This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
😊
To'ppa-to'g'ri qaror👍 Rostdanam past 60-70 ballik yo'nalishlaga kirvolishadida keyin osmondagi oyni ko'zlab baland o'qishlaga perevod qivolishyabdi u yerdagi o'rinlaniyam zaynit qilib. O'sha o'quvchi shunga arziydigan bilimi bo'saku mayliga lekin miya bo'm bo'sh bosa urdi Xudo
Уладан бошка узини яшаш жойига кучирмокчи булганла бор канчадан канча кизла биттаси фаргонадан булиб хоразмда укиётганла бор барибирам узини яшаш жойига олишга рухсат бериш кк еди!
Halimabonu Nabiyeva
Xushnud aka kuzatyatgandr..Xudo xohlasa yaxshi madad kutaman..
Abdulqodir Toshqulov Aka Rahmat Sizga Joniz Sog' Bo'lsin O'qishga Kirish Qat'iyan Mumkin Emas Deb Aytvoring Sizdan Nma Ketti
Safar
Olisda oʻqiyotganlar oʻzi bir yilni zoʻrgʻa oʻtkazyaptiku bu nima degan gap
😊
To'ppa-to'g'ri qaror👍 Rostdanam past 60-70 ballik yo'nalishlaga kirvolishadida keyin osmondagi oyni ko'zlab baland o'qishlaga perevod qivolishyabdi u yerdagi o'rinlaniyam zaynit qilib. O'sha o'quvchi shunga arziydigan bilimi bo'saku mayliga lekin miya bo'm bo'sh bosa urdi Xudo
Siz hammani bir xil demenda
Aynan shular uchun oʻqishni koʻchirishni man qlish kk
Nma ularni deb biz ham oʻz yoʻnalishimzga kocira olmaymizmi yawaw joyimizga.
5 ta yoʻnalish tanlab nma bor unda
Bitta qisin hamma bitta tanlab owetta qosin
Ozgina o'ylab ish qilingizlar iltimos
Dabdala qaror
Утан йили айтиш керак эди шуни
Biz yashash joyimzdan uzoqda óqiyamiz Bizni sharoitimiz tóĝri kelmaydi men ózim ukallarim óqiyamiz ukalarim hamm boshqa viloyat oqiydi biz óz viloyatimizdan oqisak kantrakt tolaymiz pervodni yoq qilish bu bolmaydi
Taxiroglu
Etiroz bildiraman men Uzoqda uqishga qiynalyapman kim eshtarkin bizani
shu vazra pervotga rosa osildida. boshqa qiladigan ishi yuqmi. oliy ta‘lim k... bo‘lib yotibdi talim sifati ‘‘-0‘‘ bulib yotibdi. hudi pervoti yuqotsa sifat oshib qoladigandek
Hamma bir bòlib isyon qikish kerak nma uchun biz uyimizdan 1200 km uzoqda 4 yìl òqishimiz kerak ozimizni viloyatimizda yo'nalishimiz borku
Nmani o'ylashyapti bu tepadagilar
Student odam emasmi
Oqiwdi faqat ozini yonaliwiga kochiriw mumkin qib quyilar unda sal insofli boladi
shu vazra pervotga rosa osildida. boshqa qiladigan ishi yuqmi. oliy ta‘lim k... bo‘lib yotibdi talim sifati ‘‘-0‘‘ bulib yotibdi. hudi pervoti yuqotsa sifat oshib qoladigandek
Ёки утган йили танлаш хукуни бериш керак эди
Qayerga yozish kerak bu insoni qarorini ustidan
Show next 100 comments