Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Техникум талабаларига хам 10% чегирма киладими
Toʻxtayev Abdurauf
Xushnudbek elektronni ariza va sertifikatni qabul qilish va joylash platformami yo guruhmi tashkil qilish boʻyicha vazirlikka chiqing qoʻlizdan keladi.oldindan raxmat!
🚁✈🚐🎁🙏💖
Srok qoyishni ozi xato ayniqsa bir oy deb srok qoygan xumkallalar.bu yangi ozbekstonga uxshamayabdi hecham hammasi eskicha tuzum majburlik srok qoyish yana allambalo
Hoz menam shu haqida coment qoldrudim: Masalan men endi olmoqchedim 1-gacha ulgirmesan deyishdi, men covet boʻlib tuzalganman menda qarshi immunetet bor hozircha, men yangi yildan kiyin olmoqchiman, 1 oyda uch bosqichli vaksinani olib oʻzimni hafga qoʻyishni istamayman usha 10% ni deb, qarorni sholilib chiqarishdi, yangi yil gacha muddat qoʻyish kerak, superdagilarga 10% kotta pul 1 oyda olaman deb ular ham hayotini havfka qoʻyadi endi
Bazan yurtimizda qonunga amal qilish holatlarini korib rostan ham yuragim achishadi. Chunonchi agar fuqarolar qanaqadir holatlarda jarimaga tortilgan bolsa qanday bolmasin kerak bolsa uyini buzib bolsa ham davlat undirib oladi (manimcha bu insoniylil prinseplariga togri keladigan adolat bolsa kerak bunga hech qanday qarshiligim yoq ) . Lekin 1000 afsuski boshqa hollarda esa bazi mutasaddilar yoki tashkilotlar qonunlarni ham prezidint farmonlarini ham 1 tiyinga olishmaydi. Bunga ham konikib qoldik. YANGI OZBEKISTONDA YANGICHA ADOLAT TUZIMI BOLSA AJAB EMAS. MASALAN ODDIYGINA ICHKI PERVOD MASALASIDAN VAZIRLIK TARAFIDAN QABUL QILINGAN BOLSAM HAM SAMDU QABUL BOLIMI JOY YOQ DEB QAYTARVORISHSA. SHUNDAY KATTA UNVERSITUTDA DUNYONING TOP 1000TALIK ROYXATGA KIRITILGAN UNVERSITUTIDA 10TA BORINGKI 30TA TALABAGA JOY TOPILMASA SHARMANDALIK HOLATKU. TOGRI BU YOZGANLARIMNI HECH KIM O'QIMAYDI HAM E'TIBORGAN HAM OLISHMASLIGINI BILSAM HAM BARIBIR YOZDIM. CHUNKI BIZDEK ODDIY XALQNI KIM HAM ESHITARDI. 😔😔😔😔😔
YASHASIN O'ZBEKISTON 🤲🤲🥰🥰💪💪
SHAHZODBEK
Xushnud aka bn qanne boglansa buladi
Togri vaksinaga srok qoyish va uni majburiy qilish notogri
СИРКИ 5 ЙИЛЛИКГА ХАМ КАРОР ЧИККАНУ ЛЕКИН НИЗОМИЙ НОМИДАГИ ТОШКЕНТ ДАВЛАТ ПЕДАГОГИКА УНИВЕРСИТЕТИГА ХАМ ТАЬСИР КИМАЯПТИ ХАММА БИЛМЕДИМИШ МАРКЕТИНГА БОРСА ТАЛАБА БИЗДА БУ КАРОР ЙУК МИШ ДЕКАНГА ЭСА БУ КАРОРНИ БИРИНЧИ МАРТА ЭШТГЯПТИМИШ ДЕГАН ГАПЛАР БУЛЯПТИ
Assalomu alaykum Xushnudbek aka.
Vaktsina haqida turli mish-mishlar va safsatalar debsiz?
1. Asosingiz bormi? (Oʻsha ma'lumotlar xato ekanligiga)
2. Vaktsina oʻzi nima? Nega ishlab chiqariladi?
3. Vaktsina zoʻr vosita boʻlsa, nega unda dunyo boʻyicha 1 ta (yagona) vaktsina yoʻq?
4. Bizning sogʻligimiz kimga kerak? Davlatgami? Yoʻq, men bunga ishonmayman.
SHAHZODBEK
KrAsAvChiK
Nima gapez bor
Uqish haqidan
Bizda bunday muammolar endi birinchisi emasku,aytdim,qayrdimda
Ushbu tartib tölov kantrak miqdorini bir marotaba 100% lik tòlov qilganda amal qiladimi
50%idan bòlib tölamoqchi bòlsak 10%chegirma bòlmas emish
Assalawma aleykum Xushnid aka menda bitta savol bor edi Yuqoridagi kabi yaqshi qarorlardan biri qabul qilingandi yani agar talaba oqish davrida farzandli bo'lsa bir martalik pul mablag'i berilishi kerak edi. Bu qarorni ijrosi haqida malumot bera olasizmi? Nega davlat tomonidan fuqarolarga beriladigan pullar keshiksa chora ko'rilmaydi. Aksinsha bolsa penya hisoblab ishni sudga oshirib yuborishadi
Show next 100 comments