Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
KEYINGI SHTRIX XAM OZGARGAN
Aka 46- savoldan 70- savolgacha bo'lgan yacheykalarga javob yo'q qilib qo'ygansiz. Aslida javob yozilgan
Siroj Eshchanov
57 va 58 savolda 2 ta javob belgilangan shuni 1javobga o'zgartirgansiz
KEYINGI SHTRIX XAM OZGARGAN
Чет тили emas Chet tili deb lotin alifbosida yozilishi kerak edi
Siz savolingizda yashil rangda "NAJOT ILMDA" deb yozganman degansiz. Ruchkada ham "NAJOT ILMDA" deb yozgansiz
Samarov Baxtiyor
To‘gri javoblar 30 ta bu mustaqilligimizning 30 yilligi degani
Qaysi o'quv yili uchun va qaysi yo'nalishga topshirganinggizni berkitgansiz(oq rang bilan).
O'zimni tutul varog'im bilan solishtirdim
57ga D qilib xato qilish kerak edi manimcha wu🙄
KEYINGI SHTRIX XAM OZGARGAN
A.U.F
Assalomu alaykum! to'g'ri javoblar o'rniga yulduzcha qo'yilgan yani A B C o'rniga yulduzchalar qo'yilgan 46 chidan 65 gacha 85 dan 95 gacha
KEYINGI SHTRIX XAM OZGARGAN
Chet tili kirilchada yozilgan aslida lotinchada bolgan.
T bilan A harfi òtib ketganu blokdagi belgilanishi kerak bòlgan raqamlardan
Assalamu alaykum siz . pdf variantidan .jpg yoki . png variantiga yoki boshqa rasm farmatiga o'tganzgansiz. Titul varog'i pdf da boladi
Rasmga effekt berilgan boshqa o'zgarish yo'q
Pasdagi t.me/dtm.uz telegram kanali yozilgan joyini olib tashlagansiz, chunki kanalni reklama qilgan bolar edingiz)
Jasurbek Niyozov
Ball 67.2 boʻlgan shunga 67.20 qilib oʻzgartirilgan
67.2 toʻplagansiz siz bu yerda 67.20 yozgansz
Show next 100 comments