#abituriyent

Айтганча, кеча менга SMS келди. Иқтисодиёт университетига ҳужжат топширганимдан мамнунлигини айтишибди. Ректорнинг абитуриентларга йўллаган хабарномаси билан танишишимни сўрашган ва менга омад тилашибди.

Қойил, замонни ўзгаришини қаранг. Абитуриентга (ҳали талаба ҳам эмас), шунчаки қайсидир ОТМга ҳужжат топширгани учун ҳурмат кўрсатишяпти. Эҳ, ҳозирги абитуриентлар жуда бир эркалатиб юбориляпти-да, бизни даврларимиздаги каби қийинчиликни кўрмаяпти бирортаси. Лекин абитуриент халқи шунда ҳам бутун дунёдан норози ))

Беҳазил айтганда, йилдан йилга ортиқча бюрократия камаяверсин, абитуриентлар асосий вақтини ташкилий жараёнларга эмас, ўқишга сарфласин. Биз шундан хурсанд.

P.S.: бунақа SMS ҳаммага бордими ёки Нархоздагилар атай мени телефонимни топиб, юборишдими? 😁

👉 @xushnudbek 👈

849 comments

Show 100 more comments
Nur Studio
BEXRUZ
Moliyaga yaxshi edida
Bizga ham kelmadi manimcha sizga atay junatishgan shekilli lekin ayrimlarga tel ham qilayabdi deb eshitayabmiz🤣🤣🤣
Xushnudbek aka biz DTM tomonidan taqdim etilayotgan testlardan emas balki o'rtada xaqiqat yo'qligidan biz doim shikoyat qilamiz umuman xaqiqat yo'q misol uchun men nega o'qishga kirishim uchun reppitetorga kunigi 60 km yo'l bosishim kerak nega shu talimni maktablarda berishmidi maktablarga ajratilayotgan pullar qayerga ketadi. Agar shu ketish bo'lsa hali cheklangan ressurslarimiz tugasa ochig'ini aytganda oltin zaxiramiz tugaganda ko'ramiz hali. 10 15 yilardan keyin nima bo'ladi hali shu ketish bo'lsa Alloh biladi.
Rakhimov K.U.
@kamalak1
Shu paytda reklama yana🤦‍♂️
Menga kelmadi nega
Bu faqatgina abituriyentlarni emas. Oliy ta'lim muassasasining o'qituvchilarini ham ortiqcha vaqtini olmoqda. Chunki xuddi shunday xabarnimalarni to'ldirish, telegram orqali tarqatish oliy ta'lim o'qituvchilariga taqsimlangan. Ayrimlarini telegrami ham yo'q, ular borishmaydimi?😂 Men xabarnomasiz ham testga o'zim borganman. Nimaga kerak hayronman?!
Бу каби СМСлар фақат сиз учун мавлоно. Бизларга фақат мобил компаниялари ва коммунал туловдан СМС келди.
Менга Юридик университет дан телефон килишди, шу хакда
Bizga ham keldi
Yulduz
Menga ham keldi Ona tili va adabiyoti universiteti dan 4kun oldin
Saida Raximova
🦁
Yoge qaerda ocildi
Sanat va madanyat instiniki usha xujjat topshirgalarni qushishgan uzlari
Iqtisod universitetiga topshirganlarni xammasiga borgan bo'lsa kerak mengaham keldi
Shuncha e'tibor shuncha sarflangan vaqt aynan biz uchun ekan, nega endi biz bor kuchimiz bilan o'qib bilim olmasligimiz kerak ekan, tug'rimi?
Nima bo'lgandaham hammaga kattadan katta omadlar tilayman 😁
Talabalik baxti chin dildan mehnat qilayotganlarga nasib qilsin ilohim 😊
TIQXMMI Qarshi filialidan ham keldi 👏👏👏
Show next 100 comments