This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
🌺noza
Nega bizni hec kim o'ylamaydi. Biz qiynalib ketdik uyimizdan uzoooqda.
Qo‘ziboyeva Adiba
O‘zini yashash joyiga o‘zini yo‘nalishiga ruxsat bersin hech bo‘lmasa manimcha hamma boshqa viloyattan o‘zimni viloyatimga birinchi kusdan keyin perevod olaman deb o‘qigan kontrakt to‘lagan manimcha
Vazirning xati bilan öqishni köchirishga ruxsat berilishi yaxshi ishchi guruh tashkil qilinsin onlayin arizalar körib chiqilsin. Talabalarda muammolar juda kop hozir qorin töyg'azish oson bo'lmayapdi. Korrupsiyani yo'qotish kimningdir qiyinchiliklarda qolib ketishi evaziga rejalashtirilishini qanday adolatdan deyilishi mumkin. To'gri korrupsion holatlarning qanchadir qismiga barham berilishi mumkin. Lekin oilasidan uzoqda yurgan talabaning kochama kocha sang'ib yurishi pul topaman deb ish qidirib yurishi oqibatida koplar salbiy harakatlar kuzatilishi anniq.
To‘g‘ri deb tasdiqlayotgan ahmoqlar ham bor hamma noto‘g‘rini belgilasin
Ni ma vazirdan xat uchun xam pul bermidimi
Hozir faqat boshqa fakultetdan boshqa fakultetga koʻchirish tugatildimi. Masalan Farmdan farmga perevod olsa boʻladimi. Kim biladi
Bu yil shunday boladimi ahr talabalar ni ham oʻylashsin uzoq joydan qatnab qiyinlayitgan oilalar bor moliyaviy tomondan masalan oylab ish qilsa bolardida
Akademik mobillik digani nima?🤔
Ne'matov Asilbek
Baribir foydasi yuq men hoz Xushnudbeni uziga yozdim endi uwa edimi yuqmi bilmadim lkn aniq konkert javob aytmadi menimcha uzi edi meni uqiyotgan joyimni ob havosiga sog'lig'im tug'ri kelmaydi degan edim unda uqiwni tawlab kelasi yil yana topshiring deydi bu osonda ular uchun
Bu qaror nimasi endi hech boʻlmasa bir xil yoʻnalishga ruxsat berilishi kerak hammani yuqori balli joyga deyapsizlar kiriwda DTM yechib kirganmizku hech boʻlmasa oʻshanga qarab oʻtkazinglar
Qo‘ziboyeva Adiba
Bo‘lmasa beshta inst tanlashni nima keragi bor uni ham yo‘q qilsin
Qoraqolpoqda oqiydi surxondaryolik bola ozining viloyatiga qib ketadi aftamatiski degandiku bu qanday edi qaror darrov ozgaraverda
SARDOR
Assalomu alaykum xorij Universitetlariga ham utadimi bu qonun
Xalqqa foydali qaror chiqarilar
Shuncha chetdan qabul qildilaringku...
Yana viloyatlarga teginaslar
Aqlingass ... Kallasida kegan qarorni chiqararkanda . Undan koʻra test orqali oʻtadigan qisin oʻzini foydasini oʻylaydi . Osoni osonda bularga
Shohjahon Yaxshiboyev
Жудахам калта, бир тарафлама ўйланган қарор👎
Show next 100 comments