This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Юқоридаги "диплом учун ўқиш" мавзусини давом эттирган ҳолда, Тошкент ёшлар форумидаги чиқишим пайти берилган бир савол ёдимга тушиб кетди.

Бизда билимга эмас, дипломга кўпроқ урғу қаратилишининг бир қанча омиллари ва сабаблари бор. Бу жуда катта мавзу, қисқа қилиб тушунтириб бўлмайди. Битта иш билан ўзгариб ҳам қолмайди, комплекс чоралар керак.

Масалан, бозорда давлат сектори улушининг жуда катталиги, давлат ишига кириш учун эса олий маълумот талаби керагидан ортиқча касб ва лавозимларга қўйилгани ҳам бунинг омилларидан бири. Чунки хусусий сектор натижага ишлайди, натижа бўлиши учун дипломдан кўра, билим ва малака керак. Иш берувчиларнинг бундай талаби эса ўз-ўзидан таълим тизимига таъсир кўрсатади.

Шу сабабли тезроқ хусусий сектор ривожланса ва давлат секторида меҳнат талаблари либераллашса, аста-секин ҳолат ҳам ўзгариши мумкин.

Ёшлар форумидаги чиқишимнинг тўлиқ видеоси мана бу ерда:
https://youtu.be/Y1d0-stLW5c


👉 @xushnudbek 👈

165 comments

Show 100 more comments
Makhmirzayev_ Samandar
Yaxshi fikrlar...
🌺ЗАМИРА 🌺САДУЛЛАЕВА🌺
Ассалому алайкум Хушнуд ака каналингизни доимо кузатиб бораман халқни ўйлаб ёзаётган фикрларингиз 100% қўшиламан юқоридаги мавзуга келсак иш фаолиятимда ана шундайайтилган фикр исботини кўп кўрганман бази бир олий маьлумотлилар килолмаган ишларни ўша ўрта махсуслар яхши қиладилар мени шахсий фикрим маьлумотга эмас малакага эьтибор қаратилса яхши бўларди .
MT.401 QILICHEVA OYGUL BATOSHEVNA
Assalomu aleykum.bu fikrim kimnidir balki asabiylashtirar.ammo rivojlanayotgan davlatlar nega rivojlanayapti coment yozib vaqt sarflamaydi ular ular davlatidan nolimaydi.hamma joyda pora korrupsiya bor yo'q deb ko'ring qani.qachon rivojlanamiz 200 yildan keyinmi degan savolga.xalqimiz bir birini chuqalar ekan hech qachon deb javob beraman.yashash un kurash marhamat yashang hamma ham diplomning noni yemaydi.ammo diplomi bor bo'la turib shu kasbini tortib ketolmaydi.kechirasiz rossiyada ishlayotganlarni past nazar bilan qaramang ularda coment yozib o'tirishga vaqti yo'q chunki yashash un kurashayapti ular.uzur boshqa comentariya o'qimayman ham yozmayman ham buning o'rniga foydali ish bn shug'ullanaman.bilaman izimdan nechi kishi aqlli deb kuladi lekin ishoning bu men un bir tinga qimmat sizning kulishingiz
Furqat Azamatov
Assalomu alaykum Xusnudbek meni ikki nafar farzandim OTM da to'lov shartnomasi asosida o'qiydi . Òg'lim O'zb JT va Sport Unv-da 2- kursida o'qiydi , oilaviy iqtisodiyotni inobatga olib faqat shu o'quv yilida onlayin òqitsam demoqchiman.
Yashasin tizim🤑🤑🤑
ИБРАГИМОВ
To‘g‘ri fikrlar menimcha hozirdan talabalar diplom uchun o‘qishni to‘xtatish vaqti keldi chunki oliy ma'lumotlilar soni ortib ketdi ( Qo‘shni davlatlardan juda katta miqdordagi talabalar shunchaki kirib kelishdi) o‘z kuchi bilan kirgan talabalar ulardan ustun bo‘lishi kerak buyog‘i raqobat boshlanadi
ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ ㅤㅤㅤㅤㅤㅤㅤ
O'qishga kirisha olishmasa bizdamasu ayib O'QISH kerak😊TUSHINISH kerak!!!
Gapingizga qo'shilaman.Bilimi bo'lganda o'qishga kirar edida.O'qishga kiraman degan abituriyent qancha o'qiydi qancha mehnat qiladi.Baribir oliy bilan o'rta maxsusni orasida masofa bo'lish kerak
Xop men faqat suhbat qilsin demadim agar oqish ichadagi tartibni ozgartira olishmasa suhbatni ham qoshilar dedim Yana karupsiya hozir yoqmi hozir avjida emasmi yoki Imtihoni rosmona haqoniy qilishsin koz boyamachilik qilme yoki talimni sifatini yaxshilashsin
Hayot
Men örta maxsus öqıtuvchıman özım öqıgan maktabda ıshlar edım bola tarbıyasıdagı ta'tıldan qaytganımda örta maxsuslarga dars berısh mumkın emas deb ıshga qayta olmadı shu buyı sal kam 10 yıldan berı özım sevgan kasbda ıshlolmayapman
чунки билим умуман керак эмас. муомила , танка керак. узи дунё шунака тузилган. Масалан, Генри Форд даг " сизда кора рангдан бошка машина чикарасизми?" деб сурашган. У айтган: " Ха, факат у хам кора." Буни файласуфона гап деб газеталарда чоп килишган. АГАР шуни оддий ишчи айтганда уни телбага чикаришарди.
Gaplariz to'g'ri lekin atrofimizda kitob o'qish bekorchilik deb fikirlovchilar nisbatan ko'proq 😞😞
Oddiy misol u.n achinarli xolat
Ulug'bek Abduraxmonov
Korrupsiya qachon tugaydi kambagalni yelkasi qachon quyosh koradi
1234466789
Hamma gapirorganidan bu mavzulardan odamni kongli ayniydigan bolib ketti.
To‘g‘ri muammo
Хурматли Хушнудбек яхшимисиз.менда умуман бошқа масала .ҳарбий соҳа вакиллари ҳақида,
Osiyo Usmonova
Hurmatli Xushnudbek,sizga bir necha bor komentariy qoldirdim,bal o'qidingiz, balki... Nima bo'lganda ham o'qituvchi bo'lganim uchun dardim to'lub ketdi,faqat bizni tushunyvchi dugonalargina suhbatlashib qo'l siltab qolaveramiz. Bizni tinglashni xohlasangiz edishunda behudaga oh urmaganimizni tushunardingiz. Tel:939476968
Show next 15 comments