Ўқитувчининг баҳо қўйишига аралашган фуқаро ва мансабдор шахслар жавобгарликка тортилади

Бугун бўлиб ўтаётган Сенатнинг бешинчи ялпи мажлисида Маъмурий жавобгарлик тўғрисидаги кодексга ўзгартириш киритишга оид қонун сенаторлар томонидан маъқулланди. Қонунга кўра, ўқитувчиларнинг касбий фаолиятига ноқонуний аралашиш ёки унинг хизмат вазифаларини бажаришига тўсқинлик қилиш учун жазо белгиланмоқда.

Янги қонуннинг мазмуни шундаки, ўқитувчининг талабалар билимини баҳолашига қонунга хилоф равишда аралашиш ёки бошқа ҳолларда унинг ишига тўсқинлик қилганлик учун фуқаролар базавий ҳисоблашнинг 10 бараваригача (2 млн 230 минг сўм), мансабдор шахслар эса 15 бараваригача (3 млн 345 минг сўм) жаримага тортилади.

Бу қонун ўқитувчилардан баҳо талаб қиладиган, уларнинг баҳолаш ишига аралашадиган ёхуд ўқитувчилик фаолиятини амалга оширишга тўсқинлик қиладиган шахсларга нисбатан қўлланади.


👉 @xushnudbek 👈

404 comments

Show 100 more comments
No...
Королева
Олий маълумотлиман давлат ташкилотида ишлайман фарзандларимни дарсларини назорат киламан мактабларда куп текширувларда булганман укитувчилар ишини бундан ортик бахолай олмайман
Usha ishda necha pul oylik olasiz.uzizni bir kun usha uqituvchini urniga quyib kurolasizmi.hech zamonda 500000 ham oylik berishadimi.bu nima itga suyak tashlashmi.uziz uylab kuringchi uqituvchini oilasi bola chaqasi yuqmi.u issiq jon emasmi.uni issigi chiqmaydimi.uqituvchi yaxshi dars berishi uchun xotirjam uzini ustida ishlay olishi kerakmasmi.bu un uni sharoiti yaxshi bulishi kerak.ikki Koreys davlatlarini taqqoslab kuring.Shimoliy koreyada maosh kam.hozirgi eng qoloq davlatlardan biri.Janubiy Koreyada esa utgan asrni 90-yillarida har bir uqituvchiga maoshidan tashqari qushimcha 200-300$ dollardan pul berilgan.hozir dunyoning rivojlangan 20 ta davlatidan biri.hamma soha ham shunday.talim ham tibbiyot ham.huquq sohasi ham
Shunda O'qituvchilar stavkalarini yanayam oshirvormaydimi? Endi hech qanaqa tankangam o'tmaydi deb. O'qituvchini shaffof baxolashiga kim javobgar.
Hamma o'zini ustasi bo'lishini tilab qolardim!Tushunmagan talabalaga etardimki,o'qiyla,izlanila va kopro hurmatini joyiga qo'yila ustozlani.
Unknown Girl
Sizga ikkita gap ko‘p, bitta gap kam ekan
Savolizga jovob berib boldiz!Muomila madaniyatimidi?🌞
Unknown Girl
Menam ustozman.Hurmatga loyiq ustozlar talab qilishmasalar ham doim hurmatda bo‘ladi
Deputatla nima degandi.5 ta bolaga yetarmidi 2 mln.
Hamma oʻz obroʻsi uchun kurashsin shuning uchun. Oʻqituvchi oʻziga talaba oʻziga javob bersin. Oʻsha gap bilimli oʻrnini topadi bir kun. Muhimi umidsizlikka tushmaslik. (Bu talabaga ham, oʻqituvchi ham tegishli).
Boshqa oʻqitivchi obroʻsini bitta oʻqituvchi koʻtarib berolmodi. Umumiy xulosa chiqarish oson. Natija boʻlishi uchun individual natijalarni koʻtarishimiz kerakmikan.
Unknown Girl
Menam ustozman.Hurmatga loyiq ustozlar talab qilishmasalar ham doim hurmatda bo‘ladi
To'ri gapiz.Faqat muomila madaniyati degan gapizga qo'shilmadim.Mansab tegib qolsa bormi deganizgayam.Allohga shukur hammasidan bor.
Maktabga tekshirgani kelishsa, o‘qituvchining hujjat yuritganligi va uning bilmi birinchi navbatda tekshiriladi. Lekin o‘qituvchimas o‘quvchi ko‘proq tekshirilsa, o‘qituvchining qanday bilim berganligi ko‘rinmaydimi. O‘qituvchilarga o‘zlarining bilmi uchun emas o‘quvchilarga qanchalik bilim berayotganligini inobatga olib maosh oshirilishi yoki ushlab qolinishi adolatdan emasmi
No...
SS
Hamma o'zini ustasi bo'lishini tilab qolardim!Tushunmagan talabalaga etardimki,o'qiyla,izlanila va kopro hurmatini joyiga qo'yila ustozlani.
Men ham talabaman.sizni fikrlariz kak xavoyilikdan boshqa narsa emas.bunaqa pand nasixatlardan usha birinchi sinfimizdan boshlab odobnoma darsliklaridan qulogimizga quyishgan.zerikdim bunaqa puch fikrlardan.
Huddi biz talaba boʻlmaganmiz
Show next 100 comments