Эртага, 1 август куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.

Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:

— тест ўтказиш тартиби;

— саволлардаги ўзгаришлар;

— тест ўтказиладиган жойлар;

— тестга кириш учун зарур ҳужжатлар;

— кузатув ва назорат;

— рухсатнома масаласи ва ҳ.к.

❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол бермоқчи бўлсангиз, унда ушбу постга изоҳ қолдиринг.


👉 @xushnudbek 👈

1630 comments

Show 84 more comments
Assalomu alaykum meni savolim quyidagicha Yuridik yoʻnalishlari uchun chet davlatlardan oʻqishni koʻchirish bali 105,84 boʻlibdi.Tibbiyot uchun 100 ball shunday qoladimi yoki bunda ham oʻzgarish boʻladimi.. Tibbiyot yoʻnalishidagilar uchun qanday imkoniyatlar berilgan
Ассалому алейкум Сардор ака Хушнудбек ака, Саволим қуйидагича: Хабарингиз бор бу йил хам имтихонлар Сўх туманида ташкил этиляпти, бази абитурентларимиз хатолик қилиб тест топшириш худудини Фарғонадан бошқасини танлашган. ДТМ рухсатномалари Сўхга эмас бошқа худудларга чиқиб қолган. Ҳозирда Сухдан чиқиш загран паспорт билан булганлиги уларда паспорт юқлигини инобатга олиб уларни тест топшириш жойини Сўх туманига ўзгартиришни иложи борими. Сўхдан чиқиш учун Қирғизистон орқали чегарада утиш лозим. Жавоб учун олдиндан рахмат.Ҳурмат билан Равшан Комилов
ɪʙʀᴀɢɪᴍᴏᴠ Azizbek
Aslom aleykum men dtm Dan royxatdan utganman lekin ayrim muamolar sababli tolov qilishga ulgurmay qoldim .imkoniyat bolganda tolovini qilmoqchiydim . Bu yil imtiyozimni oxirgi yili.
Biz bilamizki imtihoning bu kunisiga ballar elon qilinadi ammo o'qishga kirgan kirmangani qancha muddatda bilsa bo'ladi
ㅤㅤㅤㅤ
Izoh qoldirgan bilan hammasini o'qimaysiz-ku?! Nima qilasiz bunday ko'zbo'yamachilikni? Ko'rdik perevod xaqidagi ochiq muloqotingizni.
Shu biologiya milliy sertifikatlashni masalasini ko'tarsak bo'lardi😪
Assalomu aleykum savolim mavzuga savolim ozgina tori kemidi lekin javob bersangiz degandim iltimos man O'zbekistondagi nodavlat YEOJU institutida boshlang'ich talim fakultetida oqiyman xozirda 1 kursni bitirdim xozir man Jahon Tillari universitetiga ingliz tili filologiya fakultetiga perevod qmoxchiman savolim shuki qanday tartibda man perevod qlaman test boladimi yoki boshqa tartibda perevod qlamanmi agar mos va turdosh bolmagan bosa supere kontraktga toģri keladiku shunda qancha toliman super kontraktni shu xaqidayam malumot bersangiz dgandim iltimos
Assalomu alaykum man milliy sertifikat haqida savol bermoqchiydim Biologiyadan topshirganman hali hamon javobi chiqqani yoʻq agarda javobi chiqsa uni qanday qilib qabul qilamiz umuman hozir sal kam 2 oy boʻlyapti topshirganimizga
WillBeDeletedSoon
Mamarayimov Husniddin ママライモフ フスニディン
Raqamlashtirish siyosati qo'llaniladimi kelajakda test olish va umuman testing sistemasida. Bu bo'yicha DTM ning kelajakdagi rejalari qanaqa.
биз ибтидоийлашмоқчимиз, шунинг учун бу йил ишламади сайтлар охиригача. кейинги йилга умуман ишламайди

(с) сарказм
Assalomu alaykum Xushnudbek aka siz qoyil qolmasdan iloj yo‘q aka dtm rahbariyatiga ayting savollar soni 30 tadan 20 taga tushdi asosiy fanlarning savollari shuni qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi shunga aniq faktlar bilan javob olib bering va majburiy fanlarga shunday mazmundagi javob olib bersangiz maqsadga muvofiq bo‘lar edi ......javob uchun oldindan rahmat...
Ассалому алейкум магистратурага дтм томонидан олинадиган чет тилидан тест саволлари нечта булиши ва қийинлик даражаси хақида хам маълумот бериб утсангиз
Xushnudbek aka ertaga ovozli chatda manga sòz bersangiz abiturentlarni qiynayotgan bir masala bor shuni muhokama qilmoqchi edim:Hamroyev Quvondiq
®.B.© Bahriddin
Assalom aleykum. Dtm dagi mas'ul shaxslarga murojaat qilmoqchiman? Prezident maktablariga qabul jarayoni qay holatda bo'lishi kerakligi? Ya'ni titul varog'ini qalam yordamida bo'yash yoki ruchkada bo'yash kerakmi? Dtm nizomida qay tartibda belgilangan ushbu test jarayonida titul varog'ini bo'yash tartibi? Shu masalaga oydinlik kiritib bersangiz!!!
Мумина
АССАЛОМУ АЛАЙКУМ, IELTS 5.5 сертификати булса , имтихонда инглис тилидан тест берилмайдими, берилса ечмаса буладими?
Бекзод
Assalom alaykum.men Respublika fan olimpiadasi g‘olibiman.Ya‘ni 1chi fanimdan imtiyozim bor.Menga vaqt tartibi qanday bo‘ladi.Vaqt kampensasiya qilinadimi?
Assalomu alaykum endi asosiy bloklar soni 20ta bõldi Milliy sertifikati bor õquvchilarni %kõrsatkichlari 83 dan oshgan abituryentga maksimal qõshib beriladimi 60%dan oshirganlargachi?
Assalomu aleykum. O'tgan yilgi test sinovlaridek grafikli, rasmli, jadvalli testlar bo'ladimi.
Perevot uchun 20-kuni ariza topshirgandik, lekin hali ham javob kelmadi. Shaxsiy kabinetimda ham ariza holati-yangi deb turibdi. Ammo 27-28-kuni topshirganlarga javob chiqib bo'ldi. Nega unaqa bo'lyapti? Boshida topshirilgan arizalar ham ko'rib chiqilyaptimi? Iltimos Xushnud aka shuni so'rab bering. O'tgan safargi ovozli chatda qotib qoldi, so'ray olmadim. Bu safar ham qotib qolishi mumkin. Iltimos so'rab bering. Oldindan rahmat
Assalomu Aleykum Xorijdan kelganlar Ruxsatnomani qayerdan oladilar transfrr.dtm.uz danmi?
Show next 100 comments