This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Nima bulyapti a faqat xalqni eziw bulyapti
Otabek
Rahamov Shohzod
Insof ham kerakda aziz yurtdoshlar, viloyatimga ko'chirishim kerak deysiz, nega unda hujjat topshirayotganingizda boshqa joyni tanladingiz? Ko'p ehtimol bali past bo'lgani uchun shunday qilgansiz(boshqa sababi bo'lsa uzr). Endi indamay o'qish kerak
Tayyorlangan va topshirmoqchi bo‘lgan yo‘nalish Toshkentda yoki boshqa viloyatda bo‘lsachi abituriyent nima qilsin siz aytingchi o‘zini viloyatiga ochilishini kutsinmi? Keyin 5 ta institut tanlaydi o‘z hududida 5 lasini tanlay olmaydi 1 chi tanlagan emas 5 chi tanlagan yo‘nalishga kirsa ayb kimda siz aytingchi?
Òqib turgan yònaliwimizni zaucniy qiliwga ruxsat bormikan yani ichi perevodga. Iltimos aytvorila ??????
Qudratova
Yashash joyidan uzoq, moliyaviy qiynalayotganlar nima qilsinnnnn??????
Assalom alekum bu gapi xorijdagilargayam taluqlimi, yo ichki perevodmi
Oʻqishni koʻchirishga ruxsat berishni kerak ammo qanchadir pul stavkasini yoʻlga qoʻyib xam studentni oʻylaydi xam gʻaznaga mablagʻ yigʻiladi
Масалан укиётган йуналишидан узини худудидаги шу йуналишга кучирса булармикин
Jamshid S (((
Расво қилинглар хамма жойни
Assalomu alaykum nega birdaniga bunday qaror chiqdi Biz judayam norozimiz iltimos bu qaror yana bir marta kõrib chiqilsin Keyingi yildan tasdiqlansa bõlmidimi Hamma talabalar norozi Xususan ota onam ham Chunki man boshqa viloyatta õqib yuribman Biz õzimizni yõnalishimizga perevod qilmoqchimiz õzimiz tarafga iltimos yana bir marta bu qarorni kõrib chiqinglar
Nega ogohlantiriwsiz bunday qaror qabul qildi,1yil oldin aytganida oʻzimizni viloyatga topwirardik😡😡
Viloyatga uyi uzoqlarga turdosh yo'nalish bo'lsa ruxsat berilsin
kalasiga ...
Talabalarni qiynashmi bularni maqsadi
Yosh bolali onalarga ruxsat berilsin.
1 yoshga to'lmagan bolasi bor talabalar qanday qilib boshqa viloyatga o'qishga qatnaydi?
Diyora UTAS
Bu qarorni yana bir bor qayta korib chiqiwsin talablarga qiyin yoki bulmasam sorovnoma otkaziw kerek edida.
Dear myself
Hamma ham atelab yònalishini yaxshisiga òzgartirish uchun perevod olmidiku. Oilaviy sharotii sabab perevod oladiganlar ham bor. Bula faqat tangani bir tomonini kòrishyapti. Umuman nohaqlik bu. Masalan men ham uzoq viloyatda òqiyman uyimga kelib ketish xarajatlarim, yashash uchun pul juda katta ketadi uzoqda turganim uchun. Òzimmi viloyatimga perevod olishni kutayotgandm òzi shuniyam yòq qilishdi. Uni ustiga kontraktda òqiyman, ota onam judayam qiynalib qolishlari mumkin axir. Hadeb perevodni tanqid qilavermasdan, undan kòra oliy talimni òqitish tizimini takomillashtirilar. Hadeb talabalarni qiynayvermasdan.
Talabalarniham uylaydiganlar bormi o'zi. Ezib yubordilaringku. Shu paytgacha qayerda eding, nimaga otgan yil shu qonun yoq edi.
Yashash joyi uzoqlarga ham ruxsat berilishi kerak!!! Buning yomon tarafi yo'q. Narxlar ko'tarilgan bir paytda shundoq ham 2ta 3ta lab bolasi kontraktda boshqa viloyatda o'qiydigan oilalar qanday yo'l tutish kerak?! Xa pul topib berish burchi ota onaning. Lekin bu darajada noqulaylik tug'dirish Xurmatli vazirimiz tomonidan.... Yaxshi ish bo'lmayapti. Bu xabardan kn pastroq yo'nalishga kirib yuqoriroqga "sakrayotgan"larni to'xtatmoqchidir. Lekin bu tarzda emas burgaga achchiq qilib ko'rpani kuydirishdek gap bu! Qani Super kontraktni ham bekor qilishsin savodsiz kadrlarni olmasin! Tashqi perevodga "otning kallasidek" ballni qo'yib qo'yishsin! Men bunga mutlaqo qarshiman (garchi bu hech nimani o'zgartirmasada) Bu mavzuda o'zgartirish bo'lishini kutaman. O'lganni ustiga tepgan qilishmasin!!!
Show next 100 comments