❓Магистратурада ўқиётган хотин-қизларнинг контрактлари тўлаб бериладими?

✅ ЖАВОБ:
Ҳа, шундай. Бу ҳақда илк марта 8 мартдаги байрам тадбирида Шавкат Мирзиёев эълон қилган эди. Унга кўра, келгуси ўқув йилидан бошлаб магистратурада ўқиётган барча қизларнинг контракт пуллари тўлиқ бюджетдан қоплаб берилади ва бунинг учун ҳар йили 200 миллиард сўм маблағ йўналтирилади.

Шунингдек, кеча эълон қилинган қарор лойиҳасида ҳам бу бўйича банд бор. Унга кўра, магистратура босқичининг 2-босқичига ўтган талаба-қизларнинг 2-босқичи учун, жорий йилда магистр бўладиган қизларнинг эса тўлиқ ўқиш муддати учун контракт тўловлари Давлат бюджетидан қоплаб борилади.


👉 @xushnudbek 👈

147 comments

Show 100 more comments
ULUGʻBEK
Bemalol bizda fikr erkinligi-ku😊 Xoʻp fikriz toʻgʻri, Ingliz tili jahon tili hisoblanadi.Dunyoga chiqish uchun nafaqat taʼlim balki oddiy sayohatga chiqsangiz ham kerak boʻladi.Lekin magistraturaga sertifikatsiz hujjat ham topshira olmaydigan qilish,davlat siyosati darajasigacha koʻtarish,qonun bilan mustahkamlash shartmi shunchalik?
Ajoyib xulosa, shu fikrga qo'shilaman.
Sir emaski barchamizga, bakalavriat mobaynida kimdir xorijiy tilni yaxshi o'rganadi ammo mutaxasisslikni kuchli o'rganmaydi, bundan ham achinarlisi mutaxasisslikni o'rganishni ham unchalik xohlashmaydi, afsuski bu xaqiqat!
Shuning uchun bu dasturga o'zgartirish kiritilishi kerak Deb o'ylayman.
Sardor Amonov
Maktabda 11 yil, yana 4 yil jami 15 kammi? Maktabgachasini hisobga olmasa. 15 yilda organadigani allaqachon organardi. Ingliz tili bilan integraciya qilish osonroq boladi. Xalqaro talim standartiga otish osonroq boladi. Chetdan professorlarni olib kelib bemalol dars bersa boladi ingliz tilida talabalar ham sozlasha oladigan bolsa. Student exchange ha hokazo. Xullas korrupciya ham yoqoladi deb oylayman. Ozbek domlalari bilan korrupciyan yoqotish qiyin
Chetdan domla olib kelib o‘qitgani bilan talaba ham shunga tayyor bo‘lishi kerak
Ismini to‘g‘ri yozib bilmaydigan talabaga qayerdan o‘qtuvchi kelib o‘qitsa ham foydasi yo‘q.
Chetdan kelib o‘qitsa talaba na chet tilini biladi na o‘z fanini ikkisi ham chala qoladi.
Lekin hozirga 1 sinfdan chet tili o‘qiyotgan maktab opquvchilari o‘qishga kirsa ularda chet tili bo‘yicha fundament bor
Sardor Amonov
Man ozbekchani organishga 15 yil degan manoda yozudim. Hammasi ham korrupciyaga botmagan lekin kop. pul olmasa pul beradi yoki tanish bilishlik qiladi, ozbekchilik qiladi xullas sanasa kop.
Ha tushunarlik! To'g'ri.
Men har qanday turdagi korrupsiyani yo'qotish ham gullatish ham o'z qo'limizda Deb o'ylayman.
Sotqin, kazyol...bo'lishdan qo'rqamizni va ba'zan ko'z yumamiz bila turib. Biz bobokalonlarimizga o'xshab ketyapmiz. 100 yillarcha oldin ular ham xozir biz qilayotgan ishlarni qilishgan natijada 70 yilcha qaramlikda yashashdi.
Najot ta'limda.
Ta'lim bizni qutqaradi.
Assalomu alaykum.man magistraturani 2-kursida o'qiyman .kontrakt tulovini tulab beriladimi .
Assalom aleykum.Faqat 2022-2023 uchunmi 2023 - 2024 ga amal qilmaydimi undan keyingi o'quv yillariga amal qilmaydimi bu qaror
Asslomu aleykum Xushnudbek aka bu yil institutlarda òqiyotgan talabalar o'qishga yana Abiturentlar safida hujjat topshirsa bo'ladimi
Assalomu alaykum bu degani endi bundan bu yog'iga barcha qizlar grant asosida òqiydimi
ULUGʻBEK
DILSUZ DILSHODOVA
Assalomu alaykum.man magistraturani 2-kursida o'qiyman .kontrakt tulovini tulab beriladimi .
2022-23 oʻquv yilidan boshlab xotin qizlar MAGISTRATURA uchun kontrakt toʻlamaydi nechinchi kurs boʻlishidan qatʼiy nazar.
Magistratura talabalari uchun imtiyoz berilgani juda yaxshi lekin ko‘p yillik o‘rtamaxsus ustozlar uchun ham kirish imtihonlarida imtiyozlar berilsa juda yaxshi bo‘lardi
ULUGʻBEK
Hamda man sertifikatga qarshi emasman.Magistraturaga kirish uchun sertifikatsiz hujjat ham topshira olmaslik degan joyiga qarshiman
Dr. Urazova Shaxlo Bazarbayevna
Stipendiya nima bòladi? Kontraktimizni tòlashsa stipendiya xam olamizmi? Xushnud aka shu haqida xam ma'lumot bering
Faqat qizlarmi? Turmushga chiqqanlar bundan mustasnomi? Aniqroq ma'lumot beringsizlar iltimos
Jumayeva Mehrinoz
Assalomu aleykum magistratura uchun faqat mutaxasislik fani imtihoni bor tomommi aylts ham qo'shilgani rostmi shu yil ingliz tili darajasi kerakmi
Xushnudbek aka assalomu alaykum bu yerda bitta masala yechilmayapti turmushga chiqqan qizlar magistraturaga kirsa ham uni davlat tolab beradimi shu masalani aniqlashtirib bersaiz iltimos
Muratova Aydin
Salom hammaga men NDPIni tarix fakuletini bitrdim huquq fanidan magestraturaga topshirmoqchiman 2013 yil bitrdim qanday imtyozlar bor bu yil testka krish buyicha kim bladi
Assalam aleykum
Hurmatli Xushnudbek
Bu gaplar barchasi yaxshi lekin degan savol so'roq ostida qolyapti.
Magistraturaga B2 sertifikati Borlarni olishsa talab darajasida bo'ladimi.
Misol uchun ko'pchilikda yo'q b2.
B2 sertifikati yo'qlarni umuman olmasa
Unda magistraturaga ko'pchilik o'qimaydi.
Ho'p shu qonun chiqarildi deylik Kim Amal qiladi.
JAVOBNI SIZDAN KUTIB QOLAMAN.
Show next 16 comments