Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarni 6 kishilik jamoalarga ajratib chiqish maqsadida intellektual kasting tashkil etiladi. Kastingdan asosiy maqsad aʼzolarni oʻtdi yoki oʻta olmadi, deb saralash emas, balki shunchaki ularning birlamchi bilim darajalarini aniqlab olish boʻladi. Bu kelgusida ularni turli ligalarda va turnirlarda ishtirok etishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Boshqacha aytganda kastingdan soʻng qoniqarsiz natija qayd etgani uchun hech kim klub aʼzoligidan chiqarib yuborilmaydi yoki turnirda qatnashish huquqini yoʻqotmaydi. Ammo yuqori natija qayd etganlarga kelgusi turnirlarda koʻproq imkoniyat berilishi mumkin.

Intellektual kastingda jami 40 ta savol beriladi. Ularning 30 tasi faktga asoslangan savollar boʻlsa, qolgan 10 tasi mantiqiy savollar boʻladi. Faktga asoslangan savollarni oʻylash uchun 20 soniya, mantiqiy savollarga esa 1 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir ishtirokchi oʻziga berilgan maxsus titul varagʻiga javoblarni yozishi talab etiladi.

Kasting natijalari 2 kun ichida maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar oʻz natijasini www.zakovat.tv sayti orqali aniqlab olishlari mumkin boʻladi.

Jamoalar qanday shakllantiriladi?

Kastingdan soʻng barcha ishtirokchilarning reytingi tuziladi. Ana shu reyting asosida 6 kishilik jamoalarga taqsimlab chiqiladi. Bunda taqsimlash reytingdagi ketma-ketlikka asoslangan holda amalga oshiriladi. Masalan, 1-oʻrindan 6-oʻringacha boʻlgan ishtirokchilar bitta jamoa, 7-12-oʻrinlardagi aʼzolar keyingi jamoaga birlashtiriladi va h.k.

Ishtirokchilar qaysi jamoaga tushganligi va jamoadoshlari roʻyxati bilan www.zakovat.tv sayti orqali tanishishlari mumkin boʻladi.

Toshkent mintaqasi uchun intellektual kasting

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni soat 17:00 da “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi. Saroyga kirish 15:00 dan boshlanadi.

Bunda roʻyxatdan oʻtish jarayonida yashash joyi sifatida ikkita hududdan birini – Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatini tanlagan ishtirokchilarning telefon raqamiga SMS tarzda tadbir uchun elektron taklifnoma yuboriladi. Shuningdek, www.zakovat.tv sayti orqali ham tegishli shaxsiy maʼlumotlarini kiritgan holda elektron taklifnomani yuklab olish imkoni yaratiladi.

Intellektual kasting faqat yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganlar uchun oʻtkaziladi. Jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtganlar kastingdan oʻtmaydi, ammo ular oʻsha kuni mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Intellektual kastingga turli sabablarga koʻra kela olmagan ishtirokchilar breyn-ring turnirida qatnashish huquqini qoʻldan boy beradi. Kasting qayta tashkil qilinmaydi.

Toshkentda tahsil oluvchi talabalarning ishtiroki

Ayrim talabalar garchi Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishsa ham, lekin roʻyxatdan oʻtayotgan paytda yashash manzili sifatida oʻzlarining doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilini (propiska) belgilashgan. Bunday vaziyatda ular qaysi hududdagi kasting va turnirda ishtirok etadi, degan savollar kelib tushmoqda.

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida tahsil olayotgan talabalarga garchi boshqa hududlarni belgilagan boʻlsa ham, 28-fevral kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadigan kastingda qatnashish huquqi beriladi. Buning uchun ular oʻsha kuni soat 15:00 dan boshlab fuqarolik pasporti bilan birga “Humo Arena” saroyiga kelishlari va oʻsha yerdagi texnik yordam koʻrsatish xodimlariga murojaat qilishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun

www.zakovat.tv sayti orqali belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan shaxslar hozircha Toshkent mintaqasida boʻlib oʻtadigan tadbirlarda ishtirok eta olishmaydi.

Ammo ular “Zakovat” intellektual klubi tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda qatnashishlari mumkin.

Buning uchun rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni doimiy kuzatib borishlarini soʻraymiz.

Hududiy kasting va turnirlar haqida batafsil:
https://t.me/zakovat/4038


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

137 comments

Show 32 more comments
Alimjanovich
Shu zakovat tashkilotchilari imkoni bolsa bir call markazmi yoki telegram guruhimi hech bolmasa ochiq maumot beradigan platforma yaratishsada unga bir 4-5 operatorni biriktirishsa qatnashuvchilarni savollariga javob berib turishsa ancha odamlarni muammosi hal bo‘lardi. Zakovat tashkil qilish oson emas butun o‘zbekiston boyicha ln hammada savollar yigilib qolyabdi javob esa deyarli yoq....
Shahzod Sobirov
ID kodni bilmasak qanday ro'yxatdan o'tamiz
✨ Xurramova 👩‍⚕️✨
Assalomu alaykum hammaga,men yakka tartibda ariza topshirganman,meni ham 6 kishilik jamoaga qo‘shadilarmi?Va men qaysi jamoada ekanligimni qanday bilsam bo‘ladi?
Toshkent shahriga turnir qachon
Bekor bulibdi
Biz ishxonadan javob oldandik borish uchun hamma narsa tayyor edi
Zakovat intellektual klubi kanalidagi oxirgi 2ta postni o'qinglar ko'p savollarga javob topasizlar
фотима Хоним Фотима Хоним
Асалому аликум
Qolgan viloyatliklarchi
Jamoa bilan ro'yhatdan o'tganlarga turnir qachon bo'ladi?
Menda bir savol bor aytaylik men 1urindan 6 uringacha bitta jamoa buldi keyingi bosqichga guruh azolaridan bur yoki iktasi kelmasa qatnashmasa guruh uyinlardan chetlashtrladmi yoki boshqa birovni quwib olsa buladimi
Вақтини эртароқ қилишни иложи йўқми? Масалан 15.00
Caroline
ID cod ozizga keladiyu
Qayerda olsak boladi shuni sms dami yoki saytdanmi
Caroline
Davlatjon Dolimovich
Qayerda olsak boladi shuni sms dami yoki saytdanmi
3700 raqamidan telizga sms borgan bolishi kerak, yani sizning ID raqamingiz deb tel nomerizga sms borgan bolishi kk ruyxatdan utgan vaqtizdayoq
Davlatjon Dolimovich
Qayerda olsak boladi shuni sms dami yoki saytdanmi
Ro'yxatdan o'tgan vaqtingiz, telefoningizga 3700 dan sms orqali keladi ID kod.
Bowqa viloyatdagi lar ham boriwga majburmi
Taklifnoma tel.ga sms bo‘ladimi yoki telegramdanmi
Show next 84 comments