❓Магистратурада ўқиётган хотин-қизларнинг контрактлари тўлаб бериладими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, шундай. Бу ҳақда илк марта 8 мартдаги байрам тадбирида Шавкат Мирзиёев эълон қилган эди. Унга кўра, келгуси ўқув йилидан бошлаб магистратурада ўқиётган барча қизларнинг контракт пуллари тўлиқ бюджетдан қоплаб берилади ва бунинг учун ҳар йили 200 миллиард сўм маблағ йўналтирилади.

Шунингдек, кеча эълон қилинган қарор лойиҳасида ҳам бу бўйича банд бор. Унга кўра, магистратура босқичининг 2-босқичига ўтган талаба-қизларнинг 2-босқичи учун, жорий йилда магистр бўладиган қизларнинг эса тўлиқ ўқиш муддати учун контракт тўловлари Давлат бюджетидан қоплаб борилади.


👉 @xushnudbek 👈

147 comments

Show 22 more comments
Шодия
👍👍👍
Hushnudbek aka talabalar ham o'qishga topshirsa bo'ladimi , va qay tarzda bo'ladi shu haqida ham ma'lumot bervoring ,
Rahmat katta
Mamajonova_Salimaxon
Ordinaturada oqiyotganlarga ham kiradimi bu qaror
Mamajonova_Salimaxon
Bilganlar yozvorilar
Ôģil bollarga ham õqish buyicha yengillik kiritilsa yaxshi bular edi
Malika Kozimjonovna
Magistraturaga qabul kvotalari Soni chiqdimi?
Камолиддин
Ordinaturadagilarniyam qöshmabdida shu loyixaga
Axmedova Sevara
Hozir 2- kursda öqiyotgan magistraturadagi qizlarga ham tölanadimi
Йуқ тушунарли қилиб ёзилганку, шу кунгача туламан бўлсангиз қайтариб беради 😂
Qunduzoy
Ёш фарзанди бор талаба қизларга масофавий ўқишга шароит яратилиб берилади дейилганди, бу қанчалик институтларда амал қилиняпти. Шу масалагаям ойдинлик киритинг, чунки бизни Институтда амал қилмаяпти.
✧♡ 𝓙𝓐𝓢𝓤𝓡𝓑𝓔𝓚 𝓜𝓐𝓜𝓐𝓡𝓐𝓗𝓘𝓜𝓞𝓥 ♡✧
Ôģil bollarga ham õqish buyicha yengillik kiritilsa yaxshi bular edi
Yigitlarda bor ediku armiyaga borsa yana shunaqa faqat ular bundan foydalansa boldi, ham ogil bollar ishlab tolay oladi ayol kishi esa magistratura payti oilasi yoki turmush ortogini qoliga qarab qolgan payt boladi shunga qiyin ularga
ЖАМШИД МАМАНОВ
Hushnudbek aka talabalar ham o'qishga topshirsa bo'ladimi , va qay tarzda bo'ladi shu haqida ham ma'lumot bervoring , Rahmat katta
Kerakli savol iltimos sizdan javob kutamiz. Shu bo‘yicha qanaqadir oliy ta'limni qarorlari bo‘lsa kanalizga joylasangiz.
Bu haqida instutlarga xat ko'rinishida yuboriladimi
Tibbiyot sohasi bo'yicha o'qiydigan qizlar uchun ham bu amal qilinadimi ordinatoriya bo'yicha o'qiydiganlarga deb so'ramoqchiman.javob uchun oldindan rahmat
Tibbiyot talablarigachi ya'ni uch yillik magistratura o'qiyotganlarga ham Amal qiladimi?
Sitorabanu
xalqaro universitetning magistraturasi ham ayollar uchun to’lab beriladimi?
Assalomu aleykum. IELTS certificate bo’lmasa magistraturaga qabul qilinmaydimi qizlar
😘🌹 DILNOZAXON - My princess 😘🌹
Assalomu aleykum Xushnud bek aka magstirga hujjat topshirish haqida toʻliqroq maʼlumot bersaiz.sertifikat soʻraydi deyishyapdi qanday olamiz sertifikatni shu maʼlumotlar haqida ham toʻliqroq tushincha bering iltimos
Show next 100 comments