Ўқитувчининг баҳо қўйишига аралашган фуқаро ва мансабдор шахслар жавобгарликка тортилади

Бугун бўлиб ўтаётган Сенатнинг бешинчи ялпи мажлисида Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартириш киритишга оид қонун сенаторлар томонидан маъқулланди. Қонунга кўра, ўқитувчиларнинг касбий фаолиятига ноқонуний аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жазо белгиланмоқда.

Янги қонуннинг мазмуни шундаки, ўқитувчининг талабалар билимини баҳолашига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки бошқа ҳолларда унинг ишига тўсқинлик қилганлик учун фуқаролар базавий ҳисоблашнинг 10 бараваригача (2 млн 230 минг сўм), мансабдор шахслар эса 15 бараваригача (3 млн 345 минг сўм) жаримага тортилади.

Бу қонун ўқитувчилардан баҳо талаб қиладиган, уларнинг баҳолаш ишига аралашадиган ёхуд ўқитувчилик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган шахсларга нисбатан қўлланади.


👉 @xushnudbek 👈

404 comments

Show 100 more comments
Lekin ba'zi bir masalalar bor, misol uchun 1 sinfda o'qiydigan qizim ingliz tili o'qituvchisi 2-3 baxo qo'yganligi uchun yig'lab uyga keldi. O'qituvchini fikricga qizim ingliz tilini bilmas emish. U hali 1-sinfga chiqqaniga 3 oy bo'lgan edi. Boshlabg'ich sinfdagilar bilim olish uchun maktabga boradi, agar hammanarsani bilganida maktabga ham qo'yib o'tirmas edim. Bunday hollarda qanday yo'l tutiladi? 1 sinf o'quvchilariga 2-3 baho qo'yish nohaqlik, ularga yomon baho qo'yib yig'latgandan yahshi baho qo'yib o'qishga intiltirish kerak deb o'ylayman. Bunaqa holatlarga o'qituvchilar ishiga aralashishga majbur bo'ladi kishi
Mukammal Kosimova
Talabalar esa sessiyada paydo boʻladi va salom beradi
Talabalar har doim bor faqat kukregidan itarip ruhini tushirip qattegi qupol qilip aytgan 2 gayam loyiq bumagan kursdoshlariga taniw biliw qilip 5 quysa alam qiladida.Agar sizga shunaqa munosabatda busa nima qilardiz
Yaxshi oʻqiydigan talab esa nohaqlikka uchramaydi. Talashib boʻlsa ham bahosini oladi. Bilimiz zoʻrligini bilgan oʻqituvchi hecham past ball qoʻymaydi. Balki siz yetarlicha koʻrsatolmagandirsiz
Juda zur bulibdi.. kattani farzandi 4 baxo olsa uyat deb iltimos qilib kelib urtaga quwiladiganlar rosa kupayib ketgandi
bu qonunni chiqarishdan avval o'qituvchilarno atestatsiyadan o'tkazish kerak chunki hamma o'qituvchi ham talab darajasida emas.
Muzaffar
Жуда зўр ббди мана аста секин хамма масалага ечим топилябдику
Mahliyo Davlatova
Unknown Girl
Bu maktabdagi ustozga bog'liq, aql bo'lishni hamma biladi
Toʻgʻri ustozgayam bogʻlik kn etibor bering koʻpchilik sinflaga oʻrtacha sinfda 25 ta bola oʻqisa albatta 10 tasi (taxminan)hamma fandan yaxwi oʻqidi xoʻsh buni sababi nimada.. Hamma fan oʻqituvchilari yomonmasdur.. Boʻladigan bola boshidan malum dganlaridek buyam shunaqa
Mukammal Kosimova
Yaxshi oʻqiydigan talab esa nohaqlikka uchramaydi. Talashib boʻlsa ham bahosini oladi. Bilimiz zoʻrligini bilgan oʻqituvchi hecham past ball qoʻymaydi. Balki siz yetarlicha koʻrsatolmagandirsiz
Iltimos bunaqa koz buyamachilik qimelik.Endi ochiq hamma kurarkan dib hamma narsani yashirishdan foyda yuq buni hamma davlat rahbarlariyam bilishadi boshlaridan utishgan bunaqa nohaqlida.
