#abituriyent

Айтганча, кеча менга SMS келди. Иқтисодиёт университетига ҳужжат топширганимдан мамнунлигини айтишибди. Ректорнинг абитуриентларга йўллаган хабарномаси билан танишишимни сўрашган ва менга омад тилашибди.

Қойил, замонни ўзгаришини қаранг. Абитуриентга (ҳали талаба ҳам эмас), шунчаки қайсидир ОТМга ҳужжат топширгани учун ҳурмат кўрсатишяпти. Эҳ, ҳозирги абитуриентлар жуда бир эркалатиб юбориляпти-да, бизни даврларимиздаги каби қийинчиликни кўрмаяпти бирортаси. Лекин абитуриент халқи шунда ҳам бутун дунёдан норози ))

Беҳазил айтганда, йилдан йилга ортиқча бюрократия камаяверсин, абитуриентлар асосий вақтини ташкилий жараёнларга эмас, ўқишга сарфласин. Биз шундан хурсанд.

P.S.: бунақа SMS ҳаммага бордими ёки Нархоздагилар атай мени телефонимни топиб, юборишдими? 😁

👉 @xushnudbek 👈

849 comments

Show 100 more comments
Menga ham sms kelmadi
Sms xam tel xam bomadi xec qanday pff
Xop bo'ladida 🙄😅😅😅
Men TDIU ga Ikkinchi mutaxassislik bo‘yicha hujjat topshirgandim.Diplom ma'lumotlarimni universitet tasdiqlashi kerakligi aytildi,universitetdagilar esa bu yilgi bitiruvchilar malumotini tasdiqlash shart emasligini aytishdi.Xushnudbek aka sizda aniqroq ma'lumot bormi?
Azizbek
Men xám xujjat topshirmadim. Ammo SMS kepti. Irigatsiya institutidan
Ха келди Нархозга топширгандим Ректор номидан
Mirjalol👨‍⚕️🩺
Salom. Menga ham kelmadi O‘zim printerdan
Oq-qora qilib chiqarib oldim Yoki rangli chiqarish kerakmi? . Xushnudbek aka.
Manga ham man taniganlarga ham bunaqa mazmundagi SMS kelmagan. Hattoki DTM hodimlari vada qilishgan ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi SMS xabarlar ham kelmadi. Manimcha bu faqat siz uchun maxsus joʻnatilgan xabar boʻlsa kerak. 😆
Texnika universitetidan ham telefon qilishdi ham pdf fileda rektor pechati va imzosi qoʻyilgan xat joʻnatishdi🤗🤗🤗
Saida Raximova
Ixtiyor Abdullayev
hamma kurslarni institutga chaqirib faqat 4 kurslarni online o'qitarkanmi
Yuq adashmasam oktabrda 4 kurslarni chaqirishadi sababi ularga uqish 2 oy uyog'iga amaliyotga ketishadi
Saida Raximova
Bekzod.
qolgan kurslarchi
1 larni ham. Qolganlari karanten ochilgach bulsa kerak
Saida Raximova
Bekzod.
3 larchi🙄
🤔😷🤷‍♀️
ok 👌
Юбордик абитуриенларимизга
НамДУ
Manga hali kelmadikuu narxozdan🥺
SMS kelganmi yo'qmi bilmadim-u, lekin zamonning ancha o'zgargani rost. Lekin bu paytga kelib bundanda ko'p o'zgarishlar bo'lishi kerak. Bilimli abiturientlarga omad
Assalomu alaykum Xushnudbek aka o'qishga topshiridik DTM RUXSATNOMA chiqmapti paynetdan to'lov qilodik to'lamaganakan yo'l ko'rsatvorin biron iloji bormi javobini @ayubxon05 ga yozvoring iltimos. Alloh salomat qisin yordamiz uchun oldindan rahmat.
Show next 64 comments