Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi

Yakka tartibda roʻyxatdan oʻtgan talabgorlarni 6 kishilik jamoalarga ajratib chiqish maqsadida intellektual kasting tashkil etiladi. Kastingdan asosiy maqsad aʼzolarni oʻtdi yoki oʻta olmadi, deb saralash emas, balki shunchaki ularning birlamchi bilim darajalarini aniqlab olish boʻladi. Bu kelgusida ularni turli ligalarda va turnirlarda ishtirok etishi uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Boshqacha aytganda kastingdan soʻng qoniqarsiz natija qayd etgani uchun hech kim klub aʼzoligidan chiqarib yuborilmaydi yoki turnirda qatnashish huquqini yoʻqotmaydi. Ammo yuqori natija qayd etganlarga kelgusi turnirlarda koʻproq imkoniyat berilishi mumkin.

Intellektual kastingda jami 40 ta savol beriladi. Ularning 30 tasi faktga asoslangan savollar boʻlsa, qolgan 10 tasi mantiqiy savollar boʻladi. Faktga asoslangan savollarni oʻylash uchun 20 soniya, mantiqiy savollarga esa 1 daqiqa vaqt beriladi.

Har bir ishtirokchi oʻziga berilgan maxsus titul varagʻiga javoblarni yozishi talab etiladi.

Kasting natijalari 2 kun ichida maʼlum qilinadi. Ishtirokchilar oʻz natijasini www.zakovat.tv sayti orqali aniqlab olishlari mumkin boʻladi.

Jamoalar qanday shakllantiriladi?

Kastingdan soʻng barcha ishtirokchilarning reytingi tuziladi. Ana shu reyting asosida 6 kishilik jamoalarga taqsimlab chiqiladi. Bunda taqsimlash reytingdagi ketma-ketlikka asoslangan holda amalga oshiriladi. Masalan, 1-oʻrindan 6-oʻringacha boʻlgan ishtirokchilar bitta jamoa, 7-12-oʻrinlardagi aʼzolar keyingi jamoaga birlashtiriladi va h.k.

Ishtirokchilar qaysi jamoaga tushganligi va jamoadoshlari roʻyxati bilan www.zakovat.tv sayti orqali tanishishlari mumkin boʻladi.

Toshkent mintaqasi uchun intellektual kasting

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyati uchun intellektual kasting 28-fevral kuni soat 17:00 da “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadi. Saroyga kirish 15:00 dan boshlanadi.

Bunda roʻyxatdan oʻtish jarayonida yashash joyi sifatida ikkita hududdan birini – Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatini tanlagan ishtirokchilarning telefon raqamiga SMS tarzda tadbir uchun elektron taklifnoma yuboriladi. Shuningdek, www.zakovat.tv sayti orqali ham tegishli shaxsiy maʼlumotlarini kiritgan holda elektron taklifnomani yuklab olish imkoni yaratiladi.

Intellektual kasting faqat yakka tartibda roʻyxatdan oʻtganlar uchun oʻtkaziladi. Jamoa boʻlib roʻyxatdan oʻtganlar kastingdan oʻtmaydi, ammo ular oʻsha kuni mehmon sifatida ishtirok etishlari mumkin.

Intellektual kastingga turli sabablarga koʻra kela olmagan ishtirokchilar breyn-ring turnirida qatnashish huquqini qoʻldan boy beradi. Kasting qayta tashkil qilinmaydi.

Toshkentda tahsil oluvchi talabalarning ishtiroki

Ayrim talabalar garchi Toshkentdagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olishsa ham, lekin roʻyxatdan oʻtayotgan paytda yashash manzili sifatida oʻzlarining doimiy roʻyxatdan oʻtgan manzilini (propiska) belgilashgan. Bunday vaziyatda ular qaysi hududdagi kasting va turnirda ishtirok etadi, degan savollar kelib tushmoqda.

Toshkent shahri hamda Toshkent viloyatida tahsil olayotgan talabalarga garchi boshqa hududlarni belgilagan boʻlsa ham, 28-fevral kuni Toshkent shahridagi “Humo Arena” saroyida boʻlib oʻtadigan kastingda qatnashish huquqi beriladi. Buning uchun ular oʻsha kuni soat 15:00 dan boshlab fuqarolik pasporti bilan birga “Humo Arena” saroyiga kelishlari va oʻsha yerdagi texnik yordam koʻrsatish xodimlariga murojaat qilishlari kerak.

Roʻyxatdan oʻtishga ulgurmaganlar uchun

www.zakovat.tv sayti orqali belgilangan muddatda roʻyxatdan oʻtishga ulgurmagan shaxslar hozircha Toshkent mintaqasida boʻlib oʻtadigan tadbirlarda ishtirok eta olishmaydi.

Ammo ular “Zakovat” intellektual klubi tomonidan kelgusida oʻtkaziladigan boshqa tadbirlarda qatnashishlari mumkin.

Buning uchun rasmiy saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni doimiy kuzatib borishlarini soʻraymiz.

Hududiy kasting va turnirlar haqida batafsil:
https://t.me/zakovat/4038


Klub yangiliklarini kuzatib boring:
➖ @zakovat

137 comments

Show 100 more comments
Humo arenaga kirish uchun pasport shartmi
Таклифнома ким олди канаккиб олди этворила
--------------------
Menda ID kodi o'chib ketibdi kodni qayta olsam bo'ladimi
SAMAR ™
Qashqadaryolila bormi
Men tushunishm boyicha ozlarini yashash joyini belgilaganlarga taklifnoma kelmaydi eloktron shakli ozimiz borb pasport bln kirarmiz shunaqami
Mohinur Zafarovna
Pasport yoʻoʻ pasport nusxasi boʻladimiii
Mohinur Zafarovna
Bilmislami etvorila
ID raqamim õchib ketibti
qanday tiklashim mumkin
iltimos adminlar yordam beringlar iltimos !!!
Yangitdan ro'yxatga olishning iloji yo'qmi ulgurmaganlarga
ID raqamni qayerdan olsa bo'ladi
Sirdaryodanman kechroq ewitibman , qayta royxatdan otsam boladimi
ID o'chib ketgan endi nima boladi
Toshkent viloyati uchun soat nechidaligi aytilmaganku
Zilola Anorboyeva
Toshkent viloyati uchun soat nechidaligi aytilmaganku
Shu savolga javob toshkent viloyat va shahdagi qatnashuvchlarga soat 15 00da boahlanadi savol javob esa 17 00 da boshlanadi
BUGATTI
ID raqamim õchib ketibti qanday tiklashim mumkin iltimos adminlar yordam beringlar iltimos !!!
Id raqam endi keragi yoq pasport bln borsayz shu pasportga qarab qabulga kiritish mumkn
Agar bormasa nima boʻladi?
Show next 5 comments