Men oʻzim qishloqdan borib Toshda oʻqiganman. Adolatsizlikka roʻpara boʻlishga hecham yoʻl qoʻymaganman. Tanishim ham boʻlmagan. Pul oladigan oʻqituvchidan ham bilimim bilan bahomni talab qilganman
Hammelaga bir javob talabalar!,Bu 100% .Yaxshi o'qib qo'yila,hech kim silani hech qatta bilimilani tushirib tashomidi. Nima bo'gan taqdirdayam,miyadagi bilim kere bo'ladi.Isbot talab qilin kere bo'sa,nimaga siz 5 ga jovob berasizi 4 olasiz.Ishonvurin 9yillik tajribamdan keb chiqib etvomman. Hali birontayam domla yo'qki 5 li bolaga 4 qo'ygan! Demak,bilim yetmagan.
Baholash tizimini o'zgartirish kerak. Eskidan qolib ketgan tizim.
No...
Королева
Маошинглар качон яхши булади биласизми укувчилар мактабдаги билими бн укишларга ута олса
Men uqituvchimasman.bulishni ham xohlamayman.prosta bu qatlam jamiyatni urta qatlami bulishi kerak.ushanda ularni obruyi oshadi.maktab uquvchilari ham ushanda uqishga kiradi.uzi aslida yevropa davlatlarining birortasini OTMlariga qabuli haqida qiziqqanmisiz.ularda kirish muammo bulmaydi.uqish muammo buladi.bizda shunaqa kirish muammo uqish mazza buladi.uqish kerak ham emas instda.oldin dunyoga kengroq qarab kuring
Gülům
Ман кейинги келажаклада шу жарима сузи кай Тарика кулланиши ва термини узгаришиниеки абадул абад умр Бокий булиб колармикан жамиятимизда шуни хам билгим келади.айрим холларда Ота оналар хам хак булишади.улар учун кайси карорлар белгиланади
Борми улар учун хам,улар томонга хушхабарли карорлар
Xosiyat Rustamovna
Assalom aleykum meni kechirasizu fikringizga qo' shilmayman o'qituvchilikning o'ziga yarasha mashaqqati bor albatta buni hamma ham tushuna olmaydi hamma ham yillar davomida o'z malakasini oshiradi birinchi yil ishga kelgandan yosh o'qituchilarni qo'llab quvvatlash kerak uni tanlagan kasbidan sovutish emas hozirgi o'quvchilar bizning davrimizdek emas shuning uchun o'qituvchilik ikki hissa qiyinlashgan ayniqsa sinf rahbarlarga 35 bola 35 muammosi,xarakteri bor bu ham yetmagandek xuddi shuncha ota-onalarning injiqliklarini ko'tarishi kerak.
To'g'ri qaror lekin hali qonunchiligimizda o' qituvchilarning mavqeyini oshiradigan qarorlar yetarli emas afsuski.
N/U
Iltimos bunaqa koz buyamachilik qimelik.Endi ochiq hamma kurarkan dib hamma narsani yashirishdan foyda yuq buni hamma davlat rahbarlariyam bilishadi boshlaridan utishgan bunaqa nohaqlida.
Aytmoqchimanki, siz zoʻr boʻlsez hech kim sizi ikkichi qib qoʻyolmidi. Koʻp talabalar oʻqituvchi pul olib baho qoʻyadi degan gapni bohona qilib oʻqishmaydi. Toʻgʻri shunaqalar bor. Lekin hech boʻlamasa, kerakli deb hisoblashgan fanlarini qotirib qoʻyishsin
No...
Королева
Укувчилар мактабда олган билими бн ОТМларга ута олмаяпти мана сизларнинг биринчи минусингиз
Usha kirishdagi imtixon nima kerak uzi.hamma kirsin instga.ichkarida uqishni qattiq olsin.nimaga uzimizni OTMlarga kirolmagan bola xorijni manaman degan OTMlaridan 20-30 talabiga birdan kirolayabdi.chunki chet davlatlarda kirish oson buladi.uqish qiyin buladi.bizdagidek kirish vaqtida suniy tusiq quyilmaydi.
Show next 100 comments