Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Shartnoma qachon chiqarkin aaaaaa
Дилшод Ахмедов
Uqimaganlar
Каримов Бахтиер
Хушнудбек телевиденияда бачкана реклама жонга тегиб кетди буни танкид килиш иложи еки борми
Umida
Assalomu alaykum
Õqishni kõchirayotgan talabalarga aloqa xati qachon beriladi???
Dilnoza
1 kurslarga ham vaksina olsa chegirma bormi
Сарибоев тулкин
Нега техникумдагиларга йук имтиез улар одаммасми
Menga 1 desetka yetmagan menham 1.05 barobar tolemanm
Assalomu alaykum

xozirgi kunda barcha sohalarda juda koʻplab qulayliklar yaratilgan, yaratishmoqda. Oʻzbekistonda professional IT mutaxassislar koʻpaydi. OʻZB rivojlantirishida hissasini qoʻshayotgan rahbariyat, bloggerlarga hamda jamoatchilikka oʻz minnatdorchiligimni bildiraman. Taklif: Shunday OvaOʻM taʼlim vazirligi tashabbusi bilan baza yaratilsa. Banklar ilovalarida talabalar JSHSHIR kiritsa imtiyozlar koʻrinib tursa. Talaba kontrakt qarzdorligi, belgilangan imtiyozlar. Rahmat...
Davlat rahbari shu yil.boshida uy -joyga maoshni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘tkazib daromat solig‘ini to‘lamaslik imkoniyatimizni bekor qildi.Bu o‘z joyida o‘z vaqtida bajarildi. Chunki bu davlat uchun foyda edi.Hammasi "o‘xshadi"
Ammo xalq uchun nimadir bo‘lsa "o‘xshamaydi"
Гулнора Рузметова
Уша куйи бугиндаги ухлаётганларни жазолаш керак, шундагина уларнинг уйкуси кочади ва сергак булишади.
Assalomu alaykum Xushnud aka super kontraktga ariza topshirganlarning javobi qachon chiqadi shartnomani qachon olamiz
Baribir hamma sertifikatlilar ham chegirma ololmaydi.
Bu aniq)
Yunus Poyanov
Assalomu alaykum Xushnidbek uzr bezovta qilganim uchun. Bir nevara qizimiz Qaraqalpog‘iston DU ga shartnoma asosida o‘qishga kirgan, oilasi mahallaning kam ta’minlangan oilalar ro‘yxatida , o‘zi yoshlar daftarida turadi, otasi vafot etgan, onasi kasalmand bitta ukasi bor ( Xliqulova Zilola Qahramon qizi , filalogiyada o‘zbek tili) Dehqonoboddan 1300 km ekan, iqtisodiy ahvoli nachor.Qarshi DUga sirtqiga o‘tkazish yordam bersangiz ko‘p savobga qolar edingiz.
Assalomu alaykum.Meni ham vaksina olganim to‘g‘risida serfikatim bor lekin men o‘qiyotgan OTMda kimga berishni bilmayman qabul qiladigon OTM vakili yo‘g‘. Yana 20 kunni o‘tkazib olishsa muddati tugadi deb qutilishadi
Bunyodbek Hakimov
Assalomu alaykum.Meni ham vaksina olganim to‘g‘risida serfikatim bor lekin men o‘qiyotgan OTMda kimga berishni bilmayman qabul qiladigon OTM vakili yo‘g‘. Yana 20 kunni o‘tkazib olishsa muddati tugadi deb qutilishadi
Nma bu degani faqat 1 noyabirgacha vaksina olganlarga 10 %li aksiya
Faqat 1 noyabirgacha amal qiladimi zuru

Yana biz bilmaymiz deyiwadi utar ketar vaqt ham kn
Bilamiz lk vaqti tugadi deyiwadi

Zamonaviy manqurtlar
Ofarin

Bularni junjanglarga uxwataman
Assalom aleykum shu vaksina haqida aniq maʼlumot bersangiz qayerga beriladi sertifikat oʻzi, chegirma bormi agar aniq narsa chiqsa .
Manashunaqa ozbekstonda zakon degan yoq,qaror shiqtimi orinlanishi kerak manimsha
Go'zal Eshqobilova
Биринчи курсларга чегирма йуқ дешибди қонунга нисбатан ҳурматсизликни олий тойфали президинт ишонган инсонлар риоя килишмагандан кегин оддий фуқоталат нимага ишониши керак билмайди дейсиз ижро юритилмайдими.Уларга жазо берилмайдида депутатлари қайтга қарашоди бизда уқиганлат куп уқанлар йуқ афсуски
Mana menda sertifikat bor kontraktni 30 foizini to'ladim endi chegirma olishim uchun nima qilishim kerak? O'qish joyiga borib buxgalterlar bilan uchrashishim kerakmi?
Go'zal Eshqobilova
Сиз нечанчи курссиз
Show next 100 comments