This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️Энди ўқишни кўчиришга фақат 2 тоифадаги талабаларга рухсат берилади

Бу ҳақда бугун бўлаётган Қонунчилик палатасининг ялпи мажлисида олий ва ўрта махсус таълим вазири Абдуқодир Тошқулов маълум қилди.

Вазирнинг хабар беришича, жорий йилдан фақатгина 2 та шарт билан ўқишни кўчиришга рухсат берилади, яъни талаба ёки бошқа ҳудудга турмушга чиқса ёки давлат хизматчисининг иши бошқа жойга ўтса. Бошқа тоифалардаги талабаларга ҳеч қайси ҳолатда ўқишини кўчиришга рухсат берилмайди.

Шунингдек, ўқишни кўчиришда вазир хати талаб этилади.

Ўқишни кўчириш ўрнига академик мобилликни қўллаш татбиқ этилади.

Вазирнинг айтишича, жорий йилда 150 минг талаба ўқишни кўчириш учун ариза бериши кутилмоқда. Бу салкам бир йиллик квоталарга тенг. Талабалар кириш бирмунча осонроқ йўналишларни танлаб, 2-курсдан талаб юқорироқ йўналишларга кўчириб олишни режа қилмоқда. Энди бунга чек қўйилади.


👉 @xushnudbek 👈

4793 comments

Show 100 more comments
Assalom alaykum Xushnudbek aka.Men shu yil oʻzbek tili va adabiyoti yoʻnalishiga topshirmoqchi edim va shu yoʻnalishga tayyorgarlik koʻrmoqda edim.Ammo yoʻnalish fanlari yani,ona tili va adabiyoti,tarix oʻzgartirildi.Ilngliz tili qoʻyildi.Bu haqda oʻzingiz ham yaxshi xabardorsiz.Endikim men milliy gʻoya yoʻnalishiga topshirib tarix yoʻnalishiga perevod qilmoqchi edim.Bu qanday boʻladi endi.Perevod qilolmaymanmi? Shunga oydinlik kiritib bersangiz yaxshi boʻlardi.
Ozi studentlarda imkoniyat yo'llari juda kam, shu kam yo'llarniham yopyaptilar😡😡
ALLAYOROV DO'STQOBIL CHORIYEVICH
Uzi bizda shunaqaku tomdan tarasha tushganday 1 oy vaqt qolganda qonunlar chiqib qoladi.Shunday qonun chiqararkansan 1 yil oldin ayt.Shuncha talabani taqdiri nima kechadi edi.
Toshqulov haqida fikrim uzgardi.
Bo'lmasa uzimizda kvotani oshirsin.
Madina Rahmonova
R•a•r•e🍀
Talabalar birlashaylik ✊
Savodsizla ko'payalik ! Degandek yangradi shu gapiz. O'qib halol erishila yutug'ilaga.
Man òz hududimga qilaman dgandim
bu faqatgina O'zbekistonning 1 hududidan 2 hududiga o'qishni ko'chirishda amal qiladimi
Boshqa davlatdan ham o‘qishini ko‘chirmoqchi bo‘lganlar endi nima qiladi
Инстаграми бн йутуб каналаига йозиш керак
Комментга еду.уз инстаграм канали галичкаси хам бор
ALLAYOROV DO'STQOBIL CHORIYEVICH
Uzi bizda shunaqaku tomdan tarasha tushganday 1 oy vaqt qolganda qonunlar chiqib qoladi.Shunday qonun chiqararkansan 1 yil oldin ayt.Shuncha talabani taqdiri nima kechadi edi. Toshqulov haqida fikrim uzgardi. Bo'lmasa uzimizda kvotani oshirsin.
Siz nimaga buncha aggressive fikr bildiryabsiz. Nabarot to'g'ri qilibdi. Mana Shu yuqorida keltirilgan normani maqullash kerak. Negaki kimlardir tinmay Mehnat qilib kechani kecha demay, kunduzni kunduz demay qiynalib yurtimizdagi nufuzli universitetlarga o'qishga kirishadida lekin ayrim shaxslar o'qimasdan bali past bo'lgan o'qishga kirib olib, uni ham bir amallab bir yilini o'tqazib keyin yaxshiroq universitetga osonlikcha perevod qilib ketishadi. Agar yuragida o'ti bo'lsa, o'ziga ishonsa perevod qilmoqchi bo'lgan universitetiga hamma bilan teng kurashib o'qishga kirsin. Mug'ombirlik yo'lini tanlamasdan.
Vazir xati qayerdan olinadi turmushga chiqganlarga
Durdon
Òzini yonaliwiga kirganu lkn uzoq viloyatdan kelib òqidiganlarci ula nma qiladi axr moddiy tomonlama ham osonmasda axr lkn ularga farqi yòq afsus bu yil yana topwiraman oqwga
𝗚𝘂𝗹𝘇𝗼𝗱𝗮𝘅𝗼𝗻 𝗙𝗜𝗡𝗚-2152
Demak Toshkentda oʻqiydigan talabalar oʻz viloyatiga perevod qilolmaydimi
shuhrat
Oshnidan sirtqiga ham olib bulmaydimi endi
Islombek Rahmatjonov
Ertaroq 1 yil oldin aytish muhokamaga qoʻyish kerak edi. Talabalarni taqdiri turibdi
Assalamu alaykum, o'qishni boshqa davlatdan ko'chirmoqchi bo'lganlarchi? Masalan, man ko'pchilikni bilaman qirg'izistonning ko'plab OTM lariga kirishgan, yiliga bir-ikki martta Qirg'izistonga borib o'qib yuribdi (pul evaziga),hattoki qirg'izistonning univerlariga pulini to'lab rossiyada ishlab yurganlar ham yo'q emas. Bunaqa talabala qanaqa kadr bo'ladi? Bolalarimizga kimlar bilim beradi yaqin 4-5 yılda. Shu taraflarını ham inobatga olib, OTM sohasida Chet el transferlerini tekshirish tizimi joririy qilinishi tarafdorima
𝗚𝘂𝗹𝘇𝗼𝗱𝗮𝘅𝗼𝗻 𝗙𝗜𝗡𝗚-2152
♡Madina♡
Nodavlatdan davlatga o‘zizini yo‘nalishi bo‘yicha qilsa bo‘ladimi yoki buni ham iloji yo‘mi
Asosan shundaylar uchun taqiqladi shekilli
Islombek Rahmatjonov
Sirtqi oʻqiydigonlar nima qiladi endi
Show next 100 comments