#abituriyent

Айтганча, кеча менга SMS келди. Иқтисодиёт университетига ҳужжат топширганимдан мамнунлигини айтишибди. Ректорнинг абитуриентларга йўллаган хабарномаси билан танишишимни сўрашган ва менга омад тилашибди.

Қойил, замонни ўзгаришини қаранг. Абитуриентга (ҳали талаба ҳам эмас), шунчаки қайсидир ОТМга ҳужжат топширгани учун ҳурмат кўрсатишяпти. Эҳ, ҳозирги абитуриентлар жуда бир эркалатиб юбориляпти-да, бизни даврларимиздаги каби қийинчиликни кўрмаяпти бирортаси. Лекин абитуриент халқи шунда ҳам бутун дунёдан норози ))

Беҳазил айтганда, йилдан йилга ортиқча бюрократия камаяверсин, абитуриентлар асосий вақтини ташкилий жараёнларга эмас, ўқишга сарфласин. Биз шундан хурсанд.

P.S.: бунақа SMS ҳаммага бордими ёки Нархоздагилар атай мени телефонимни топиб, юборишдими? 😁

👉 @xushnudbek 👈

849 comments

Show 100 more comments
Saida Raximova
Hasan Soatov
Keldi TDPU
Qaysi yunalishga topshirgandiz
Akbarxon Qodirjonov
Faqat sizga kelgan
Ehhh, omon-omon zamon bo'lyapdi abituriyentlar uchun! Ozgina harakat qilsa natijasi chiqadi. O'qish kirishga juda yaxshi imkoniyatlar paydo bo'ldi. Bosingla!
Assalomu aleykum Xushnudbek bn qanday aloqaga chiqsam buladi bizga yordami kk edi
Assalomualaykummenga kelmadi O‘zbekiston Milliy Universiteti Jizzax Filialiga topshirganman lekin kelmadi.Manga yoki endi keladi
Oltinoy
Hozirgi abituryentlarga mazza "bizni davrimizda" bunqa emas edi, deb yozibsiz, lekin men hozrgi paytda topshirgandan kòra òsha "sizni davrizda" topshirganim yaxshi edi, u paytda 1 ta OTM, 1 kunda imtihon, 3 ta fan, 15 kundan keyin mandat chiqar edi (balni kòrvolib yetarmikan yetmasmikan deb yurmas edik) DTM ning sònggi yillarda qilayotgan islohotlari xuddi obròsini kòtarishga harakat qilayotgan hukmdorga òxshaydi, lekin haligacha birortasi ham samara bergani yòq!!!
...Iทshลใใลh ლ
Assalomu aleykum... Xaqiqatdan ham manga ham shunaqa xabar telegramdan yuborishdi PDF formatda
🍀🍀🍀
Manga SMS kemadi lekin ruhsatnomani saytdan oldim
2 yil oldin bir dostimgayam kegandi sms Rektordan. Tabriklayman Hammasini gaplashib qoydim Dadanga ayt havotir omasinla degan😂😂😂. Xazl va yana xazl
Marjona G'aybullayeva
Menimcha abituriyent ruhsatnomasi berilishi haqida telefonga SMS xabar keladi deyilgandi ammo xabar hammaga ham jo'natilmadi shekilli . Menga ham xabar kelmadi.
.....BOY.......
Abituryentlarga omad tilayman
Show next 100 comments