Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Abbos Axmatov
1chi noyabrdan kechuksa shartnoma kuchida qoladimi
Suhrob
Chet el fuqorolaridan Òzbekistonga òqishga kirgan talabalarga ham 10% chegirma bormi agar vaksina olsa???
BoXoDiR
​​- Ozroq chida !
- Ey jonga tegdi.
- Sabr qil ! Yaxshi bo'ladi.
- Qachongacha? Charchadim-ku.
- Biroz shunday bo'lib qoldi.
- Qo'ysangchi, aldama !
- Hammasi yaxshi bo'lib ketadi.
- Qachon? Yana qancha kutay! O'zi charchab kelgan bo'lsam. Kamiga uyqudan qoldim. Hozir yotaman birpasta budulnik jiringlaydi. Uyqusirab kamiga kayfiyatsiz yana ishga yo'l olaman. Nima aybim "Barcelona" muhlisi bo'lganimmi ?

P.S.: Siqilmanglar Barsachilar ! Hayot futboldan iborat emas-ku. Suares esa shunchaki top !

👉 @tosh_oynaM_qani 👈
Toshkent davlat transport universitetida ham xuddi shu muammo hammasi yoza olmayman 4 soat vaqt ketadi. Qisqasi foydasi yo‘q tiqib qo‘ysin chegirmasini ketiga ifloslar.
18 ещга етмаганларга ваксинага чегирма йукми
Sirojiddin Mirzayev
Жияним Ўзбекистон-Хитой вакцинасини 1- дозасини 16-сентябрда олган бўлса, 3-дозасини 16 ноябрда олади, бу бўйича нима бўлади, имтиёз борми?
Oka raxmat lkn sizga oxshagan jonkuyar bolsa edi mansabdorlar ham ozb allaqachon rivojlangan davlatlar qatoriga kirardi)
Фарзандларим Наманган Давлат Университетида ўқийди, иккаласи ҳам вакцинани тўлиқ олиб бўлган, лекин шартномада чегирма берилган сумма эмас оширилган тўлов суммасини беришибди, маркетинг бўлими билан деканат бир бирига сансолар қиляпти экан
Kechki seminga ham bomi chegirma
Termiz Davlat unversitetida ham huddi shu muommolar uyoqqa bor buyoqqa bor diyishadi lekin ishiz bitmayi
Qoqondan perevod qilib kelgandim
Hujjatlarimni topshirgunimcha 1 haftadan ham kuproq sarson buldim
Rektaratga boring dedi rekatratga hujjatlarimni bersam ular biz olmaymiz dekanatga borasz dedi
Kiyin esa dekanatdagila 2 etajga chiqing bitta domla bor usha oladi dedi
Kiyin u domlani oldiga chiqsam man olmiman hich qanaqa hujjatni rektaratga boring diydi.
Man bir narsani iltimos qilib qolgan bular edim
Har bir soxa buyicha uzining yaxshi mutaxassislarini ishga qabul qilishsin iltimos
Unversitetda kim nima ish qilishiniyam bilmaydi bazgilari esa uzini ishini tugri bajara olmaydi ham
Hammasi tanish bilish yoki pul bn kirganlar bormi diyman u unversitetga
Perevod qilib kelganimga 13 kun buldi kekin haliyam kantrat shartnomasini ololganim yuq
Bular yoki pul bersin deb shunchalar odamni sarson qilarmikan deb oylab qolaman
Pul bersa balki ishi tez bitib ketar
😉😉😉😉😉
Техникумгаям чегирма борми.
Кизим мед техникумда 2курсда .
Бокувчимиз йук мфйда темир дафтар руйхатида турамиз .
Техникумга контракт туловга имтиезла борми.
Жавоб учун рахмат.
📌 Talabalarga ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (605-son, 24.09.2021 y.) bilan Davlat oliy ta’lim muassasalarining ijara huquqi asosida yashayotgan talabalariga oylik ijara to‘lovining bir qismini Davlat byudjeti hisobidan qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

☑️ Nizomga ko‘ra, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalarning oylik ijara to‘lovi bir qismini qoplab berish davlat soliq xizmati organlari tomonidan hisobga qo‘yilgan ko‘chmas mulk ijara shartnomasiga muvofiq ijara huquqi asosida yashaydigan ariza beruvchilarga nisbatan tatbiq etiladi.

