This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Ebe uylasinla ozgina boshqa viloyatdan talabalar sarson boʻlib yurmaydilaku xatyabi oʻzini viloyatiga yashash joyiga ruhsat berishi kk
Noto'gri qaror nimaga o'zini viloyatiga kochirish yoq bolishi kerak man farg'onada yashiman lekin toshkentda o'qiyman ozimni viloyatimda oqishni hohlagandm ozimni soxamga nimaga kochirolmiman bu qaror qayta ko'rib chiqilishi shart
Assalomu alaykum.bu qaror natijasida kupchilik boshqa viloyatlarga kirgan oilaviy ahvoli og'ir bulgan talabalar qiynalib qoladiku,bu qarorni 2023-2024yildan joriy qilinsa shunga qarab bu yilgi 1kurslar o'z viloyatlariga topshiradi.hozirgi 1 kurs talabalariga esa bu qiyin vaziyatni paydo qilyapti
Tojikistondan perevot qilsa bolarmikan o‘rtoqlar
No davltalr nima buldi
Abdujalilova Irodaxon
Assalomu alaykum. Bu nohaqlikku. Hech qayerda bunday tizim yo‘q. Unday bo‘lsa nega 5 ta joyga hujjat topshirishga ruxsat beradi. Hammani ham uzoq joyda o‘qigani sharoti yo‘q. O‘zining yashash joyiga ko‘chirishga ruxsat berishi kk. Qarorlarni hohlagancha o‘zgartiraveradimi. Oldindan ichki perevod bo‘lgan bundan keyin ham bo‘lishi kerak
Abdulaziz
Bu vazirlikdagilar nimanidir o'ylaydimi o'zi
Fanlar mutanosibligini kurib ciqish kk edi hammasini bekor qilmasdan
Turi iw bulmadi
_Munisa_
Ota onamizni oldiga qaytaylik. Bu nimasi oilaviy sharoitni tushunishsin
Ёки шу карорни мартларда чикормайдими тухтатайди укишни уша пайт куйсак хам ярмига куярдик кантракнинг энди тулик туланди кантрак
Oilada bitta farzand bõlganlar nma qiladi endi ota ona bolasini 6 yil talim olib uyiga qaytishini kutib yashaydimi
Bekorchilikda nima qilishni bilmagan bular
Nimaga har kuni har xil qaror chiqarib studentlarni qiynaydi bular o'zi sessiya qiynoqlari to'ydirvoryabdi uyidan uzoqda o'qish osonmi begona yurtda men Qoraqalpoqda o'qiyman bir marta yangi yilga borib keldim sal insof bilan qaror chiqarsinlarda student ham odam axir
Bu qaror qayta kurib chiqilishi kerak,bu xato.
Bu nima degan gap endi, hamma birlashib bu qarorga noroziligini bildirishi kerak..
Qizla erga tegib perevod qiladi bolalar nima qiladi.
Qizla erga tegib perevod qiladi bolalar nima qiladi.
Adolatsizlik hammani sharoiti har hil bunday qaror chiqarish nohaqlik.
Show next 100 comments