Авторақамлар онлайн аукционида 30 Z 777 ZZ рақамининг нархи 500 млн сўмдан ошди.

Ҳали бу пулга 25 млн сўм воситачилик йиғими ҳам қўшиб тўланади.

Аукцион эса давом этмоқда. Кўрамиз, қанчага сотиларкин бу рақам. Сизнингча, қанчага сотилади?

Эслатиб ўтаман, ўтган йили онлайн аукционда жами 262,6 миллиард сўмлик чиройли авторақамлар сотилган.


👉 @xushnudbek 👈

474 comments

Show 100 more comments
Muhammad
1mlndan 500 kiwiga kam taminlanganlarga muhtojlarga bulib berilsa 2 dunyo savobini oladi☝️☝️
Bu hali sotuvga qoyilmagan payti
Ahmoqlikning darajasiga bog'liq qancha narxga ko'tarilishi... Shaxsan shu pul bilan 87 ta nochor talabaning bir yillik to'lov shartnomasini yopsa bo'lar ekan...
Расулжон Каримов
Пудинг булса халтада,дам оласан Ялтада
Avazbek
Шу пулларни билимга шлатганда эди.......🤦🤦🤦🤦🤦🤦 Эх у́збек у́збек.
Lutfillo
Baxtiyor Sattarov
Шахарда миниб юрибди бу рақамли мошина
Энди бойвачча мақтаниб қуйган иложи йуқ қанчага бўлсаям сотиб олишга харакат қилади. Сунъий нархни кимдир ошириб турса бойвачча еб қуйгани шу.... бу кунингдан баттар бўл дейдиган одам керак....
Ақниет
Balkim u odam hayriya qilgandir ,mensenatham bolib kontraktlarga ham yordam bergandir ,va shundan keyin nomer sotip olyatgan bolishi mumkunku axir !
Oooo Mana aqillilar xam bor ekan u shuni aytdim men xam xammasini qoyil qib quyib olayotgandir 1000ta talabani 10mlndan kontragini tulab quyib qoyillatmagan bulsa xam hayriya qilib keyin qilayotgandir hamma mehnat qilib topadi hech kimga uz uzidan boyimaydi faqat mehnati halol harom bulishi mumkin bu yerga kirvolib 1mln oylik nimaga yetadi deb utirmaslik kerak oylik maosh kelajakdagi orzularingiz ushalmasligi uchun poradir deb bekorga aytmagan
Moshindan 2 barabar qimmat bo'lib ketadimi deyman
Muzaffar
998 mln ga chiqadi
omadini bersin Allohga qaysidur amali yoqganki shunaqa mol dunyoga tola odamakan hammamizga nasib qisin lekin puli bunchalik darajada isrof qilish yaxshimas sovol jovobiyam bor
Auksion tugadiku
Пешона терига топилган пулга бундай номер олиб бўлмайди
Олаверсин. Пули пўпанак бўлиб чириб кетмасин.
Saminjonov Jiydali MFY
Bu nomer oldin x7da turarmidi Yoki u rasm feykmidi?
Odamlagayam xayronsan shuncha pulin borakan beva vechoralarga exson qivor bu nomer nimani xam o'zgartirardi.
Uji relsdan chiqdi hammasi...(
"Raqamlar bir kuni jam bo'ldi" degan qabilidagi ish bo'lyapti nima bo'lsa ham insofni hammaning o'ziga bersin .
Show next 100 comments