Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Assalomu alaykum Xurshidjon!!! Menga Toshkentdagi bu yil ochilgan Farmasevtika ta'lim va tadqiqot instituti haqida ma'lumot bering iltimos.Litsenziyasi bormi? Farzandlarimizni o'qitsak bo'ladimi?bo'ladimi?
Assalomu alekum Xushnud aka uzur bezovta qildim 2021- 2022 o'quv yilida Qarshi Muxandistlik iqtisoditot instituti Buxgalteriya xisobi audit yo'nalishiga O'qishga kirdim Kolejjni tamomlagan diplomini yo'qotib qo'ydim Dekanat 15 kun muxlat berdi dublikat olish uchun qayerga murojat qilsam bo'ladi
Умида.2290
Ассалому алейкум Хушнудбек ака билан кандай уланса болади илтимос
Asalomu alaykum men supper kantraktda o'qimoqchiman 10%chegirma berilishi rostmi yoki yolg'onmi.o'zi o'qish qachondan boshlanadi.Javobingiz uchun oldindan raxmat
Ассалому Алейкум Хушнудбек ,мени ёшим 37 да контракт асосида сиртки булимда 2 курс талабасиман.2020 йил супер контракт асосида укишга кирганман.Саволим 12% ли даромад солиги олиш тугрисида,турмуш уртогим мен учун контракт тулаганлар,солик булимига ушрашганимизда бу карор биз учун,яъни 26 ёшдан утганларга тегишли эмаслигини айтишди.Шу маълумот канчалик тугрилигини билмокчи эдим.Жавобингиз учун олдиндан рахмат
Маълумот учун Яна шуни айтмокчи эдимки,биз Тошкент шахрида 4 нафар фарзандим билан ижарада яшаймиз,руйхатда доимий яшаш жойимиз эса Навоий вилоятида.Соликни кайтариб олиш учун эса доимий яшаш жойидан олиниши хам тугрими .Жавобингиз учун Яна бир марта рахмат
Узр бир маълумотни айтишни унутибман,мен хозир хеч каерда ишламайман.
𝕊𝕠𝕝𝕚𝕙𝕒𝕓𝕠𝕟𝕦
Assalomu alaykum hammaga xayrli kun samarqand tibbiyot institutiga supper kontrakt uchun ariza topshirgandim javoblarini qachon qanday qayerda bilsam bo'ladi
𝕊𝕠𝕝𝕚𝕙𝕒𝕓𝕠𝕟𝕦
Assalomu alaykum hammaga xayrli kun samarqand tibbiyot institutiga supper kontrakt uchun ariza topshirgandim javoblarini qachon qanday qayerda bilsam bo'ladi
Keyin super kontrakt bilan kiryapsiz shuncha pulni qadriga yetib óqing , chunki orqangizda ota onangiz kóz tikib turibdi oldinda esa qanchadan qancha bemorlar hayoti sizning qólingizda bóladi
Rajabov Sirojiddin
Salom Xushnud aka meni yoshim 32da shu yil sirtqiga o'qishga topshirib 77 ball oldim bumadi, nima uchun chet elga topshirgan 68 balldan yuqorisinio'qishga qabul qildi .Maktabda ishlaydigan o'rta maxsus o'qituvchilarning 50 balldan yuqorisini o'qishga qabul qildi.Men yosh ch aqalog'im bilan tayyorlanib 77ball oldim. Menga alam qilgani qozoqga topshirganimda hozir talaba bo'lib turardim.Super kontrakka kirishga mablag'im yo'q.Shuni ko'rib Bering akajon
Assalomu alaykum. Bazi OTM larda katta kurslarda 10 foizli chegirma berilmas ekan bazilarida kichik kurslarda. Bu qarorlar faqat nomiga chiqadi hech kim xalq foydasiga ishlamaydi. Quruq safsatabozlik qiladi. Bu qarorlarni bajarilishini nazoratga oladigan bormi òzi
FarDUda ham xuddi shu gap. Buyruq hali kelmadi. Bundan 150 yil avval bo‘lganida ham tushunsa bo‘lardi, choparning oti yo‘lda o‘lib qolgan bo‘lsa xabar peshkom kelyapti shekili deb. 21 asrning 21 yili o‘tdi blin biznikilar haliyam buyruq kutib 21 hafta kutishadi
Haa bu ijroga kelganda góyoki biz boshqa respublika🤦. Hayronman qachon qonunlar óz órnida ijroda bóladi. Bilishadi hammasini bilishadi lekin mablag'ni xuddi shaxsiy budjetidan berayotganday qizg'onishadi.
Universitetlar bu ijroni qilishdan bosh tortishyapti, bizda ham bu qaror bizning universitetga o‘tmaydi degan ba'zi bir gaplar bilan chegirma bermaslikka harakat qilishyapti
To'lov shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga to'lov shartnoma qog'ozini OTM sining marketing bo'limi berishi kerak.
Ulardan: Yo'q... Yo'q... Yo'q... Va yana yo'q... degan javobni olasiz...
Ularga guruh murabbiylari qaysi talaba kontraktda o'qishi, qaysi stipendiyali, qaysi stipendiyasiz, qaysi vaksina olganini aniqlab berish kerak.
Xullas nonni chaynab berganday.
To'lov shartnoma qog'ozini olishga borgan talabaga biz sizga to'lov shartnoma qog'ozini bera olmaymiz, sababi guruh rahbaringiz biz bergan jadvalni to'ldirib bermagan deb javob qaytaradi.
Show next 78 comments