Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Ma'rifat Ibragimova
Boshqa o'zgarish yo'q, faqat pastdagi ma'lumot olingan joyini qirqib qo'ygansiz, chunki javoblar varaqasining asl nusxasida bunday yozuv bo'lmaydi. Maqsad javoblar varaqasini asliday qilib qo'yish bo'lgan
Iroda
Dtm deb yozilgan chap tarafdagi yozuvni yonida shtrix kod bor. O‘shani bir qismchasini oq bn bo‘yagansiz, chunki shtrix kod orqali ma‘lumotni olsa bo‘ladi. Boshqa narsa topa olmadm😐
Majburiy fandan Matematika belgilanmagan, lekin 7 ta to'g'ri 3 ta xato. Mana shu joyda fotoshop ishlatgansiz
JAVOBLAR 95 GA KELIB TO'XTAYDI, SIZ ESA 100 GACHA BO'YAB CHIQQANSIZ, SABABI "NAJOT ILMDA" SO'ZINING "A" VA "T" HARFI SIG'MAY QOLGAN
САРДОРБЕК
Титулга юлдузча куйиб чикилган харфлар урнига. 46чи ракамдан бошлаб
‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️‼️ 3- FOTOSHOP: tituldagi 65 va 95-raqamdan ketin T va A harflarini yozilishi
Savolar javobiga Photoshop qilingan javoblar belgilangan bolsa ham narigi tamonda ular ochirilgan
Javoblar varaqasining pastki qismi qirqib tashlangan
To'plagan bal o'zgargan
57 bilan 58-savollarga yulduzcha qo'ygansiz, mustaqilligimizni 30 yilligiga bag'ishlab🙂
Jamila
Variant raqami degan joydagi raqamlar ketmaketligi davomli yozilipti
57, 58-savollar javobi belgilangan va D javob qabul qilingan bo‘lishi kerak. Siz uni o‘zgartirib, * belgisini qo‘yib qo‘ygansiz! Chunki bitta katak bo‘yalgan javoblar qabul qilinadi. Qolganlarida ikkita va undan ortiq kataklar bo‘yalgan javoblar qabul qilinmagan.
Zulhumor
Chet tili soʼzini Kirilchasiga yozgansiz. Hamma soʼzlar lotinchada
Mamarasulova Zarina 306-Informatika
Nmalarni tashayapsx
SHOXRUXMIRZO
79,80,81,82-savollarni javobi xato bo‘ladi chunki doiradan chiqib ketgan siz ularni to‘g‘irlab qo‘ygansiz
Abdualim
Testda Variant raqami o'tirish o'rniga qarab beriladi sizda o'tirish o'rni 21 variant raqami esa 23
Unaqa emas ikki xil buladi ikkisi meni utirish urnim 3 variant raqamim 7 edi
1. DTM so'zi oldidagi QR kodga o'zgartirish kiritilgan, yo almashtirilgan yoki kichraytirib o'qib bo'lmas holga keltirilgan.
2. Bunga sabab shaxsiy ma'lumotlarga havola berilgan (pasport ma'lumotlari). Qanday aniqladim? Boshqa titul varoqlarga qaradim hamda shaxsiy ma'lumot muhimligiga e'tibor berdim.
Titul varoqni eng yuqorisida katta qib ism-familiyayiz fotoshopda yozilgan. Chunki u yerda abituriеntni ism familiyasi yozilmaydi
Salom.javob chiqatilgan test varaqasi sizga tegishli emas.sabab siz bakalavr yunalishini tygatgansz.2chisabab esa shtrix kod orqali varaqa kimga tegishliligini aniqlab buladi shu sabab shtrix kodni uchirgansz
이크럼
Iikkinchi blokdan raqamlar ketma-ketligi buzilgan 30 dan keyin 46 boʻlgan 65dan keyin 76 kelgan raqamlar ketma-ketligi buzilgan
Show next 100 comments