Вакцина олган талабаларга 10% чегирма беришдаги муаммолар ҳақида

Биздаги катта муаммолардан бири қуйи бўғиндаги ижрочиларнинг масъулиятсизлигидир. Бирор яхши қарор чиқади, аммо ижросига келганда бир дунё муаммоларга учраймиз.

Коронавирусга қарши вакцина олган талабаларга бериладиган 10% чегирма бўйича ҳам жойларда етарлича муаммо бор. Ҳалигача бунинг тартиби тасдиқланмади. Юқоридаги хабарда айтилганидек, айрим ОТМларнинг мутасаддилари чегирма берилишидан бехабар ҳам. Бунақа масъулларни бошини қумга тиқиб олган туяқушларга ўхшатаман. Улар ҳеч нарсадан бехабар ёки билса ҳам, “билмадим” деб қутулгиси келади.

Ўртада эса талабалар сарсон.

Хулоса: масаланинг аниқ ечими ва тартибини ҳамма ижрочиларга етказиш, кўпроқ тарғиб қилиб, тушунтириш бериш керак. Ўзи шундоқ ҳам фуқароларимиз вакцина олишга унчалик шошилмайди, минг афсуски, турли миш-мишлару сафсаталарга ишониб юришибди. Бундай вазиятда ўз хоҳиши билан вакцина олганларга ортиқча бюрократия қилмасдан, тезроқ чегирмасини бериш керак.


👉 @xushnudbek 👈

565 comments

Show 100 more comments
Universitetlar bu ijroni qilishdan bosh tortishyapti, bizda ham bu qaror bizning universitetga o‘tmaydi degan ba'zi bir gaplar bilan chegirma bermaslikka harakat qilishyapti
To'lov shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalarga to'lov shartnoma qog'ozini OTM sining marketing bo'limi berishi kerak.
Ulardan: Yo'q... Yo'q... Yo'q... Va yana yo'q... degan javobni olasiz...
Ularga guruh murabbiylari qaysi talaba kontraktda o'qishi, qaysi stipendiyali, qaysi stipendiyasiz, qaysi vaksina olganini aniqlab berish kerak.
Xullas nonni chaynab berganday.
To'lov shartnoma qog'ozini olishga borgan talabaga biz sizga to'lov shartnoma qog'ozini bera olmaymiz, sababi guruh rahbaringiz biz bergan jadvalni to'ldirib bermagan deb javob qaytaradi.
Termiz Davlat Unevesitetida ham shu ahvol hali vaksina haqidagi qaror tasdiqlanmaganmish shuning uchun Chegirma hisoblanmasdan doimiy summani tulab turaverasizlar agar tasdiqlangan taqdir ham ortiqcha summa keyingi yil uchun olib qolinaveradi.
Mana talabaning Hayot haqiqati
1-kurslarga ham amal qiladimi chegirma bizga yoq 1-kurslarga amal qilishmaydi deyishyapti
Dilrabo Obloqulova
Birorta talaba chegirma oldimi?
Чегирма фақат стипендисиз ўқиётганлар учун амал қиладими?
Jdpi da ham shu😪
Abbosxo'ja
Karr kar qiladi 1 ta ish eplomidi tepaga ciqvogan
Manda ham shunday muammolar
Sertifikatni olib borgan edim marketinga gapirib gapirib biz olmaymiz dedi dekanatga ham shu gap. Yana unga muddat qoʻyilgan boʻlsa biz qolib ketmaymizmi 10% chegirma boʻlsa ham oilamizga yoqdam edi
Yordam edida
Assalomu alaykum!! Men qushimcha kontrakt bilan sirtqi ugishga kirdim. Emizikli farzandim bulgani uchun vaksina olmadim.Menga 10foizli chegirma beriladimi. Xushnud aka iltimos shunga aniq.lik kiritsangiz.
Qizim uchun yozdim,uzr
Zuhra Boqiyevna
Sertifikatni qayerga berishimiz kerak batafsil malumot bering bilmayapmiz
vaksina olgan, sertifikati bor 1-kurs, kunduzgida o'qiydigan talabalar uchun ham imtiyoz yuqmi, faqat 2,3,4- kurs bo'lishi kerakmi, bizni OTM 1-kurslarga amal qilmaydi deyishyapdi. shu to'g'rimi?
Show next 60 comments