This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 85 more comments
Hozir 2-kursdan biz ozimizi viloyatimizga kocirolmeymiz wunaqami yo keyingi yilddan amal qiladimi bu iltimos cuntirvorila
て دَدَبَيْوْ أمَر
Ассалому алейкум хеч булмаса яшаш жойига перевод килиш узинг кучида колсин илтимос
Jamshid Mirzaev
Juda to'g'ri qaror bardak bo'lib ketgandi !
Chet eldanam perevot qbomeedmi
Bu nima qilyapti uzi ona tili va adabiyoti yo'nalishlaŕni o'zgartirdi hamma joyni rasvosini chiqardiku
Nohaqlik indamagan sari boshimizga chiqishyapti kochaga chiqadigan payt keldi menimcha qòy bolavermasdan
Viloyatdagilar oʻzini yoʻnalishiga ketolmaydimi endi
Do not distrub
Bu nimasi endi 3 kursdan ishga kirish mumkin uqishimi sirtqi qilaman deb yurgandim
Ruxshona
Eee nme kk edi shu aynan bzga keganda
Bizni tepadagi boshliqlarimizga nima boʻlyapti tovba
Assalomu alaykum Xushnudbek aka .
Shunga bir oydinlik kiritib berolasizmi qachondan ishga tushadi bu qaror?
Agar Fakulteti bir xil bo'lsa imkoni bo'ladimi ?
Misol uchun:

BDTI instituti davolash fakultetidan ADTI davolash fakultetiga?
Dildora Saidova
4-kursda perivod buladimi
Yaaa tovbaye Nima qilishni bilishmaydi bu siyosatchilar
Otabek
Tizim ham onasinikiga kirib ketdi har yili tajriba qilishadi lekin birortasi oqlamaydi o‘zini baribir shu eski tizimga qaytyapti ming marta eski tizim zo‘r edi
Assalomu alaykum o‘zning yashash viloyatiga kuchirishga ruxsat beriladimi??
Ichki perevod boʻlsin
Umarbek Qalandarov
Ajoyib ish bo`libdi talabalar o`qishni ko`chirib kelgandan so`ng maslashishiga 1 yildan oz vaqt ketadi
Korupsiyani bowqa yòl bilan ham nazorat qilsa bòlardi
Nimasai endi bu nima uchun yuqoridagilar insonlar uchun ishlamaydi nima uchun talaba o'zi yashaydigan hududda o'qiy olmaydi
Zauchniy qilishga ruhsat bormi?
Norozimiz biz😡
Show next 100 comments