Ўқитувчининг баҳо қўйишига аралашган фуқаро ва мансабдор шахслар жавобгарликка тортилади

Бугун бўлиб ўтаётган Сенатнинг бешинчи ялпи мажлисида Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартириш киритишга оид қонун сенаторлар томонидан маъқулланди. Қонунга кўра, ўқитувчиларнинг касбий фаолиятига ноқонуний аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жазо белгиланмоқда.

Янги қонуннинг мазмуни шундаки, ўқитувчининг талабалар билимини баҳолашига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки бошқа ҳолларда унинг ишига тўсқинлик қилганлик учун фуқаролар базавий ҳисоблашнинг 10 бараваригача (2 млн 230 минг сўм), мансабдор шахслар эса 15 бараваригача (3 млн 345 минг сўм) жаримага тортилади.

Бу қонун ўқитувчилардан баҳо талаб қиладиган, уларнинг баҳолаш ишига аралашадиган ёхуд ўқитувчилик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган шахсларга нисбатан қўлланади.


👉 @xushnudbek 👈

404 comments

Show 100 more comments
Tarbiya oiladan boshlanadi.
No...
Mukammal Kosimova
Aytmoqchimanki, siz zoʻr boʻlsez hech kim sizi ikkichi qib qoʻyolmidi. Koʻp talabalar oʻqituvchi pul olib baho qoʻyadi degan gapni bohona qilib oʻqishmaydi. Toʻgʻri shunaqalar bor. Lekin hech boʻlamasa, kerakli deb hisoblashgan fanlarini qotirib qoʻyishsin
Bu un jamiyayda bilimni ahamiyati bulishi kerak.urush vaqtida qahramonlar nimaga yaratiladi.jangchilarni ruhiyatini kutarish uchun yaratiladi.tarixchilar buni yaxshi bilishadi.huddi shunday hozirgi yoshlarda uqishga qiziqish bulishi uchun ham zamona qahramonlari kerak.yoshlarni uygotish kerak.bu uchun esa haqqoniy qahramonlar kerak.soxta qanaqadir ittifoq vakillariga uxshagan paxtavozlar emas.haqiqiy bilim bilan natijaga erisholgan qahramonlar.suzini aytoladigan qahramonlar kerak.bu yoshlarni oldidagi byurokratik tusiqlarni maximum darajada kamaytirish kerak.qanaqadir ittifoqlarga sarflamayotgan haqiqiy munosiblarga berish kerak
Qaysi kasb egasi boʻlsa ham bilimi zoʻr boʻlsa hayotda oʻz oʻrnini topvoladi. Asosiysi bilim olish deb qarash kerak, talabalar. Mustaqil taʼlimni umuman tushunishmaydi bizda. Hamma bilimni oʻqituvchi berishi kerak deb hisoblashadi. Buni iloji yoʻq. Koʻp kitob oʻqilsa oʻqituvchi bilan bemalol sporlashish mumkin. Shunda adolatsizlik boʻlmaydi.
Королева
SS
Maosh omasdan ishlab ko'rinchi
Гап маош олиш олмасликда эмас ишга яраша маош олишда кетяпти
Jo'lanova Shahnoza
Zòr bopti, albatta bu ham qoģozlarda qop ketmasligiga ishonamiz
Яхщи бўбти
Assalamu aleykum , va nihoyat biz kutgan kunlar kelmoqda shu kunlarga yetkazganiga shukur.
Gülům
Масалан Ман таклиф киритаман хох у мактабдами,хох олийгтохдами фарзанларимиз учун куратор ешини белгилаш киритилсин.еши улугролар куратор булсин.устоз колиб шогирдлар акиллилик килиб кетишади.кеча битириб келгани куратор килиш тугримасдир ман шундей диб уйлиман
No...
Королева
Обруйи ошиши учун олдин ишни койиллатиш ккми ё гап маошдами дунёга карагунча ён атрофизга каранг аввал
Bozor qonunlari bu: avval Iqtisod keyin siyosat.siz maoshsiz ishlarmidiz.farzandlarizga berishga noniz yuq bulsa ishlarmidiz.olgan maosh yetmagach uqituvchi nima qiladi.boshqa ish ham qiladi.natijada tayyorgarlik kurmay boradi darsga.qarabsizki buyogi uz uzidan sodir bulaveradi
Etihad
Assalomu Alekum hammaga yurdoshlar Yaxshi qarorni Hurmatli Senatorlarimiz o'ylashibdi hamma yaxshilab e'tibor bersa hozirgi kunda yosh o'smirlarning tarbiyasi anchagina buzilgan Ijtimoiy tarmoqda instagramlarga ahamiyat bersilar qoshtirnoq ichidagi Ota onani puliga joylab qoygan ishiga osmonlarda yuradigan bolalar kop Nega bizni yoshligimizda ustozlardan qorqaridik hurmat yuzasidan qorqar edik baho soramas edik oqiridik kim sherni toliq yodlashga kim matematikadan vazifani toliq bajarishga qarab baho qoyishardi mana man Universitetda oqirdim ham Oquv Markazda dars berib abiturentlani tayyorlardim manga kelgan bolalar bittasi ham maktabda oqimagan ota onasini majburiyati bilan kelardi va men ozim tarbiyalab chiqarganman student bolgunicha hozir kelib rahmat aytishadi,Oliy ta'limga kelsak men hoh ijobiy hoh salbiy fikr bildirolmayman chunki bola oqimasa darsda telefonda otirsa oqituvchi usha uchun ketgazgan vaqtining izlanib topib kelgan yangilikning badalini kim tolaydi usha oqimagan omi talaba tolaydi u talaba oqishi uchun esa maktabda yaxshi dars berilmidi hozirgi kunga kelib 50/50 bolgan chunki oqituvchila pul uchun vaqt otkizadide ushanchun yaxshi ustoz maktabda emas
N.R.Raxmataliyevna
Assalomu alaykum qadrli yurtdoshlar men shu sinovli karantin davrida koplab ota onalardan oqituvchilar ortidan koplab yaxshi gaplar eshitdim.Biz ota onalar 2ta farzandimizga arang chidayapmiz lekin oqituvchilarga raxmat 40ta bolani eplab kelgan ollox tez bu sjnovli kunlardan otib olsak edi bolalarini ustozlariga topshirardik deyishganini eshitib kozimga yosh keldi
Сенатнинг энг одилона қарорларидан бири.
Unknown Girl
Ko‘rinib turibdi.
Silaga bir gap qoyillatib oqib qoyila. Manam yaxshi oqib,talaba bo'ganman.Bilaman hammasini.
Show next 100 comments