Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Фамилия исм фотошоп қилинган ва штрих код беркитиб қўйилган. Штрих код очиқ бўлса дтмнинг хақиқий эгасини исм фамилияси келиб чиқади
Teppadagi Xushnudbek.uz photoshopda yozilgan
Balizda o‘zgarish kiritilgan jami bal 67.20 emas 67.4 bo‘ladi bilishimcha shuu
Majburiy bloklarni 3 chisiga chiziq tortilgan lekin javoblarda variantlar belgilangan deb chiqqan
Najot ilmda deb yozgan yacheykalaringiz ustidan birlashtiruvchi chiziq o'tkizgansiz, aks holda 79, 80, 81, 82 javoblar to'g'riga olinmasligi kk edi, yacheyka tashqarisida chiziq borligi uchun xatoga olinardi
Asosiy blokdagi Bu ustundan foydanilmaydigan joylargayam belgilagansiz. Matematika bn Chet tilidan birthday ko‘p test belgilagansiz yani 66 vs 96 laram belgilangan .
Bu yo ataylab qilingan yo najot ilmda sigmay qogani uchun
Dilnoza 201-guruh
Umumiy balni pastidagi chiziqni qora rang qilgansiz aslida qizil och qizil va qora boʻlishi kerak
Salohiddin
57 va 58 savollaga yulduzcha bòlmasligi kerak edi
1)Chet Tili krilchada yozilgan
2)o'tirish o'rni birida 21 birida 23
Id kod shtrix kod bilan tusilgan. Sababi test natijasini bilmaslik uchun
Uchimchi ozgarish rasm qirqilgan. Javob varag'i tegida DAVLAT TEST MARKAZINING RASMIY TELEGRAM KANALI MANZILI TURISHI KERAK EDI. MANZIL OLIB TASHLANGAN. Javob ozimning javoblar varaqam bilan solishtirib topildi
Sizda test topshirish alifbosi lotin tilida ekan. Ammo chet tili yozuvi krill alifbosida yozilgan
Assalomu alaykum.Ruchka ko'k rangli siyohda.Qog'oz oq.Titl varoq yozuvlari va shtrix kodni yashirgan rang qizil va Najot ilmda degan yozuv yashil rangda.Va bu ranglar bayrog'imizdagi ranglar.Va bu savol Mustaqillik bayrami kunida berildi.
Mantiq bayrog'imiz ranglarida
Variant nomeri 23 -21 ga o‘zgartirilgan 2021 yilga moslab tuzatish qilingan.
Chet tili so‘zi krill alifbosida yozilgan qolgan boshqa so‘zlar lotin alifbosida yozilgan
Mandat chiqdimi ? Hech kim bilmaydimi ?
3-fotoshop titul varoqni tiniqlashtirgansiz
Buni qandey topganim sababi boshqa titul varoq bilan solishtirib ko'rdim.
Assalomu alaykum.
Ruxsatnomaga I. F. O ni Ruchkada yozgansiz, aslida esa Kompyuterda tayyor yozilgan bo'ladi.
57 va 58-javoblani o'rniga yulduzcha qo'yilgan. Yulduzcha o'rnida D harfi bo'lishi kerak edi
Show next 100 comments