🚫 Ro‘yxatga olingan doimiy yashash joyi doirasida (tuman, shahar miqyosida) ariza beruvchilarga oylik ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish amalga oshirilmaydi.

❕Bitta turar joyda ikki va undan ortiq talaba ijara huquqi asosida yashagan holatlarda ularning barchasi ijara shartnomasida qayd etilgan bo‘lishlari shart.

✅ Mazkur tartib davlat OTMning faqat kunduzgi ta’lim shaklida o‘qib, ijara huquqi asosida yashaydigan talabalariga nisbatan tatbiq etiladi.

📂 Bunda ariza beruvchi tegishli ma’lumot yoki hujjatlarni o‘zi ta’lim olayotgan fakultetning yoshlar bilan ishlash bo‘limi dekan o‘rinbosari yoki OTMning talabalarni turar joy bilan ta’minlash ishlarini muvofiqlashtiruvchi bo‘limiga topshiradi.

🔎 Mas’ullar 1 hafta davomida ariza beruvchi ma’lumotlarining ijtimoiy mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi.

➡️ So‘ng ma’lumotlarni umumlashtirib, ko‘rib chiqish va xulosa berish uchun navbatdagi haftaning birinchi kunida talabgorlarni tanlab olish komissiyasiga taqdim etadi.

📌 Komissiya bir ish kunida talabgorlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganib chiqib, qaror qabul qiladi.

🧾 Shunga ko‘ra, davlat OTM rektori (filial direktori)ning buyrug‘i rasmiylashtirilib, arizalari qanoatlantirilgan talabgorlar to‘g‘risidagi tegishli ma’lumotlar va ularning ro‘yxati to‘lovlarni amalga oshirish uchun buxgalteriyaga taqdim etiladi.

💰 Arizasi ijobiy hal etilgan talabalar uchun ijara to‘lovining bir qismi Davlat byudjeti mablag‘lari hisobidan ular ariza bergan sanadan boshlab qoplab beriladi.

🔰 Ijara to‘lovining bir qismini qoplab berish:

➖ o‘quv yili davomida (har yili 1 sentyabrdan 1 iyulgacha) yoki o‘qitish dasturi bo‘yicha o‘quv yilining davomiyligiga qarab belgilanadi;
➖ ariza beruvchi tomonidan har oyning 7-sanasigacha arizalar mas’ullarga taqdim etilganidan so‘ng amalga oshiriladi.

❌ Ushbu muddatlar tugagandan keyin berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, ijara to‘lovining qoplab beriladigan qismi Toshkent shahrida – BHMning 1 baravari, qolgan hududlarda – BHMning 0,5 baravaridan oshmasligi lozim.

Assalomu alaykum.Ushbu to'lov hammaga ajratib beriladimi yoki haqiqatdan ham tolovni bir qismini olish uchun smestrni 5 ga yopgan yoki temir daftarda ro'yxatda turgan yoxud oila azolaridan ikki kishi kontrakt asosida o'qiyotgan bo'liwi shartmi?.Nizomda ko'rsatilmaganku bu?
Shartnoma qachon chiqarkin aaaaaa
Дилшод Ахмедов
Uqimaganlar
Каримов Бахтиер
Хушнудбек телевиденияда бачкана реклама жонга тегиб кетди буни танкид килиш иложи еки борми
Umida
Assalomu alaykum
Õqishni kõchirayotgan talabalarga aloqa xati qachon beriladi???
Dilnoza
1 kurslarga ham vaksina olsa chegirma bormi
Сарибоев тулкин
Нега техникумдагиларга йук имтиез улар одаммасми
Show next 100 comments