Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Ochilov
NAJOT ILMDA YOZUVINI TAGIDA CHIZIQLAT
23 ni rushka bilan belgilabsiz sababi 23 tasiga tögri javob bergansiz mening fikrim
K Ramazanov
Umumiy bali ostidagi qora chiziqni o'ng tomoni to'liq bo'yalgani ko'rinmay qolgan
Xanuza Qurvonmurod 玛丽
Assalomu alaykum Xushnud aka balingiz xato 69.3 boʻlishi kerak@xushnudbek
Assalamu alaykum siz . pdf variantidan .jpg yoki . png variantiga yoki boshqa rasm farmatiga o'tganzgansiz.
Ko'pchilik savollarga D harfini qoygansiz ammo sonlarni oldiga esa yulduzcha qo'yib chiqqansiz
Variant raqami 21 lekin siz 23 deb buyab quyibsiz katakchani
Dilfuza
Мандааааааааааат
Husniya
Assalomu alaykum, G'ayratovich deb yozilmaydi, G'ayrat o'g'li deb yozilishi kerak
Shu yerida uzgarish bor
Сабрина Козимжонова
Assalomu alaykum 65 sonidan keyin 66 órniga 76 dan boshlanib 95 da tugagan aslida esa testlar soni 85ta bólishi kerak. Chunki 20+20 blok fanlar 15+15+15 majburiy fanlar, jami bólib 85ta test bòlishi kerak
Chet tili soʻzi kirilchada yozilgan
Najot talimda deb yozganizda harflarini bir Biriga ulab chiqqansiz chiziqcha bn
Kichkina QR kod òzgartirilgan
3chi ozgartish yoq bizni qanchalik etiborliligimizi tekshirmowchisiz
57 bn 58 ga * qoyilgan aslida javob deb qabul qilinishi kk edi.
Muxlisa
agar magistraturaga topshirgan bo'lsangiz siz faqat xorijiy til topshirgansiz, qolgan fanlari o'ziz qo'shgansiz test faqat 30 talik xorijiy til bo'lgan, umumiy balingiz 43.33 bo'ladi 30 ta testdan 4 tasi noto'g'ri yechilsa
30 dan keyin 31 emas 46 bop ketgan
Qobiljon Normurodov
54,6 shoshilganda
Xushnud aka birinchidan bal bu perevodni bali va sizdagi majburiy fanlar bilan yuqoridagi javoblar mos kelmaydi yani siz birinchi va ikkinchi blok majburiy fanlarni javobini oʻzgartirgansiz 3chi majburiy fan esa aslida chizib qoʻyilmagan boʻlishi kerak edi sabab 5ta fan sizni titulizda esa 4ta fan nima uchun
Va siz nima uchun fotoshobda bor yoʻgʻi 3ta narsani oʻzgartirdim.dedingiz aslida siz koʻp narsani oʻzgartirgsnsizku lekin kitoblar meniki boʻlsa yaxshi boʻlardi zero rostdan najot ilmda
Show next 100 comments