Ўқитувчининг баҳо қўйишига аралашган фуқаро ва мансабдор шахслар жавобгарликка тортилади

Бугун бўлиб ўтаётган Сенатнинг бешинчи ялпи мажлисида Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартириш киритишга оид қонун сенаторлар томонидан маъқулланди. Қонунга кўра, ўқитувчиларнинг касбий фаолиятига ноқонуний аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жазо белгиланмоқда.

Янги қонуннинг мазмуни шундаки, ўқитувчининг талабалар билимини баҳолашига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки бошқа ҳолларда унинг ишига тўсқинлик қилганлик учун фуқаролар базавий ҳисоблашнинг 10 бараваригача (2 млн 230 минг сўм), мансабдор шахслар эса 15 бараваригача (3 млн 345 минг сўм) жаримага тортилади.

Бу қонун ўқитувчилардан баҳо талаб қиладиган, уларнинг баҳолаш ишига аралашадиган ёхуд ўқитувчилик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган шахсларга нисбатан қўлланади.


👉 @xushnudbek 👈

404 comments

Show 4 more comments
👏👏👏
Oldin kuzatilgan hollarda ham boladimi
Azizbek
👍👍👍👍
👍👍👍
No...
Uqituvchilar adolatli bulsin va ishini ustasi bulsin hech kim aralashmasa kerak ushanda
Zarina Ismailova
👍🏻 yaxshi qilishibdii
Biz xam sekinlik bn bôlsa xam rivojlanmoqdamiz (albatta bilim borasida)
Jahongir Jalilov
👍👍👍👍👍
Umuman olganda, talabalarning ham oraliq va yakuniy baholariga o'qituvchining rolini kamaytirish va imkon bo'lsa yo qotish kerak. Shunda talaba erkin bo'ladi. Bu haqda petitsiya tayyorlayapman
Yaxshiku boldida bir tomondan lekin 2-tomondan yana narx navo oshadigan bo‘ldida
Hammaga tenglik huquqi ham kerak domla bilan 5 uchun gaplashadigan talabalar ham bor , bu talabalarga ham chora qo‘llanishini so‘rab qolardim
Gülům
Ассалому алайкум.факат укитувчилар,тарбиячилар хакида хам бирон бир хушхабарлар эшитаркинмиза еки булармикан
Nazir
Enni oddiy shu yil maktab bitirgan sifatida o'zim fikrim. Shu yil ingliz tili o'qituvci bilan baho borasida tortishdim. O'qituvchila ingliz tilida o'zgarish juda kop boladi. Mani maslahatim o'qituvcilani ingliz tilida talaffuzini owiriw kk keyin owanda bizaga haqqoniy bahoni qoyadi tortishmasdan. Speaking umman yoqku hozirgi ayrim oqituvcilada lekin oquvcini talaffuzini xato deydi
Charos Olloyorova.
👍
Charos Olloyorova.
👍
E qoyil. Lekin doktorga qo'l ko'tarsa hech narsa qilmaydi. Malades.
Umuman olganda institutlarda baholash tizimini yo'q qilib yuboraverish kerak. Shu paytgacha ham baholashga hech kimni aralashishiga xaqqi yo'q edi. Qiziq Ibn Sinoga ustozi nechi qo'ygan ekana.
No...
Prosta kup uqituvchilar uzini bilimi yetmasligini bilib uzini talabalarga zorlik yuli bilan xurmat qildirishga urinadi.uzini tartiblarini urnatvoladi.talaba bilan uqituvchi orasida masofa qurib olishadi.bu notugti
Show next 100 comments