This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
talaBani ahvolini ilmasdan gapirmen szga oson emas begana joyga keli oʻqish. Yangi joylar yangi tanishla. I bu bizni ota onamizgayam oson emas. Men masalan hech qanaqa kuchli yoʻnalishga qilmayapman ahunchaki oʻzimni yoʻnalishimga uyimga qilmoqchi edim. uyim uzoq boʻlganligi uchun. Gap gapirishdan oldin oʻylash kerak
Hozir òqiyotgan yònalishimizdan huddi shu yònalishimizni zavuchnisiga perevod qilsa bòladimi yoki bòlmaydimi
Assalom alaykum.
Stol maniki Deb quchoqlab olib gapirurarkanda. Ayrim oilada 3 talab talaba o'qiydi. Ma'lum sabab bilan o'sha Unverstitga kirishga majbur bo'lgan. O'zining hududidagi Unverstit uyini oldida joylashgan. Sharoiti yomonligi uchun qaytishga majbur. Shunaqalar Nima qiladi, Unverstitni tashlab ketadimi endi. Bu qarorni qayta ko'rib chiqishini so'rab qolaman.
Bu ahir bemaniliku Toshkentga o'qishga kirib keyin o'qishimizni o'z viloyatimizga ko'chira olmasak.Bu yerda xalqning dardini kim kótarib chiqadi.Qaysi mard bor bunda avval qarorni xalqning muhokamasiga qo'ymasdan tasdiqlash noto'g'riku aslida.Avval hammaning fikrini o'rg'anib sharoitidan kelib chiqib (hamma ham birdek boy emas) bundan avval perevodni pullik qildingiz faqatgina boy tabaqali oilalargina puli yetsagina o'qishni ko'chirasan edingizlar indamadik endi birga to'la taqiq qo'yayabsizlar.Endi biz oddiy nochor xalq nima qilamiz.Faqatgina imtiyoz harbiylarga berilsa biz nima odammasmizmi qani teng huquqlilik? Endi qizlarimiz perevodni qilaman deb boshqa viloyatliklarga turmushga chiqadimi? Qani haqiqat bunda? Iltimos yana bir o'ylab ko'ringlar shoshilib qaror qabul qilmasdan.Bu yilgi óquv yilidan emas keyingi öquv yilidan bu qaror q'llanilishi joiz bo'lardi chunki bu yili ko'pchilik hujjat topshirishdan oldin bu haqida bilmagan edi.Keyingi o'quv yilidan abituriyent lar hujjat topshirganda o'ylab toshrishadi shunda! Xushnudbek sizdan hammani fikridan kelib chiqib taklif kiritishingizni va hozirgi vaziyatga to'g'ri baho berishingizni so'rab qolamiz! O'zMu talabasi Akbaraliyev Saidislom.
Yo'nalishdan yo'nalishga emas shunchaki uzoq viloyatdan o'zining viloyatiga qilsa bo'ladimi?
🇺🇿🇺🇿Javohirbek🇺🇿🇺🇿
Bu qonun bu yildami yo yanagi yildami
Oʻzini bolalari boshqa viloyatlarda oʻqimaydida, bilmaydi ota-onani sogʻinish nima ekanligini.
Uzoda uqidganlaga qiyin yulda borib kelgunmcha ayam 10 tugadila uzodagilaga yordam beriw kere peravot qilib ketiw kere
👨‍🎓👨‍🎓@@@@@@👨‍🎓👨‍🎓
Hullas dustlar oliy talim vaziriga ariza rashemiz
1006 ekan raqami vazirlikdi
+998712020909bu faqat maktablarga qaraymiz dedi
$_Durumboyev.J_$
Bulani o'trib o'trib zerikanan chiqaradigan qonunlari gaplari jongayam tegdi
Judayam achinarli holat. Uzoq viloyatlarda oqiyotgan qiz talabalarga qiyin boldi. Ota ona bolasini oylab ichi kuyib ketarkanda. Bu qarorni oylab topganlar nahotki shu haqida oylamadilar.
Miting qiliw kerak karoce tug'rimi?
Sobirova Manzura
Бизнинг бу гапларимизни инобатга оладиган борми узи .Хушнудбек сиз мурожаатларимизни етказасиз деган умиддаман .Халкнинг иктисодига хам богликку.Узок вилоятларга йулкира ижара пулини тулаш шуларни хам инобатга олишса яхши буларди .Халкнинг моддий ахволи хакида уйламайди улар
Muzaffarjon
Демократия деганда Хар Бир талаба УЗИ хохлаган жойда ва узини вилоятида укишга,узини Эркин хис килиб укишга хакли
Laylo Mamadiyevna
Xushnudbek talabalar norozichiligini kŏtarib chiqing, yordam qiling talabalarga, bunday ezishlari tŏğrimasda axir, siz ham ŏqiyapsizmi yozganlarimizni, sizdan iltimos bizga yordam qiling
Dear myself
Endi bir kam sizdakalardan sòrab òqishga kiriladimi. Alloh nasibasini qayerga qòshgan bòlsa òshetta òqiydida. Ming yaxshi òqigan bilan òzini viloyatigamas boshqa viloyatga nasibasi qòshilgan bòlsa nima qilsin. Avvalambor asosisi òqishga kirgani. Eee sizcbi vashshe perevodchila bn ishiz bomasin hop. Perevod qilmiszmi boring aralashmang bu masalaga
Show next 100 comments