This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Shunchaki
Akunamatata😲🙁
Soramange 😂
Ha🤣🤣🤣🤣🤣
К,ачонгача пофик к,арор чик,аришади
Oʻylab qaror chiqaryabdimi bular e Korupsiyani yoʻqotish u yoqdagi oddiy yoʻnalishdan bu yoqqa yaxshisiga koʻchirishini oldini olish emish. Unda oʻzini yoʻnalishiga qilishni ochib qoʻyilar edi. Oddiy xalqni ezoʻrarkansilada. Supperni yoʻqot ungacha karupsiyani oʻchogʻini oʻzila yaratmadingmi. Qachon qarama har sohada muammo boshloʻrarkanda bu oliy taʼlim. Qachon savyali mutaxassislar egallaydi tepaniye. Shaxsan xalq qarshi bu qarorga🔥
Bu qaror bn ham pul ishlab topishni oʻylayabdi boʻlani koʻrasila pulini toʻlab xohlagan joyingga perevod qilishing mumkin deydi bula oʻzi faqat pulni oʻylab qolgan boyni bolasi xohlagan joyiga perevod qiladida oddiy xalqni qiynaydi
Javohir Yo'ldoshev
Zzz
Ishdan olish kk bunaqalarni biz talabalarni o'ylaydigan insonlarni joylash kk
Давайте асабни бузмасдан хамма топланиб ариза бн чик,амиз
Bir yil oldin boshqa yõnalishga kõchirishga ham Shu vazir qaror qigandi adashmasam. Õzi boshqa yõnalishga kõchirishga ruxsat berish notuğri qaror edi.Endi bir xatoni tuzataman deb yanada katta xatoni qilayabdi.Hec bumasa ozini viloyatiga õzini yõnalishiga ruxsat berish kk edi shu sabab qilib kõrsatayotgan poraxõrlik ham bumasdi. Shu paytgaca hammasi yaxshi edi.Õtgan yili boshqa yõnalishga perevodga ruxsat berib bu yil buni kasofatiga õzini yõnalishiga ham ruxsatni yuq qildi. Bu qaror qanchalik xatoligini vazirni õziyam biladi. Lekin katta tema ochib qõydi xalq bundan juda norozi bõlishi aniq va bu norozilik boshlangan õzi.
Бумаса президен к,абулхонасига борамиз
Bitta oddiy oila òrtacha 1,5 mln oylik olsa,boshqa joyda òqiydigan farzandi 400 ming bilan kvartira turadi, kuniga òrtacha 30 miy yoki 40 miy ketadi bir oyda 900 miy boladi,endi òylaylik oddiy oila qanday qilib kun kòradi.Bu ahvolni ular qayerdan ham bilishsin,òrtaga bitta aqilli chiqib olib prevod yoq desa.
💞ZEHRA💞
Biz talablarni eshitadigan, qo'llab quvvatlaydigan insonlar bormi ...
Nega o'qishni ko'chirishni firibgarlik deb qarayapszlar .
Assalamu alaykum 2-kursdan yaxshiroq yo'nalishga o'tib olishga chek qoyiladi.qanaqa gap bu narmalni muommo topilar. Harbiylarni ota onasi ishini kochirilishi 🤔🤔 nima biz ota onamiz bilan yuripmizmi nima bu ahvol
Bonu
Yozaylik qachonhacha ezishadi bular
Shu yozish kk qanday murojaat qilsa bo'ladi 1006 ga tel qildim OTM rasmiy raqami olmadi iploslar
Xalq bilan ishi yoq bularni ozini oylaydi
Xushnudbek Xudayberdiyev bunga oʻzingiz aniqlik kiriting iltimos bu nima degani nimaga endi boshqalarni firibgarligi deb rostdan ham boshqa viloyatga kirib qiynalib oʻqiyotgan talabalarni oʻylab qilingan oʻtgan yilgi qarorlarni hammasi shunchaki oʻzgarib qolaveradimi? Bu qaror va qonunlar vazirlarga juda onson boʻlib qoldi oʻzgartirish. Xalqni oʻylayapmiz deb maskirovka qilib xohlagancha oʻzgartirish kerak emas. Yoki qaror chiqarishdan oldin har taraflama oʻylash kerak edi yo umuman chiqarmaslik kerakmidi. Qanchadan qancha oddiy dehqonning bolalari ota onasidan uzoqda yurgan talabalarni oʻylash kerak. Nimadir oʻzgarish qildim maʼnosida hadeb yiliga yangi oʻzgarish qaror chiqaverish xalqqa ziyon boʻlayotganini bilsin bu vazirlar.
Show next 100 comments