This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Ahmoqgarcilik miyasiga kelgan narsani qiladi. 🤬😡😡😡
Anvar Djalilov
Жуда тугри карор. Укишнинг кадри кочаётган эди.
Abdulaziz
Iltimos Hushnudbek aka qarorga munosabat bildiring siz ham uni o'rniga ta'limdagi korupsiyaga qarshi kurashishsin
Bir tomonda yaxshidir bir tomonda yomon.
Lekin chuninglar man 17 millon kontrakt toliman har yili.
4yilga 17 millondan
4*17=68 millonga keyin diplom ovvoman undan kocrwm keremasmi
𝑨𝑩𝑫𝑼𝑮𝑨𝑭𝑭𝑨𝑹𝑶𝑽𝑨_𝑹𝑨𝒀𝑯𝑶𝑵𝑨
bitta shu yõl bilan korrupsiya hal bõlib qolmaydi. Korrupsiya shundoq ham borku boshqa sohalarda ham. õzi õqiyotgan universitet ichida ham perevod bõladimi?????????
Жамшид
Bu natogri qaror uy uzoqdagilar nima qiladu
Sevinch
Umuman bo‘lmaydi
𝑴🕊️
Bu yildanmi yoki keyingi yildanmi aniq aytvoringlar
Numonjonova Shukrona -2010
Unaqa qilishmasin xich bo'lmasa o'zini yo'nalishiga qilib berishsin, boshqa yo'nalishlarga man qilib qo'yishsachi talabalarni xam fikrini inobatga olishsin, axir yerdan chiqqan qo'ziqorinmasmizku
Дⷣаⷶвⷡрⷬоⷪнⷩ
Жудахам яхшы, Енди чет-едан кочирувчилар квотаси озгина босахам копайиш ехтимоли бор!!!
Aziza Sodiqova
Assalomu alekum
ózi óqiyotgan yónalishdan boshqa yónalishga perevod qilsa bóladimi
Yoki qaysi yónalishda óqisa faqat ósha yónalishga perevod qilinadimi
Assalomu aleykum, ózi taʼlim olayotgan universitetda ichki perivot qilinsa, grandda óqiydigan talaba kantraktga tushadimi
Faqat ózini yónaliwiga qiliwga ruxsat bersa bóladiku wuni🤬😡.
Fakultet ichida perevot qilsa bo'ladimi? Yoki unga ham ruhsat yoqmikan?
Nimaga bunaqa qilishadi oldinroq aytishsin nimaga ariza topshirish yaqin qolganda bunaqa qaror chiqarishadi tovba😒
Menga bo'lsa, yaxshi qaror, Har bir Kamil inson qayerga hujjat topshiryapti kelajakda qaysi kasb olishini bilishi kerak. Masqarabozdek u yerdan bu yerga sakrab yurishdan foyda yo'q. Xorijiy tajriba shunday academic mobillik qiladi.
Bu chet davlatladan kuchirishniyam jnobatga olib gapirdimi hammasini yo faqat ichki perevod uchunmi bu qaror
Qani Milliy sertifikat Qani prezdentiskiy stipendiya ee qóyinglaree vadabozlar slar faqat oğizda ish qilasanlar galla qòylar ótirib oganmi diman tepaga poraxórlar
Vazir ko'chada yurishni ham o'ylang😏
Show next 100 comments