Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Durdona Komilova
57-savolda bitta javob belgilangan lekin x emas * belgilangan manimcha shu joyida o’gartirish kiritilgan
3- majburiy fan joyini olib tashlagansiz. Tepada 3 ta majburiy fanning javoblari keltirilgan
ᵒDᵈɪʸᴍⁱᴢ.
Javobi bal 67.2 boʻladi yani 4ta asosiy fandan toʻplangan bal 3.15 balldan beriladi 12.6 ball boʻladi majburiy fanlardan 26ta toʻgʻri javob u esa 54.6ball boʻladi bu esa 67.2ball degani bu yerda 0 ortiqcha .
Id раками узгарган. ДТМ ни сайтида бошка инсонни фамилияси турибди.
Pastda Davlat test markazining rasmiy telegram kanali degan joyi qirqib tashlangan
Azimova Zilola Abduvohidovna СП 18 13
30 savoldan keyin 40 emas 46 nomer bòlib ketmaganmi
Eng pastida Davlat test markazining telegram kanali degan yozuv bòlishi kerak òsha yoq yani pastini kesib tashagansiz
Stop bizni aldashyapti nima esizdan chiqdi eslanglar mandat qachon chiqarkan
2-majburiy fan, "Chet til"ini krilcha "чет тили" deb ozgartirgansiz
Pdfda siz qabul qilib olgansiz hamda uni kanalga qirqib joylagansiz
Harflar belgilash mumkin bölmagan joyıga ötıb belgilagansz
57-58 savollarni variantlari ochirilib ularga ham yulduzcha * belgisi qoyilgan. Chunki bita variant belgilangan javoblarni harflari yozilgan bolishi kerak.
varaqani qirqish ham fotoshop hisoblanadi
More than...
Menimcha blokdagi ball 3.1 bolishi kerak sizda 3.15 yo 13 edi yaxshi korinmadi menga
Javobini shu yerga tashiymizmi
Zigran
Яшил харфлар билан ёзган сузларингиз фотошоп.Нажот илмда
Xato javoblarga * qo‘yilgan 76 77 78 83 84 savollarda esa A
DILNOZA KURBANOVA
Titul varaqadagi barcha so'zlar lotin alifbosida yozilgan. Faqatgina asosiy fandagi "чет тили" so'zi kirill alifbosida yozilgan.
57 58 savollaga C deyilgan lekin bu tomonda yulduzcha qòyib ketilgan
Show next 100 comments