This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
🌸M🌸
Man ham kuchirmoqchi edim Toshkentdan Namanganga
𝐌𝐮𝐡𝐚𝐲𝐦𝐢𝐧𝐚 🌸
ADMIN
Qizla erga tegib perevod qiladi bolalar nima qiladi.
Hech nima mana shunday bomgur qonunlarga qarsak chalip otrishadi
Bu qarorga men noroziman. Mening 2ta òģlim kontraktda òqiyapti. Biri Qoraqalpoqda biri Qashqadaryoda. Qoraqolpoqda òqiyotgan òģlimnikini perevod qilmoqchi edik. Bu insofdan emas.
Toshboeva Mashhura
Buncha negativlarr😬😬😬😬😬
Xchetda o‘qiydiganlarni kim o‘ylaydi
Tepadagilar qanaqangi qatorlarni chiqarib tashlashlayabdi 1oyda oʻzgaradi qanaqa bunisi endi judayam kalta oʻylashyapti lekn
1 ta odamni qarorini deb hammani qora qilib qo'yish yaxshi emasda
Assalomu alaykum. Bu xabarda yoʻnalishdan yoʻnalishga perevod gapirilgan menimcha. Lekin uzoq viloyat boʻlsachi? Unda qanday perevod qiladi? Ayni oʻzining yoʻnalishiga. Savollarimga javob kutaman.
оилада битта кизман онам касал унга ким карайди шундай вазиятларга этибор берсалар буларди
Ozroq oʻylab keyin qaror chiqrila oylavi sharoiti toʻri kelmaganlar nma qladi ota onasini qiynab yana 3 yoki 4 yil uzoqda yuradmi hammada har hilku vaziyad kimdadur moddiy yarafdan kimdir sogʻligʻi tarafdan shularni ham oʻylelar. Koʻplab orzusiga yetishib talaba boʻlganlar oʻqishni ham tashlashi mumkin
Qo‘ziboyeva Adiba
Biz yosh bolamiz' bilan oilamizdan uzoq viloyatta o‘qib yuribmiz perevod qilamiz deb o‘qishga topshirganmiz endi nima qilamiz o‘qishdan vos kechamizmi oilamiz tinchligi uchun qachon bular qarorlarni o‘zgartirishdan to‘xtaydi bizni kimdir eshitadimi
Behruz
Qozoq qirgiz tojikdan pervotdi davno yopish kerak edi
Juda yaxshi qaror👏👏👏👏👏🤚👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏👏past balli yo'nalishga topwirvolib bali baland joyga korrupsiya orqali utayotganlar soni mingta edi
Misol uchun sirtqi yunaliwga suhbat asosida kirvolib keyin kunduzgi ta'limga o'tayotganlarni ham ko'rdik
Boysarova Shohsanam
Assalomu alaykum.bu qaror natijasida kupchilik boshqa viloyatlarga kirgan oilaviy ahvoli og'ir bulgan talabalar qiynalib qoladiku,bu qarorni 2023-2024yildan joriy qilinsa shunga qarab bu yilgi 1kurslar o'z viloyatlariga topshiradi.hozirgi 1 kurs talabalariga esa bu qiyin vaziyatni paydo qilyapti
To'g'ri fikringizga qöshilaman. Bu muammo ko'plab talabalarni öylantirayotgan masala. Shaxsan özim ham Surxondaryolikman Qashqadaryoda 1kurs talabasiman. Ortacha 800.000sum har oyga sarflaniyapdi. Narx navolar ham ancha baland narxlar kundan kunga oshib boriyapdi. Hech kim tanganing ikkinchi tomonini öylab qaror qabul qilmayapdi
Қахрамон Саидов
Асосий эътибор коррупцияни камайтиришга қаратилган... бир томонлама уйланган...
🤣😂 Uy yonopti bular ariq qozamiz diydi uygacha . Talimda T harf yo'q ku o'zi .
Madina
AKADEMİK MOBILLIK"nima degani?
Show next 100 comments