Assalomu alaykum qadrli kimyo ixlosmandlari!

Xabaringiz bor, Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi ko'magida Yosh kimyogarlar olimpiadasini tashkil etgandik. Anchadan buyon O'zbekiston Milliy universiteti kimyo fakulteti bilan hamkorlikda 1-bosqichga qizg'in tayyorgarlik ko'rib kelmoqdamiz. Va nihoyat olimpiadaning 1-bosqichi o‘tkaziladigan sanani ma'lum qilmoqchimiz! YKO olimpiadasi 06.12.2020 yakshanba kuni soat 09:00 da vazirlikning moziy.edu.uz saytida online test ko‘rinishida bo‘lib o‘tadi. Saytda ro‘yhatdan o‘tish uchun start berdik, hoziroq ro‘yxatdan o‘ting!
1-bosqichda barcha ishtirok etishi mumkin.
Olimpiada 5 ta guruh kesimida o'tkaziladi:
(1) 8- va undan kichik sinflar;
(2) 9-10-sinflar (Akademik litseylarning 1-bosqich o‘quvchilari);
(3) 11-sinflar (Akademik litseylarning 2-bosqich o‘quvchilari);
(4) abituriyentlar;
(5) Oliy o‘quv yurtlarining 1-3-kurs talabalari;
Olimpiadaning final bosqichida qatnashish uchun avvalambor 1-bosqichda ishtirok etib kuchlilar qatoriga kirish kerak, chunki yakuniy bosqichda faqatgina 1-bosqich g‘oliblari ishtirok eta oladilar. 1-bosqichga oid barcha muhim xabarlarni, olimpiada qoidalari, testga ruxsat beruvchi kodlar haqida ma'lumot, na'munaviy savollarni @ykouz telegram kanali orqali olishingiz mumkin.
Yakuniy natijalar, final bosqichiga kimlar yo‘l olgani, shuningdek, barcha guruhlar uchun olimpiada savollarining to‘liq yechimlarini ham @ykouz kanalidan topasiz.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

21 comments

Show 8 more comments
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Yana shunday olimpiyadalardan tez tez tashkil etsalaringz bizga o'z bilimimiz qanchalik ekan-u,qanchasini Hali o'rganishimiz kerakligini ko'rsatgan bo'lardizlar. Oldindan rahmat!!!
Nimaga e pochtaga kod kemayapti nima qilish kk
O'rozov Shaxboz
Menga ham kod kelmayapti, ko'rsatma beriylar tashkilotchilar
Mᴇɴɢᴀ ʜᴀᴍ ᴋᴏᴅ ᴋᴇʟᴍᴀʏᴀᴘɪ
Login parol pochtamga kelmadi
Nima qilshimiz kk
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Ha keldi
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Login parol
@Jamoliddin@ $Xolboyev$
Sizga kelmadimi
Spam qib qoyilgan papkaga kepti bilmapman😉😁
Азамат Махмудов
menga xam kod kelmadi.
Салом алейкум. Нимага русча варианти чиқмаяпти.
Линора Гафарова
Салом алейкум. Нимага русча варианти чиқмаяпти.
Valaykum assalom. Websaytni tilini ruschaga o'zgartirsangiz keyin chiqadi. Kanaldagi ro'yhatdan o'tish borasidagi yo'riqnoma va videoni ko'ring iltimos. Agar savollaringiz bo'lsa bot ga yoganingiz ma'qul, biz ko'ramiz shunda, kommentlarga odatda qaramaymiz, shu uchun bu yerda javobsiz qolib ketishi mumkin.