This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Сайдалиев Нозимжон
бу ички переводни гапиряпди
Haromi qazoqqa pul bilan kirib boshiha hech nimasi yoq bolla zoʻr joylaga perevod oladi biz 156 bal olib kim qayerlaga yuripmiz endi
🤪🤪
Bu qanaqasi buldi endi uqiydigan bizlarku farqi nima ularga kontraktini tulayapmiz uzlaricha qaror chiqaruvurishadi
Shu ham adolatmi
Boshqa viloyatda talaba kontrakmi yo yashash rasxodini kotaradimi uni ustiga bita farzanlarchi
Shu ham qonunmi
Bu qanaqa gap,axir bali birozgina kamlik qilib boshqa viloyatda sarson boʻlib aldanib yurgan talabalar qancha,oʻyinchoq ekanda talabalar,bu nimasi
........
Hurmatli vazir janoblari hammani ham sizga o'xshagan puldor otasi yo'q masalan meni dadam vafot etgan onam chet viloyatda bazor o'qityapti perevotni intizor kutayotgandim o'zimizni yurtda bemalol ham o'qib ham ishlayman deb shuni bilingki qiz bolaga rosa qiyin bo'ladi boshqa viloyatda pulga zoriqib yashash ko'chga ishlagani chiqsa yaxshi ham yomon ham bor
Yang..... yangi qarorlar!
2109guruh talaba
Assalomu alaykum.Men Samarqand da oʻqiyaman oʻzimni viloyatimga pervod olishim kerak.1 kursdan turmushga chiqib oʻqishni eplaydimi oilanimi??.Uydagilar qiz bolasan uzoq viloyatda oʻqimisan deyshadi.Sharoitimiz yoʻq boshqa viloyatda oʻqishga yoʻlkira bu yerda kvartira pulini toʻlolmayapmiz.Yotoqxonada joy yoʻq.400 mingdan turman kvartira da.Ota onamni qiynalishini koʻrib oʻqigim ham kelmaydi
Ibrohim
Bosh kutarila😀
Давайте йозила керели жойга инстаю телеграмдан
Манга охшаб
Endi hamma talaba qiz boshqa viloyatga turmushga chiqishi kerakmi jinni emasmi bular
Boshqa viloyatlarda qiynalib o'qiyotgan talabalarning taqdiri nima buladi.Uzini viloyatiga qayta olmaydimi? Talabalarning sharoiti hisobga olinmaydimi?😳😳😳
Show next 100 comments