This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Nega bunday bolayati bitta universitet ichida qilsa boladimi??
Endi boshqa viloyatdagilar oʻz yoʻnalishi boʻyicha ham koʻchira olmaydimi?
BESHIMOVA
Biz ham talaba bolaylik deb ozimizni oqqa chog'ga urub oqishga kirganmiz tanlagan sohasim sharafli ammo unga yashayotgan joyimizda ish orni ham ish ham yoq shunga perevot qilmoqchiydik nega tushunishmaydi shu tarafini
Bu qaror chiqmasinda boʻmasa ota onalarimiz bizni tezda qaynona qaynata institutiga junativorishadi😱
Ahmoq qiladigan boshqa ishi yoʻqmi
Yaxshi fikr.Buni ancha odinroq qilish kerak edi.Oliy ta'lim
Демак уйланганларга таълукли эмас канда. Факат турмушга чикканларга дейилган.
Hech bulmasa viloyatni pervoti tuxtamasin😭😭😭😭
Шахло Бахтияровна
Assalomu alaykum sirtqidan kunduzgiga kòchirsa bòladi deb qaysidir postingizda òqigan edim bir yònalishda sirtqidan kunduzgiga kòchirishning iloji bormi 3-kurs bòlsa ham
Hammang bir iflossanlar ózbeklar tupoy shuning uchun
Behruz Ergashov
Qachon kórgansiz boshqa joyga kirib boshqa joyga perevod qilganini hamma shunaqa deb yozyapti ówanda ham super kontrak tólasang ótaverasan deydi
Assalomu aleykum bu qaror óqishini chetdan kòchiradiganlar uchunmi ? Men shunga tushunmay qoldim hozir endi viloyatdan viloyatga òqishini kòchirib bòlmaydi men òzim Namangan viloyatdan man lekin Samarqandda òqiyman ayrim sabablar bilan òzimni viloyatimga kòchirmoqchi edim endi unday bòlmaydimi?
Гули
Тошмини филиалларида укиётган талабаларчи. Уларни максади битта. Шифокор булиш. Лекин уйидан анча олис филиалларга илиниб колган. Улар Нима килишади. Ота онасидан ааанча узокда кийналиб укийдими.
Usanov.
Xususiy OTM dan davlat OTM ga kochirish mumkunmikan. Javob uchun oldindan raxmat
Йук хусусий ОТМ хам чет ел ОТМ лари сингари мавкийга ега кучирилиш тартиби , енди иложи йук
Nima bulyapti a faqat xalqni eziw bulyapti
Otabek
Rahamov Shohzod
Insof ham kerakda aziz yurtdoshlar, viloyatimga ko'chirishim kerak deysiz, nega unda hujjat topshirayotganingizda boshqa joyni tanladingiz? Ko'p ehtimol bali past bo'lgani uchun shunday qilgansiz(boshqa sababi bo'lsa uzr). Endi indamay o'qish kerak
Tayyorlangan va topshirmoqchi bo‘lgan yo‘nalish Toshkentda yoki boshqa viloyatda bo‘lsachi abituriyent nima qilsin siz aytingchi o‘zini viloyatiga ochilishini kutsinmi? Keyin 5 ta institut tanlaydi o‘z hududida 5 lasini tanlay olmaydi 1 chi tanlagan emas 5 chi tanlagan yo‘nalishga kirsa ayb kimda siz aytingchi?
Show next 100 comments