Диққат, викторина!

Биламан, ҳозир минглаб инсонлар сабрсизлик билан мандатни кутмоқда. Шу сабабли вақтни бироз мазмунли ўтказиш учун байрам викторинаси ўтказмоқчиман.

Ғолибга шахсий кутубхонамдан 10 дона китоб совға қиламан.

Саволни эшитинг:

Жорий йил тестга кириб чиққанимдан хабарингиз бўлса керак. Юқорида титул варағимнинг расми турибди.

Шу расмни Фотошоп дастурида монтаж қилиб, 3 та жойига ўзгариш киритганман:

1) Юқори ўнг томондаги штрих-кодни қизил квадрат билан ёпганман;
2) Яшил рангда “NAJOT ILMDA” деган ёзув қўшганман.

❓Диққат, саволлар:

a) Фотошопда учинчи ўзгариш қаерга киритилган?

b) бу ўзгаришни қандай топганингизни мантиқий изоҳлаб беринг.


Шу иккала саволга биринчи тўғри жавоб берган каналимиз обуначисига 10 та китоб совға қиламан.

❗️Лекин асосий шарти таваккалига “фалон жойи ўзгарган” деган жавоблар қабул қилинмайди, албатта жавобни мантиқий изоҳлаш керак.

Марҳамат, заковатингизни синаб кўринг! Омад!


👉 @xushnudbek 👈

4788 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xushnud aka. Pdf formatini ostida. "Davlat test markazining rasmiy telegram kanali: t.me/dtmuzb" deb yozilgan yozuvni òchirib tashlagansiz.
Tabiiyki shtrix kodni yashirgansiz, demak ID kodni xam bazi raqamlarini òchirgansiz,agar bunday bolmaganda shtrix kodni òchirishdan mantiq yòq bolardi
57 va 58 savollarni javoblarida xatolik bor.
3 chisi titul varogʻni oʻzida oʻzgarish boʻlgan menimchaaa
Asilbek
31 32 33 ....45 shu sonlar qani
Yasmina Ashurova
Ассалому алейкум. ID ракамингиз узингизники эмас.
Najot ilmidagi M harifini chap ustuni qalinroq chizilgan shu Photoshop bilan buyalgan
압두까허르
3 javob bino deb yozgansiz siz binoda emas bog'da topshirgansiz joyni notog'ri belgilagansiz🙂
Ha togri matematik jihatdan 67.20 shart emas 67.2 bolsa boldi
Xushnudbek aka javobni aytmasez xozir kutubxonaizda kitob qolmaydi 😂
Husniddin Choriyev
Ismingizni qushgansiz aslida ism quyilmagan buladiku yozma ruchka bilan yoziladi
Nargiza Sharipova
Ba'zi natijalarni ko'rganimda ikkita belgilangan kalitga faqat * belgisi qo'yilardi. Siznikida 57-58- savollarda bitta kalit belgilangan bo'lsa-da * belgisi qo'yilgan.
Lekin qoyil.

1000 dan oshiq oʻzgarish aniqlandimi
Assalomu alaykum aka majburiy blokni uchunchisini yechgansiz lekin photoshopda majburiy blokni uchunchisiga MAZKUR USTUNDAN FOYDALANILMAYDI deb qoʻygansiz huddi perevodchilarnikidek
Majburiy bloklarni uchalasi ham yechilgan. Ammo sizni atiga ikkita majburiy blokiz ko'rinyapdi yani belgilaganlariz. 3-majburiy blokni ustunini huddi perevodga kirgan talabalarnikiga o'xshatib "mazkur ustinda foydalanilmaydi" deb qo'yibsiz. Ammo sizda uchala blokni ham javobi bor
Aslan
46dan 65gacha javoblar vaqraqasida harf yuq 85 95gacha xam javoblar varaqasida yulduzcha belgisi bos
57va 58- savollarda * o'rniga D javob belgilanishi kk
Diyorbek Egamqulov
ID oziznikimas ID ini ozgartirgansiz chunki bu yilgi mandatda 1766895 raqamli ID Islomov.M.M ism-familiyali insonniki,Mening javobim ID raqamlarini ozgartirgansiz
Mana bu tituldagi ikkita hato qilingan chunki tashqarida bulishi kerak edi menimcha shunday
Show next 100 comments