Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
ㅤㅤㅤㅤㅤ
Сиддиқбек Мамадиёров
Ha
Bizda bu haqda hali qaror chiqqani yoq deyapdikan birinchi kurslargaaa
Салом хаммага.Фарзандим бу йил тулов контракт асосида укишга кирди. 9 ноябрда ваксинани 3- сини олиши керак. 10%лик чегирма бериладими
Men 3 marotaba vaksina olganman lekin kuni kecha mahalla markazida bir guruh IIB xodimlari toʻxtatib niqob taqib yurmaganim uchun jarimaga tortishdi shu qonuniymi
Turdiyeva Muhabbat
Essiz shunday mutassadilar ham bor
Arxivarius
Afsus, men sozimni Yuridik Texnikumda sirtqi ta'limda o'qiyman. Vaksina olganman, bizga ham chegirma bormi deb boshlamoqchiydim. Yuqoridagi Qashqadaryolik talabaning sozlaridan keyin, indamaslikka qaror qildim
Assalomu aleykum.

Bizni universitetda ham , hali to'liq qaror chiqmadi bilmaymiz deyishdi dekanatdan. 1-oktyabrgacha majburiy 50% to'lashila kere deb, vaksina olgan talabalarga chegirma qilshmadi.


O'zi qachon Uzbda qoğozda bori to'liq amalga oshiriladi😅😅
Turdiyeva Muhabbat
Bechora student sarson
Feruza Shokirovna
Men ham GulDU talabasiman,bizda ham vaksina masalasi muammoligicha turibdi.Sertifikatni marketingga olib borsak,dekanatga deyishadi,dekanatdan marketingga,yana oldin kontakrni to'lab keling,keyin hal qilamiz deyishadi
Ularni ham tushunsa bo‘ladi tv ko‘rishmasa kerak yangiliklarda ham bong urib yotibdiku ular band odamlarda 😂😂😂
Ey san, Xushnud deganlari, o'zingcha saroylashgan bloger bo'livolib karillashni bilasan. O'zingcha talabalarga, abituriyentlarga farishta bo'lib ko'rinishni xohlaysan. Aslida sanam qip-qizil o'g'risan
Assalomu aleykum Xushnudbek aka GulDu da ham 10 foizli chegirma berishmayabdi. Aytishlaricha kyngi smestrda hisoblasharmish. Men ta'lim kredit olmoqchiligim va bir yillikni birdan to‘lamoqchiligimni aytganimda unda keyingi yil 10 foiz ayiramiz deyishyabdi😂 Sizga murojaatimdan maqsad vazyatni bu ahvolda ekanligini yuqori tashkilotlarga yetkazsangiz. Biz bundan behad hursand bo‘lardik. Zero biz oddiy talabalar bu borada ustozlar bn tortishishgacha bora olmayabmiz. Rahmat oldindan.😊😊
Aka magistrlarga ham beriladimi chegirma
Salom. Men 11-sentabrda Õz-Xitoy vaksinani 1-ni oldim. 22 kun õtib ya'ni bugun 2-ni oldim biroq 28 kun bõlmasa bazaga kiritolmaymiz dedi . Bu qanchalik tõğri, avval 1-ni olganligim haqidagi SMS ham kelmagandi.
Javob uchun oldindan rahmat.
Superga ham 10 foiz chegirmami
Toppa tori qo'shilaman man ham topshirganman sertifikatimni lekin haligacha chegirma bermadi 2haftadan beri marketingda sarsonman
Show next 100 comments