This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Ozimi yonalishimga kochirmoqchidim
ularga nima ogirligi tushadi
MUHOKAMA UCHIN GURUX OCHDIM, KIRISHILAR MUMKIN 👇
https://t.me/+ScFtQC3j-XkxMmYy
Iqboljon M
Xaromilar
Rosa odamni asabini buzishyapti nimaga endi perivod qilib boʻlmaydimi boshqa viloyatga turmushga chiqib deyishyapti nima olisda begona joyga kim ham turmushga chiqadi hammaga oʻzini tugʻilgan joyi afzal. Ham sessiyalar tugab ariza topshirar paytga kelib nega bunaqa qaror chiqarishadi oʻzi bir yilda atiga uyimga 2marta borib kelgan boʻlsam. Uzoqdagilarga qiyinku oilasini uyini koʻrmasa xarajatlari ham koʻp boʻladi . Insof ham kerak-da odamga.
Ey xudoyim bu nimasi endi😫😭😭😭
Yarashev R.Z 🦅
To'g'ri qaror bo'libdi.
Assalomu alekum nega axr biz o'z hududimizga perevod qimoqchi edik osonmasku
Bekor boldidee
Ikki dunyodayam rozimasman Alloh jazoini bermasa rozimasman
Bu haromilarni tepaga chiqarganlar oʻylamaganda . Har kuni bitta qaror chiqaradi.
Man o'zmi yo'nalishmga qmoqchidm Navoiy bio dan Farg'ona bio ga
Joriy yil shu yil dganimi yoki kelasi yilmi
NODIRBEK
Hamma bir xil o'ylamaydiyu adashib kirganlar bor o'qishga boshqa sohaga kirib qo'yganlar bor bu qaror Yemadi nimalardi o'ylab topmaydi k*tlar
Taklif borr talabalar
Men xususiy instutda oʻqiyman da endi davlat instut iga koʻchirsam imtihon boʻladimi ...,🥺🥺🥺😩😩hali koʻchira olamanmi dgan savol qiziqtiryabdi
95 foiz odam narozichilik bildirayabdi manimcha shuncha odamni gapi yerda qolmasa kerek
Show next 100 comments