Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Feruza Burieva
Shuncha abituriyentlar hayoti bilan qiziqib, mandatning qachonligini ayta olmadingiz-e, qoyilmasmiz...
Р.Курбанова
Mana shu qismini qirqib tashagansiz @xushnudbek
To'plangan ball 67 turibdi lekin hisoblab chiqqanda undan yuqori ball to'plagansiz
Mening javobim quyidagicha 76 dan 82 gacha bo'lgan savollarning javobini belgilashda bitta doirani bo'yagansiz Har bir savolga va shuning uchun ham titul varaqangizda 76 dan 82 gacha harflar bor.Ammo 57 58 savollar ham xuddi shunday lekin harflar belgilanmagan garchi siz bu doiralarni bo'yashdan 76 dan 82 gacha bolgan doira qoidasiga amal qilgan bo'lsangizda.Mening javobim shu juda ko'p o'yladim
Kanal reklama qilmaslik uchun pastki qismini kesib tashlagansiz, dtm telegram kanalini
Dtm rasmiy sayti silkasini qirqib tashlagansiz. Sabab reklama qilmaslik uchun bo'lsa kerak!!!
Sulaymonov Yodgor
30 savolga tuģri javob bergansiz 2.1 ball dan hisoblansa 63 ball buladi. Umumiy ball ni uzgartirgansiz
Bunda 3 ta javob chiqvotdi
1. Mandat
2 jovobini
3.olmadim
Akbar Halimov
QR kodi bittasi bor, bittasi qizil rang bilan bo'yalgan
❥︎𝐀𝐢𝐬𝐡𝐚 𝐇𝐮𝐦𝐚𝐲𝐫𝐨
10 ta kitobni 10 ta to'g'ri javobga bo'lib bering (ilohim men ham bo'lay😣🤲)
𝓼𝓱𝓪𝔁𝓸𝓫
hech qanaqa fotoshop yo'q. Shunchaki vaqtimizni, mandat deb o'ylayverib charchagan miyamizani chalg'itish uchun o'ylab topganlar.
Aslbe
Shtrix kodini almashtirgansiz.Chap tomondagi shtrix kod almashgan.Chunki u orqali aniqlasa bo'ladi shaxsiy malumotlarni
57 58 savolga bittadan variant belgilagansiz, 2 ta variant belgilanganiga yulduzcha qo'yiladi, ammo sizda 1 ta bo'lsa ham yulduzcha qo'yilgan
FARQ YOOOOOOOQ!!! SHUNCHAKI ZERIKMASLIK UCHUN BU!!!
Assalomu alaykum. Bu yerda DTM kod o'zgargan. 1766895 sizga tegishli emas. M.M. Islomiv ismli kishiga tegishli. Shu qismi o'zgartirilgan.
MAFTUNA UMAROVNA
Assalomu alaykum.
57 58- savollarda kalit harflari o'rniga * quyilgan. Bu savollarda D kaliti bo'lishi kerak.
57 va 58da harflar ko'rsatilishi kerak edi shu xato
Chet tili yozuvi krilcha yozilgan lotin yozilishi kerak edi chunki 1 avgustdan qaror boyicha hamma hujjatlar lotin tilida yozilishi kerak shunga shuni ozgartirgansz
23-o‘rinni bo‘yagan ekan. Lekin yiqorida 21-o‘rin deyilgan ekan. ASSALOMU ALAYKUM
Assalomu alaykum! Xushnudbek aka, yaxshimisiz? 57-58-savollarga notoʻgʻri javob berilgan, yaʼni "D" javob belgilangan. Boshqa 47-65 gacha boshqa javoblarda bitta katakchada ikkita harf belgilangani uchun ulardagi notoʻgʻri javob yulduzchalar bilan izohlangan. Javob: 57-58-savollarni notoʻgʻriligini isbotlovchi belgi notogʻri qoʻyilgan. Bu yerda yulduzchalar emas, "D" harfi va ❌ belgisi boʻlishi kerak edi!

Barcha yurtdoshlarimizni mustaqilligimizning 30 yilligi bilan chin qalbdan tabriklayman!!! Mustaqilligimiz abadiy boʻlsin, ilohim!!!
Siz javoblar varaqasini kesib qisqartirgansz, qogoz pastida dtm belgisi yoq, menimcha to'g'ri javob shu.
Show next 100 comments