⚡️Йигирма биринчи ўлим: хизмат вақтида коронавирус юқтириб олган шифокор вафот этди

Пойтахтимиздаги Яккасарой туман тиббиёт бирлашмасининг 52 ёшли шифокори А.У. (эркак) шу йилнинг 14 июнь кунидан Тошкент вилояти Юқори Чирчиқ туманидаги карантин марказидаги фуқароларга тиббий хизмат кўрсатиш мақсадида фаолият кўрсата бошлаган.

Шу йилнинг 23 июнь куни аҳволи оғирлашиб, дастлаб Зангиота туман юқумли касалликлар шифохонасига, сўнг эса Эпидемиология, микробиология ва юқумли касалликлар илмий-текшириш институти клиникасига ўткир миокард инфаркти ташхиси билан ётқизилган.

26 июнда
эса юрак, нафас ва ўпка етишмовчилиги кузатилиб, аҳволи оғирлашганлиги учун реанимация бўлимига олинган.

Бироқ ўтказилган реанимацион муолажаларига қарамасдан бемор миокард инфаркти, ўткир нафас ва юрак қон-томир етишмовчилигидан вафот этган.

«Соғлиқни сақлаш вазирлиги марҳум шифокорнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур таъзия изҳор этади», - дейилади хабарда.

Шифокор ҳамюртимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

188 comments

Show 88 more comments
Илохим жойлари Жаннатда булсин
Joylari jannatdan bolsin
Bobur Mamarajabov
Alloh rozi bo'sin. Jonlari jannatda bo'sin oila azolariga alloh sabr bersin
Alloh rahmat qilsin bunday Xalq qahramonini
*****
Катта ёшдаги одамларда, сурункали касалликлари бор одамларда бу касаллик оғир ўтиши ва ўлимга олиб келиши ҳақида ЖССТ огоҳлантиришига қарамасдан кўра била туриб, ёши 50 дан ошган одамни карантин худудига хизматга юбориши юмшоқ қилиб айтганда номақул иш бўпти. Оиласи, фарзандлари, қариндошларига ОЛЛОҲ сабр берсин.
Ёши катта ва иккинчи қон гуруҳига мансуб инсонларда касаллик оғир кечиши ва ўлимга олиб келиш эҳтимоли жуда юқорилиги Хитой, АҚШ ва Эрон тиббий хизматлари статистика кўрсаткичларида аниқланган. Шунга асосан, карантин худудларида хизматларга бу икки тоифадаги инсонларни жалб қилиш уларнинг ўлимига сабаб бўлади. Кўриб, билиб туриб, инсонларни ўлимга юбормаслик керак.
Joylari jannatda bolsin ilohim! Oila a'zolariga hamdardlik bildirman. Alloh o‘zi suygan bandalarini hayotdan erta olib ketadi deyishadi.Gunoh ishlar qilib qo‘ymasin deb.Ilohim Alloh suygan bandalari qatorida bo‘lsn Omin!🤲🤲🤲
🌼Moonlight🌼
Eng avvalo oʻzimizni asraylik,hammamizni Allohni oʻzi qoʻllasin,oʻtganlarni joyi jannatda boʻlsin. Bemorlar esa tezroq shifo topsin,sogʻ insonlar esa aslo kasallik yuqtirib olmasin
Avvalo Alloh rahmatiga olsin. Joylari jannatda bo'lsin, InshaAlloh.

Aytmoqchi bo'lganim shifokorlar haqida ular ba'zida juda e'tiborsizlik mas'uliyatsizlik qilishadi. Masalan "yurak huruji bo'lganida kordiologiyada unaqa qilindi bunaqa qilindi" kabi gaplarga ishonmay qo'ydim. Gap vafot etgan shifokor haqida emas. Nuqul boshqa narsalarni vaj qib ko'rsatayotgan shifokorlarda. Shunaqa ma'lumotlarda o'z xayoli bilan yurgan ba'zi shifokorlarning aybi bilan yurak hurujida tezlik bilan qaralmagani uchun o'ldi deyilmaydi afsus.
Bu gaplarim ishining ustasi bolgan ma'suliyatli tibbiyot xodimlari uchunmas. Hammaga insof bersin, kasallarga shifo bersin, hammaga sabr bersin. InshaAlloh
Farhod
Joylari jannatda boʻlsin ilohim.
Davlatimiz koʻmak bersin oilasiga.
Farhod
Joylari jannatda boʻlsin ilohim. Davlatimiz koʻmak bersin oilasiga.
Davlat? Davlatimiz qiynalib qolyapti karantin tufayli juda katta qarzi bor. Bu qarz korsatgichi oshib boryapti. Ey ko'chani uy qilib olgan bekorchilar iltimos bu balodan qutilish uchun karantin qoidalariga amal qilinglar. Tezroq bu pandemiyadan chiqolsak tezroq davlatimiz ham og'ir ahvoldan chiqib ketardi. Qaniydi bu gaplarni aql bilan kimdir his qilsa, tushunsa... Qaysarlik va o'zboshimchaligimiz Vatanimizni davlatimizni orqaga tortyapti. Eehhh😔
Ü Ľ K Ë Ñ Ď Ü Ň Ý Ë
🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏🙏 Jannatlarga yo'l bo'lsin shuni aytim befarosat odamlar ko'rsin karantinni buzganda ko'zininyoniga kelsin shularni deb shu inson ........
ZAMON. UZ
ALLOH RAHMATIGA OLSIN. KASALLIK AVJIGA CHIQMASLIGI UCHUN, KARANTINNI YUMSHATMASLIK KERAK DEB O'YLAYMAN. SHIFOKORIMIZNI YAQINLARIGA SABR TILAYMAN.
Ilohim Alloh rahmatiga olgan bo‘lsin. Ba'zi bir hamyurtlarimizga ham insof bersin. Shu insonlar shu xalqimizni sog‘lig‘ini o‘ylab o'lib ketayotgan paytda ba'zi birlar ularga fitna qo'zg'ash yoki urib ko‘zini chiqarish bilan band edi. Xalqdan uyalmasangiz ham Xudodan uyaling shunday insonlar. Alloh vafot etgan insonni ham yaqinlariga sabr berisin
Shahid ketibtila. Joylari jannatdan bo'lsin. Oila a'zolariga sabr tilab qolaman. Hammamizni xushyorlikka chorlab qolaman. O'z sog'ligingizga o'zingiz qayg'urishingiz kerak. Karantin qoudalariga amal qiling. Bizni deb kimdir jabr ko'rmasligi kerak
Haqiqiy fidoyi qahramon inson.Joylari jannatda bòlsin.
Bu virus kimdur tomondan atay tarqatilganmi yo qaysidir ahmoqni etiborsizligi sabab bòlganmi bilmadimu lekin òsha kimdur hammasi uchun aybdor
Shifokorlarimizning xizmatlari juda katta.Biz ular bilan faxrlanamiz.O‘tganlarni joylari jannatdan bo‘lsin.
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun...
✿❀✿✿❀✿
Oilalariga hamdardmiz! Joylari janatdan bo'lsin!
Show next 79 comments