Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Alysis
79 dan 82 gaca tituldan chqib ketib xato yozilgan lekn tori ptichkasi qoyilgan
Мадина🌼
Chet tilimas ingliz tili yozilgan bo'lishi kere. Ingliz tili belgilangan
Sardorbek
Chet tili -kirilchada yozilgan
Umarjonov.M.M
Chet tili deb yozilgan joyini kirilga o'zgartirgansiz
Muxlisa
!O‘tirish o‘rningiz 21.Sizda variant raqami 23ga bo‘yalgan,ikkalasi bir xil bo‘lardi
30- savoldan keyin 46-savol boshlanib ketgan. Chunki, asosiy bloklar 31-dan boshlanishi kerak edi.
Yahyobek Abdullayev
65 dan keyin 76 qilib ketgansiz
XUDAYBERDIYEV XUSHNUD G'AYRATOVICH degan yozuv qo'shilgan.Hammasi oddiy:)
U yerda chet tili so'zi kril harflarida yozilgan qolganlari esa lotin alifbosida
𝓜𝓸𝓱𝓲𝓼𝓱𝓪✨
menimcha 57 va 58 savollarni javob belgilangan joyida bittadan katakcha bo’yalgan lekin tekshiruv qismida yulduzcha bn xato belgisi turibdi . 1 ta katak buyalgan qismi variant xarfi va xato belgisi bulishi kerak edi shekilli yulduzcha qachonki variant 2 tadan kup buyalsa yoki buyalmay qop ketsa qo’yilishi kerak
Familyada ózgarish bor o orniga a yozilgan adashmasam
☆☆☆☆☆☆☆
Manimcha Umumiy bali 67.20 emas .67.2 bo‘ladi majburiy fan 26×2.1=54.6 asosiy blok 4×3.15= 12.6 +54.6=67.2boladi.yana 57 ,58 savollarning javobiga * qoyilganni xato .negaki * ikkita javob belgilaganda qoyiladi bu savollarga esa bitta javob belgilangan
chap taraf tepadagi QRKOD o'zgartirilgan. Chunki skanerlab ko'rdim ishlamadi.
Titul varaqa tepasiga ism - sharif yozib qo'yilgan
T.S.X
Муниса
Umumiy ball xato yozilgan. 67 ball ni ozi bo'lishi kerak 20 ortqcha
🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️yana bitta
Assalomu alaykum javoblar sonlari roʻparasiga yulduzchalar qoʻyib chiqqansiz buni men oʻzimni natijalarim bilan solishtirib bildim
Umumiy ball:67,2
Wuni tagidan tortilgan chiziqni ustidan qora yozuv bilan chizgansiz
𝓝𝓸𝓭𝓲𝓻𝓪 𝓔𝓻𝓴𝓪𝓫𝓸𝔂𝓮𝓿𝓪
Chet tili kirilchada yozilmidi. Chunki boshqa fanlar lotinchada yozilgan, faqat chet tili kirilchada yozilishi gʻalati.
Show next 100 comments