⚡️Йигирма иккинчи ўлим: коронавирусга чалинган 42 ёшли тошкентлик бемор вафот этди

Тошкент шаҳри Юнусобод туманида яшовчи, 42 ёшли Д.Х. (эркак) жорий йил 20 июнь куни бош мия қон айланиши ўткир бузилиши (инсульт)нинг қайталаниши билан (2018 йилда биринчи маротаба инсульт бўлган) ўта оғир ҳолатда Республика Шошилинч тиббий ёрдам илмий маркази реанимация бўлимига ётқизилган.

Беморда 22 июнь куни коронавирус аниқланган ва унга ихтисослашган тиббий ёрдам кўрсатиш мақсадида Тошкент тиббиёт академиясининг кўп тармоқли клиникасига ўтказилган ҳамда аҳволи кескин ёмонлашганлиги сабабли сунъий нафас бериш аппаратига олинган.

Бироқ кўрсатилган реанимацион муолажаларига қарамасдан
бемор бош мия қон айланишининг ўткир бузилиши, ўткир нафас ва ўпка-юрак етишмовчилигидан вафот этди.

Юртдошимизни Аллоҳ ўз раҳматига олган бўлсин. Қолган беморларга шифо берсин.


👉 @xushnudbek 👈

213 comments

Show 100 more comments
Nigora Bakirova
Kasal bulganlar qancha muddatda sog'ayapdi?
Hammani gapida jon bor... eng yomoni virus mutatsiyaga uchrab o'zgaryapti ya'ni bir odamdagi virus boshqa bir virusi bor odamning organizmidagi virus bilan chatishib yanayam kuchliro ta'sirlashga ega bo'layotganini bir joydan o"qidim. Balki bu shuchaki vahimadir?! Lekin bu karantin hammani charchatib immunitetni yanayam tushirayotgandek...
Alloh SABR bersin. InshaAlloh yaxshi kunlarga eson omon yetkazsin.
Alloh sabr bersin barchamizga!
Abbosova G
Assalomu Alaykum yurtdoshlarim,hamma narsa hayrlikka bo'lsin,deb yaxshi tomoniga qarasak,shu jumladan karantinni ham,yaxshi bo'ladi,menimcha,hayotiy tajribada borku!! Bejizga Butunjahon mutaxassislari karantinni topishmagandir,Olloh o'zi ofiyat bersin, yomon dardlarga!
Abbosova G
Qadrli abituriyentlar,(hurmatli Ota- onalar farzandlaringizni) sizlarga O O' Yurtiga kirib olishlaringizni chin dildan tilab qolaman,Olloh rizqlaringizni qo'shib qo'ysin,ilohim, Omad!!!!
Tuzalib ketishsin barchalari
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun
O'tganlarni Alloh rahmatiga olsin.
Barcha bemorlarga shifo bersin, ilohim
💤💤💤💤💤💤
Xudo sabr bersin uydagilariga
☆☆☆☆☆
Оллох рахматига олсин омин.
Hammani dardiga shifo bersin. Iltimos yurtdoshlar, oʻzingiz va oʻzgalarning hayotini havfga qoʻymang !
Alloh rahmatiga olsin omin
Inna lillahi va inna ilayhi rojiun. Keca o'lamdan o'tgan inson bizani tanishimiz edi. Otasi onasi ayoli bollariga Hudo sabr bersin. Sizham otez onez ayoliz bollariz uchun ILTIMOS karantin qoidalariga rioya qiling uyda qoling
Xa baribir bizga ham vaksina kerak
Vaksina topilgani bilan u kasal yuqtirmagan odamlaga qilinadi u paytgaca ihtiyot bo'lish kere
Alloh xammamizni ozi asrasin
Joylari jannatda bo'lsin!
Assalomu aleykum Xushnudbek aka sizga bir savolim bor edi. Mana Xitoyda karonavirus chiqganiga 7 oy bo'lyabdi va ularda 2-to'lqin boshlandi va bizda esa 5 oy bo'ldi xolos bizda ham ikkinchi to'lqin boshlanadimi? Biz abiturentmiz bizning o'qishga kirishimiz nima bo'ladi va o'qishlar bu yildan bu yilga qoldirilishi ham mumkinmi? Biz shunaqangi mish mishlar ham eshityabmiz!!! Iltimos savollarimga to'liqligicha javob bersangiz!!! Olamdan o'tganlarni joyi jannatda bo'lsin ilohim!!! Amin!!!
Olloh rahmatiga osin
Olloxim hammamizni balo,qazolardan saqlasin! Uydaqoling,o‘zingiz yaqinlaringizni asrang! O‘tganlarni ollohim joyladini jannatda qilsin! Omin!
Show next 52 comments