Эртага, 1 август куни соат 20:00 дан бошлаб каналимиз орқали
Давлат тест маркази директори ўринбосари Сардор Ражабов билан овозли чат ташкил қилинмоқда.
Суҳбат давомида асосан қуйидаги мавзулар ҳақида суҳбатлашамиз:
— тест ўтказиш тартиби;
— саволлардаги ўзгаришлар;
— тест ўтказиладиган жойлар;
— тестга кириш учун зарур ҳужжатлар;
— кузатув ва назорат;
— рухсатнома масаласи ва ҳ.к.
❗️ДТМ масъулига овозли чат давомида бевосита савол бермоқчи бўлсангиз, унда ушбу постга изоҳ қолдиринг.
👉 @xushnudbek 👈
Fuqaroligi bo’lmagan shaxslar qande qilib dtmdan ruhsatnoma olsa bo’ladi? Saytda olib bo’lmayapti?
Javob uchun oldindan rahmat
Tushlikdan keyingi smena, ya'ni 18:00-22:00 oralig'ida bo'lib o'tadigan imtihonda musulmonlar uchun kunlik ibodat hisoblangan(shom namozi) amalni bajarishga DTM dan sharoit yaratib berishni talab qilmaymiz, biroq imtihon vaqtida davomiyligi tahminan 5minutga boradigan ibodatni(tik turgan holda) abiturientlarga ado etib olishga xodimlar tomonidan to'sqinlik(testdan chetlatish, ibodatga turganda to'sqinlik qilish) bo'lmaydimi? Shu masalaga imtihonga qadar(5-avgustdan boshlanadi) ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy bayonot berishingizni iltimos va talab qilib qolgan bo'lar edim. E'tibor uchun rahmat.