asosida 6 kishilik jamoalarga taqsimlab chiqiladi. Bunda taqsimlash reytingdagi ketma-ketlikka asoslangan holda amalga oshiriladi. Masalan, 1-oʻrindan 6-oʻringacha boʻlgan ishtirokchilar bitta jamoa, 7-12-oʻrinlardagi aʼzolar keyingi jamoaga birlashtiriladi va h.k.

Ishtirokchilar qaysi jamoaga tushganligi va jamoadoshlari roʻyxati bilan www.zakovat.tv sayti orqali tanishishlari mumkin boʻladi.

Toshkent mintaqasi uchun intellektual kasting

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni soat 17:00 da “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi. Saroyga kirish 15:00 dan boshlanadi.

Bunda roʻyxatdan oʻtish jarayonida yashash joyi sifatida ikkita hududdan birini – Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatini tanlagan ishtirokchilarning telefon raqamiga SMS tarzda tadbir uchun elektron taklifnoma yuboriladi. Shuningdek, www.zakovat.tv sayti orqali ham tegishli shaxsiy maʼlumotlarini kiritgan holda elektron taklifnomani yuklab olish imkoni yaratiladi.

Intellektual kasting faqat yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganlar uchun oʻtkaziladi. Jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtganlar kastingdan oʻtmaydi, ammo ular oʻsha kuni mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Intellektual kastingga turli sabablarga koʻra kela olmagan ishtirokchilar breyn-ring turnirida qatnashish huquqini qoʻldan boy beradi. Kasting qayta tashkil qilinmaydi.

Toshkentda tahsil oluvchi talabalarning ishtiroki

Ayrim talabalar garchi Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishsa ham, lekin roʻyxatdan oʻtayotgan paytda yashash manzili sifatida oʻzlarining doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilini (propiska) belgilashgan. Bunday vaziyatda ular qaysi hududdagi kasting va turnirda ishtirok etadi, degan savollar kelib tushmoqda.

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida tahsil olayotgan talabalarga garchi boshqa hududlarni belgilagan boʻlsa ham, 28-fevral kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadigan kastingda qatnashish huquqi beriladi. Buning uchun ular oʻsha kuni soat 15:00 dan boshlab fuqarolik pasporti bilan birga “Humo Arena” saroyiga kelishlari va oʻsha yerdagi texnik yordam koʻrsatish xodimlariga murojaat qilishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun

www.zakovat.tv sayti orqali belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan shaxslar hozircha Toshkent mintaqasida boʻlib oʻtadigan tadbirlarda ishtirok eta olishmaydi.

Ammo ular “Zakovat” intellektual klubi tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda qatnashishlari mumkin.

Buning uchun rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni doimiy kuzatib borishlarini soʻraymiz.

Hududiy kasting va turnirlar haqida batafsil:
https://t.me/zakovat/4038


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

137 comments

Фархидинова
ID kod kegandi man uni boshqa smslar bilan birga ochirvoribman endi nima qilsam bo'ladi?
Basingizlar omad hammaga
Nega aynan bir kun, axir kopchilik ro'yhatdan o'tganku
Kastinggi onlayn qisa bòladimi
Muhlisa
Hammaga oma
Muhlisa
Omad
Mukammal !!!
Tashkilotchilarga rahmat.
Omad!!! Charchamanglar.
Muhlisa
Menda ham shunday chiqyapti qanday toʻgʻirlaydi
Miracle****
Barchaga omad yor bòlsin,hamisha g'alaba hamroh bòlsn zakovotchilarga
Shunaqa muammo bõlishini bilib oldindan ID parolimi alohida zametkaga yozib qõygandim
Boshqa vilyoyatdan jamoa bo'lib o'tganlar nima qiladi?
Assalomu alaykum, men Toshkentda oʻqiyman. Lekin Qashqadaryolikman. Roʻyxatdan oʻtishda yashash joyi degan joyiga Qashqadaryolikman deb yozganman. Endi men turnirda qanaqa tartibda qatnashaman
Alimjanovich
Hammasi yaxshiku ln bitta tomoni yaxshi o‘ylashmabdi. Kastinda olinga o‘ringa qarab guruhga bo‘lisharkan bunda 1-6 o‘rinlar bitta 7-12 bitta guruh bolisharkan. Bunda bilim saviyasiga ko‘ra tabaqalashish hosil bolmaydimi. Maktabda o‘qiganimizda bizga 5 bagoga oqigan bolalarni qoloqroq o‘quvchilar bilan qoshib qoyishardi tenglikni hosil qilish uchun. Kastingdan keyin jamoaga birlashsa yaxshi bilimlilar alohida sal bilimi pastlar alohida bolib qolsa turnir vaqti o‘sha 1-6 orindagilarda imkoniyat koproq bolmaydimi!?
Муслима
Online qatnashish imkonini tashkillashtirib bera olasilami?
Hammaga omad👍👍👍
Show next 100 comments