Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
U qaror 2-yarim yillikdan amalga osharkan.
Nimaga kunduzgaga chegirma bor sirqilarga chegirma yuq deb chiqdi. Nima sirtqilarni eshik qisib qolganmidi. Shunaqa qilib elon qilishlariga xech tushunmayman uzlari xamma talabalar dedi sirtqi va kechkilar talaba emasmi deb yurgandim.
Assalomu aleykum magistratura oqib turib asosiy shtatda ishlasa boladimi? Magistr Ikkinchi kurs bitiruvchi bolsachi institutda dars bera oladimi?
Eee qoyil bulaga 1kurslaga bermayapti TATUga vaksina olsa ham
🚁✈🚐🎁🙏💖
Bular yalintirib qoyish ni xush korishadi
Chet el universitetlarining filiallari uchun ham shu qonun bajariladimi
assalomu alaykum hammaga
1-noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlanganlik sertikatini olgan talabalarga shu yilning 1-noyabr sanasigacha kontrakt summasini qancha miqdorini to'lagan bo'lsa o'shanga chegirma qilib beradimi yoki umumiy 1yillik kontrakt summasigami?
Shuni aniqlashtirib beringlar!!!
Клиник ординатура учун хам борми чегирма.
Shu magistlar ishlashiga taqiq yoqligi haqidayam oydinlik kiritib bersansgiz kopchilikning ishini yengil qilgan bolardiz
POKIZABONU
Sirtqi ta'limda òqidiganlarga kontrakt tòlovida vaksina uchun 10% chegirma taluqli emasmi
assalomu alaykum hammaga
1-noyabrga qadar koronavirusga qarshi emlanganlik sertikatini olgan talabalarga shu yilning 1-noyabr sanasigacha kontrakt summasini qancha miqdorini to'lagan bo'lsa o'shanga chegirma qilib beradimi yoki umumiy 1yillik kontrakt summasigami?
Shuni aniqlashtirib beringlar!!!
Мехри
KrAsAvChiK
Menimcha 4 boʻlib toʻlaysiz
Шу аник маьлумот керакда)
Ассалому алейкум саволим шуки,
Супер контрактни неча булиб тулашимиз мумкин?
Яьни,мисол килиб айтсак контракт 46млн сум булса,бошлангич туловни амалга оширишда бирданига 23млн тулашимиз керакми ёки декабргача 23млнни булиб булип тулашимиз мумкинм menda xam shu savol
Assalomu aleykum. Ta'lim krediti olish uchun oila a'zosining ish haqqi so'ralar ekan. Yillik daromad 15mln ekan. Shuni "kam yetmaydi, yillik daromad ko'proq bo'lish kerak" deyapdi. Undan ko'proq bo'lsa o'zimiz ham to'lab qo'yolamizku. O'zi ta'lim kreditini nimaga oladi. Shu haqida ham bilib bersangiz, iltimos.
Assalomu alaykum Xushnudbek aka. Men Termiz Davlat Universitetida o'qiyman. Bizning kontraktimiz 14million stipendiyasiz. Men vaksinaning 2-bosqichini ham oldim. 3-bosqichini ham olganimdan keyin, mening kontraktimning 10%ini to'lab berishadimi? Kontraktimning 10% i 1million 400ming so'm bo'lar ekan. Lekin mening eshitishim bo'yicha, eng kam kontraktning 10%i masalan: 6 million 600ming so'm deylik, shuning 10%i 660ming so'm. Shundan kelib chiqqan holda, barcha talabalarga, 660ming so'm to'lab berilar ekan, shu qanchalik to'g'ri ekanligini, haqiqatan ham shundaymi? shu haqida ma'lumot bersangiz. Javobingiz uchun oldindan raxmat.
🚁✈🚐🎁🙏💖
+++++
50фоизини тулагунча деб срок куйши керак эди
Shu qarorni chozish kk bir oy nima u .axmoqlar .qaror kuchga kirguncha oldindan bir oy avval aytgin deymanda
Raxmatullo
Men Buxgalteriyada o'qiyman kontrakt summa 9,129,930 bu yilgi shunga 10%chegirma qilib beradimi yoki 1-noyabrgacha qancha kontrakt to'lasam shungami?
Bilmadim. Men stip.yali tòliyman. 12 mln bòldi adashmasam hisoblaganim. Lekin 12 mln.ga ham 641 000 sum chegirma. Endi bu men aytayotgan summa chegirma bn hisoblanayabdi.
Show next 100 comments